O‘quv maqsadi : raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning mazmunini aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashtirib olishdan iborat Tayanch



Download 335,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi335,71 Kb.
#760051
  1   2   3
Bog'liq
2 mavzu RI



2-Mavzu: Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi. 
O‘quv maqsadi
: raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning mazmunini 
aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini 
raqamlashtirishning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashtirib olishdan iborat 
Tayanch iboralar:
raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, raqamli inqilob, 
elektron biznes 
1.1. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlari tavsifi. 
Jahon banki mal’umotlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot - bu raqamli axborot -
kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy munosabatlar tizimi.
1
. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, raqamli 
iqtisodiyotning uchta asosiy komponenti mavjud: apparat vositalarini, dasturiy 
ta’minot, telekommunikasiya va boshqalarni ichiga olgan infratuzilma
2
; virtual 
bozor subyektlari o‘rtasidagi virtual o‘zaro ta’sirlar doirasida kompyuter 
tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes jarayonini o‘z ichiga olgan elektron 
tijorat operasiyalari; Internet orqali tovar yetkazib berishni o‘z ichiga olgan va 
hozirda raqamli iqtisodiyotning eng yirik segmenti bo‘lgan elektron tijorat
3

Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: - 
iqtisodiy faoliyat "raqamli" iqtisodiyot platformalariga 
yunaltirilgan; - 
moslashtirilgan xizmat ko'rsatish modellari; - ishlab chiqaruvchilar va 
iste'molchilar o'rtasidagi to'g'ridan -to'g'ri o'zaro ta'sir; - ulushli iqtisodiyotning 
tarqalishi; - individual ishtirokchilar hissasining muhim roli
4

Aytish mumkinki, raqamli iqtisodiyot uchta segmentda ko‘rib chiqiladi 
(
ya’ni qayerda rivojlanadi
): 

real tovarlar va xizmatlar ta’minotchilari va xaridorlari 
sektori; 
1
Yefimushkin 
V.A. 
Ponyatiye 
sifrovoy 
ekonomiki 
[Elektronniy 
resurs] 
Rejim 
dostupa: 
https://bi.hse.ru/data/2017/03/30/1168539176/KS28.03%20- %20Vladimir%20Yefimushkin.pdf.
2
Andiyeva YE.Y., Filchakova V.D. Sifrovaya ekonomika budushego, industriya 4.0 // Prikladnaya matematika i 
fundamentalnaya informatika. 2016. № 3. - S. 214-218.
3
Vasilenko N.V. Sifrovaya ekonomika: konsepsii i realnost: Innovatsionniye klasteri v sifrovoy ekonomike: teoriya i praktika: 
trudi nauchno-prakticheskoy konferensii s mejdunarodnim uchastiyem 17-22 maya 2017 goda / pod red. d-ra ekon. nauk, prof. A. 
V. Babkina. - SPb.: Izd-vo Politexn. unta, 2017. - S. 147-151.
4
Keshelava A.V. Vvedeniye v «Sifrovuyu» ekonomiku/ A.V. Keshelava V.G. Budanov, V.Y. Rumyansev i dr.; pod obsh. red. 
A.V. Keshelava; gl. «sifr.» kons. I.A. Zimnenko. - VNIIGeosistem, 2017. - S. 12.



dasturiy ta’minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar 
sektori; 

qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha 
turdagi ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi 
infratuzilma. 
Raqamli iqtisodiyot quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi (ya’ni nima 
rivojlantiriladi): 

Big data; 

sun’iy intellekt; 

blokcheyn; 

kvant texnologiyalari; 

ishlab chiqarish texnologiyalari; 

sanoat interneti; 

robototexnika; 

simsiz aloqa; 

virtual reallik. 
Bu mantiqqa rioya qilgan holda «kim uchun» rivojlanish seksiyasini qo‘shib 
qo‘yishni istardik. Bu atamaga ko‘proq uzil-kesillik baxsh etgan bo‘lardi. 
«Big data» sohasida asosiy muammo ushbu ma’lumotlarni qo‘llash bo‘yicha 
vazifaning avvalboshdan qo‘yilishi sanaladi. 
Virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida raqamli iqtisodiyotdan raqamli 
modellashtirish va buyumlar internetigacha. Albatta, milliy iqtisodiyotda milliy 
kriptovalyuta ko‘rinishidagi raqamli valyutasiz amallab bo‘lmaydi. 
Ko‘plab axborot tizimlari operasiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, tezroq va 
arzonroq bajaradi, bu esa xatolar sonini minimallashtirish bilan bir paytda misli 
ko‘rilmagan darajada tezkor harakat qilishga erishish imkonini beradi. Talabalarga 
yordam berish uchun robot-yordamchilar, robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni 
odamlardan ko‘ra samaraliroq taqsimlaydigan robot-rahbarlarga misollar mavjud. 
U yoki bu jarayon davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan axborot 
servislari to‘plami servis biznes-jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning natijasi 


hisoblanadi. Ko‘plab banklar hozirda qarz oluvchini baholash jarayonlarini inson 
ishtirokisiz amalga oshirmoqda. Yangi shaklagi kompaniyalarda taksi chaqirishda 
mijoz va haydovchi o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalar axborot tizimi yordamida 
amalga oshirilib, odam ishtiroki hatto ko‘zda hам tutilmayapti. 
Lekin biznes-jarayonlardan odamlar ishtirokini doim ham to‘liq istisno qilish 
mumkin emas. Bunda raqamli o‘zgartirish tezkor rejimda ma’lumotlar to‘plashga 
imkon beradi va robototexnika texnologiyalari yordamida raqamli aloqa kanallari 
bo‘yicha masofadan turib boshqarishi ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga 
misollarni xizmatlar sohasida, neft qazib chiqarish, elektr energetikasi va ishlab 
chiqarishda kuzatish mumkin. 
3D-bosma. Bu qurilish tarmoqlari va mashinasozlikni o‘zgartirib yuborishi 
mumkin bo‘lgan yana bir texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto 
oltindan xam mahsulot bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlarning juda 
ko‘p miqdorda yaratilishi ishlab chiqarish siklini tushunishning o‘zini o‘zgartiradi, 
chunki ko‘plab mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 
3D-printerga ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi.
3D-bosmani o‘zlashtirishga mashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu 
yerda detallarni «klassik» usulda olishdan ko‘ra bosib chiqarish arzonga tushadi. 
Kiyim-kechak va oyoq kiyimi dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini 
bosib chiqarmoqdalar. Quruvchilar, zargarlar, tibbiyot xodimlari ham o‘z biznes 
jarayonlarida 3D-bosmadan faol foydalanmoqda. O‘zini o‘zi bosib chiqarishi 
mumkin bo‘lgan printer ham yaratilgan, Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy 
sharoitlarida o‘zi uchun 3D-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar 
chiqara boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib 
chiqarish bilan bog‘liq savollar turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga 
oladigan yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan murakkab tarkibiy 
qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli yuqori. 
Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi. 
Texnologiyalar sinergiyasi. Innovasion raqamli texnologiyalarni birgalikda 
qo‘llash nafaqat u yoki bu biznes-jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali 


mavjud bo‘lmagan mahsulot olib chiqqan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil 
qilishga ham imkon beradi. Raqamli o‘zgartirishda eng qiziqarlisi ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlar va ushbu barcha texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. 
Sinergetika nazariyasi atamalarida aytish mumkinki, ijtimoiy tizim doimiy 
o‘zgarishda bo‘ladi, institusional shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuasiya) – 
tizim mikrodarajasida tartibsizlik ko‘rsatkichi va uning rivojlanish imkoniyatidir. 
Ayrim fluktuasiyalar shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish 
trayektoriyasini belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, xulosa tarzida quyidagi fikrlarni 
bildirishni istardik. 
Birinchidan, raqamlashtirish bu – hamma joyda kuzatiladigan real voqelikdir. 
Yangi raqamli iqtisodiy tizimlar yaratish orqali «hammaning iqtisodiyoti» vujudga 
kelishiga misollar hozirgi kunda sanoatning turli tarmoqlarida vujudga kelmoqda. 
Media, chakana savdo va bank sohasidagi kompaniyalar eng rivojlangan 
kompaniyalar hisoblanadi. Masalan, chakana savdo magazinlari ijtimoiy 
tarmoqlarda ishtirok etishimizni tahlil qilish yordamida bizning didimizga mos 
keladigan yangi tovarlar to‘plamlarini yaratadi. Bank hisob raqamlari egalari 
operasiyalarni yetakchi internet-kompaniyalar bilan birgalikda banklar tomonidan 
yaratilgan yechimlar orqali amalga oshirmoqda. Bunda raqamlashtirish neft va gaz 
qazib chiqarish kabi an’anaviy tarmoqlarga ham kirib bormoqda. Hozirning o‘zida 
resurslar sohasi kompaniyalari jiddiy vaziyatlarni bashorat qilish uchun 
«bulutdagi» katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash yangi vositalaridan 
foydalanib, neft maydonlarini nazorat qiladigan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar 
yordamida raqamli axborotlarni tahlil qilmoqda. Ko‘plab yirik xalqaro neft-gaz 
kompaniyalari allaqachon mahsulot ishlab chiqarish sifati va samaradorligini 
oshirishga yo‘naltiribgina qolmay, u yoki bu ishlab chiqarish uchastkalarida 
muayyan natijalarga qratilgan «Intellektual konlar» dasturini amalga oshirishni 
boshlagan. 
Ikkinchidan, hozirning o‘zida raqamlashtirish global miqyosga ega – «raqamli 
iqtisodiy tizimlar»ga misollar turli tarmoqlar va kompaniyalarda mavjud. Biz 


yildan-yilga shunga yaqinlashib boramizki, bizning hayotimiz va faoliyatimiz 
ushbu tizimlar doirasida amalga oshiriladi. Agar yo‘l xaritasi haqida gapiradigan 
bo‘lsak, birinchidan, buyumlar interneti olamida o‘zgargan odatlardan tobora ko‘p 
narsa kutiladi: «bizni topadilar» «biz izlaymiz»dan ustunlik qiladi. Shu sababli 
kelajak brendlarini shakllantiradigan kompaniyalar o‘z mijozlari uchun taklifni 
kerakli joyda va kerakli vaqtda gavdalantirishga imkon beradigan texnologiyalar 
haqida bosh qotirishi lozim.
Uchinchidan, bugungi kunda iqtisodiyotda kompaniyalar o‘rtasida bozordagi 
munosabatlarni sezilarli darajada o‘zgartiradigan o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 
Bostirib kelayotgan buyumlar interneti bozorning barcha qatnashchilarini – 
kompaniyalardan tortib iste’molchilar, mahsulotlar, servis va jarayonlargacha – 
umumiy birdunyoga ko‘chirib o‘tkazishni amalga oshirmoqda. Bu esa ishlab 
chiqaruvchilarni, platformalar va ilovalarni, qurilmalar ishlab chiqaruvchilar va 
xizmat ko‘rsatuvchilarni birlashitradigan yangi «raqamli iqtisodiy tizimlar» paydo 
bo‘lishi tufayli ro‘y bermoqda.

Download 335,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish