102
birikmalari mavjud bo‘ladi. Kremniy oksidi mavjudligi bu materiallarning yuqori
xarorat xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy olovbardoshlar tarkibida SaO va
MgO yuqori bo‘lgan shlaklar ta’siriga yaxshi chidamlidir. Bu materiallar ba’zi
tipdagi ochiq o‘chog‘lik po‘lat eritish pechlari qo‘rishda keng ishlatiladi.
Maxsus vazifali olovbardosh materiallar
Ba’zi maxsus xolatlarda qo‘llaniladigan olovbardosh materiallarning boshqa
turlar xam mavjud. Ulardan ba’zilari aytarli yuqori darajada
tozalangan metallar
oksidlari ishlatilishiga asoslangan bo‘lib, ulardan ko‘pginasi juda past g‘ovaklik
bo‘lib yaratilishi mumkin. Bu materiallar guruxiga alyuminiy, kremniy, beriliy
(Veo), sirkoniy (Zr O
2
), mullit (3Al
2
O
3
-2SiO
2
) oksidlari kiradi. Yana maxsus
olovbardosh materiallarni karbidlar, uglerod va grafit asosida olish mumkin. Yuqori
elektrik qarshilikli materiallardan tayyorlangan isitish
elementlari uchun kremniy
karbidi ishlatiladi. Undan isitish pechlari tigellari va ichki detallari yasaladi.
Uglerod va grafit
yuqori
olovbardoshlik xususiyatlariga ega bo‘lishiga qaramasdan,
aytarli kichik xajmlarda ishlatiladi, chunki ular 800
o
S (1470
o
F)dan baland
xaroratlarda intensiv oksidlanishga moyildirlar. Bundan kelib chiqadiki maxsus
vazifali olovbardoshlar-bu qimmatbaxo materiallardir.
Abrazivlar
Keramik materiallardan
tayyorlangan abrazivlar, o‘zidan yumshoqroq
bo‘lgan materiallarni yanchish, maydalash va kesish uchun ishlangan uskunalar
detallari uchun ishlatiladi. Shuning uchun bu gurux materiallari uchun qo‘yilgan
talab bu mustaxkamlik va yeyilmaslik. Bundan tashqari
abraziv qismlarini yengil
yemirilishini oldini olish uchun bu materialning ma’lum darajada egiluvchan
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yemirilishga olib keluvchi kuchlar ta’sirida yuqori
xaroratlar yuzaga keladi, shuning uchun abraziv materiallardan xam ma’lum issiqa
chidamlilik talab etiladi. Abraziv sifatida tabiiy va sun’iy olmoslar ishlatiladi. Biroq
bu materiallar ancha qimmat. Kengroq ishlatiladigan abraziv materiallar bu kremniy
karbidi, volfram karbidi, alyuminiy oksidi (korund) va qum shaklidagi kremnezem.
103
3.1-rasm Alyuminiy oksidi qismchalari
asosidagi adgeziv keramika
mikrofotografiyasi. Och rangda Al
2
O
3
abraziv donalari, kulrang va qora joylar bu
biriktiruvchi va g‘ovaklar.
Abrazivlar turli shaklda ishlatiladi – abraziv
doiralariga surtilgan xolatda,
qoplam shaklda va erkin granulalar shaklida. Birinchi xolatda abraziv qismchalari
doiraga shishasimon keramika yoki organik yelim yordamida qotiriladi. Sirt
strukturasi birmuncha g‘ovaklilikga ega bo‘ladi. Xavo oqimlari yoki suyuq
xladagent bilan sirtning termo chidam qismchalarini shu g‘ovaklar orqali purkab
turilishi, o‘ta qizib ketishni oldini oladi. Bunday abrazivning mikrostrukturasi 3.1-
rasmda ko‘rsatilgan, bu yerda modda va g‘ovaklarni bog‘lab
turuvchi granulalar
ko‘rinib turibdi.
Abraziv qoplamlar qog‘oz yoki maxsus matoga qotirilgan abraziv kukunidir.
Xammaga tanish bo‘lgan misol bu qumqog‘ozdir (shkurka). Bu turdagi adgezivlar
yordamida yog‘och, keramika va plastmassadan yasalgan maxsulotlar silliqlanadi va
sayqallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: