80
alyuminiy elektroliz vannalarida olinadi. Alyuminiy
xom ashyosini elektrolitik
rafinirlash yo‘li bilan yuqori tozalikdagi alyuminiy markasi olinadi.
Alyuminiy — kumushsimon oq rangdagi, elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi
katta bo‘lgan yengil metalldir; uning zichligi 2700 kg/m3, tozaligiga qarab
suyuqlanish temperaturasi 660—667°S chegarada o‘zgaradi. Yumshatilgan
alyuminiyning mustahkamligi kichik (σv = 80—100 MPa), qatiqligi past (NV 20—
40), lekin plastikligi yuqori (σ=35-40%). Alyuminiy bosim ostida yaxshi ishlanadi,
payvandlanadi, lekin kesib ishlanishi yomon.
Atmosfera va chuchuk suvda
korroziyaga chidamliligi yuqori. Havoda alyuminiy tez oksidlanib, yupka pishiq
oksid pardasi bilan qoplanadi. Bu parda esa metall qatlamiga kislorod utkazmaydi
va uni korroziyalalishdan saqlaydi.
Alyuminiyning boshqa metall va nometallar (mis, marganets, magniy,
kremniy, temir, nikel, titanberilliy va boshqalar) bilan
qotishmalari konstruksion
materiallar sifatida keng qullaniladi. Alyuminiy qotishmalarida toza alyuminiyning
yaxshi xossalari bilan birga legirlovchi qo‘shilmalarning yuqori mustahkamlik
xossalari mujassamlangan. Masalan, temir, nikel, titan alyuminiy qotishmalarining
otashga chidamliligini oshiradi. Mis, marganets, magniy, alyuminiy qotishmalariga
mustaxkamlovchi termik ishlov berishni ta’minlaydi. Legirlash va termik ishlov
berish natijasida alyuminiyning mustahkamligi σv 100 dan 500
MPa gacha,
qattiqligi NV 20 dan 150 gacha oshadi. Barcha alyuminiy qotishmalari
deformatsiyalanadigan va quymabop xillarga bo‘linadi.
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari. Deformatsiyalanadigan alyuminiy
qotishmalari shtamplash, presslash,
bolgalash orqali listlar, tasmalar, shakldor
profillar, simlar va turli detallar olishda ishlatiladi. Deformatsiyalanadigan
alyuminiy qotishmalari ximiyaviy tarkibiga ko‘ra 7 ta gruppaga bo‘linadi; ularning
tarkibida 2—3 ta va undan ham ko‘proq legirlovchi element bo‘lib, har biridan
0,2—4% gacha bo‘ladi. Masalan,
alyuminiyning, magniy va marganets bilan
81
qotishmasi yoki alyuminiyning mis, magniy, marganets bilan qotishmasi shular
jumlasidandir.
Deformatsiyalanadigan qotishmalar termik ishlash yuli bilan puxtalanadigan
va puxtalab bo‘lmaydigan xillarga buushnadi. Mexanik va termik ishlov beriladigan
deformatsiyalanadigan qotishmalar ishlov berish xarakterini kursatuvchi harflar
bilan belgilanadi (9-jadvaldagi eslatmaga qarang).
Termik
ishlash
yuli
bilan
puxtalab
bo‘lmaydigan
qotishmalarga
alyuminiyning marganets bilan (AMs) hamda magniy va marganets bilan (AMg)
qotishmalari kiradi. Ularning
mustaxjamligi juda past, korroziyaga chidamliligi
yuqori, payvandlanuvchanligi, plastikligi yaxshi (9-jadval).
Termik ishlash yuli bilan puxtalanadigan qotishmalar (9-jadvalga qarang) termik
ishlov berish natijasida yuqori mexanik xossalarga erishadi, korroziyaga darshiligi
yaxshilanadi.
Alyuminiyning mis, magniy, marganets bilan qotishmalari
(dyuralyuminiylar) va alyuminiyning mis, magniy, marganets hamda rux bilan
qotishmalari (yuqori mustaxkamlikdagi qotishmalar) keng tarqalgan.
Dyuralyuminiylar D harfi bilan markalanadi,
undan keyin turuvchi raqam
qotishmaning shartli nomerini bildiradi. Dyuralyuminiyga termik ishlov berish
toblashdan, tabiiy yoki sun’iy eskirtirishdan iborat. Toblash uchuy
qotishmalar500°S gacha qizdiriladi va suvda sovitiladi. Dyuralyuminiy xona
temperaturasida 5-7 sutka davomida tabiiy eskirtiriladi.