N sadriddinov, A. Rahimov, A. Mamadaliyev, Z. Jamolova fizika 0 ‘qitish uslubi asoslari



Download 3,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/94
Sana09.07.2022
Hajmi3,51 Mb.
#759728
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Bog'liq
637dd0cd9a7458279281369cd056154d FIZIKA O`QITISH USLUBI ASOSLARI

'K.D. Ushinskiy.
Tanlangan pedagogik asarlar. Toshkent — 1959. 357-
bet.
32


o ‘rganiladigan m aterialning m azm uni va harakteriga mos 
kelishi kerak.
Sezgi, idrok bilishning birinchi bosqichi b o'lib, aqliy 
faoliyatning yuksak shakli — abstrakt tafakkur sezgi, idrok 
obrazlariga asoslanadi. Dem ak, t a ’limning samaradorligini 
oshirish uchun bolalarning sezgi-idrokdan hosil bo'lgan tajri- 
balaridan, tasavvurlaridan foydalanish, fan asoslarini egal- 
lashda, ju m lad a n fizik bilimlarni egallashda h am , unga ta- 
yanish zarurdir. C hunki, inson sezgi idrokining asosiy mohi- 
yati ongning tashqi borliq bilan bevosita bog'lanishini t a ’min 
etishdir, insonning yuksak ehtiyojlarini, ju m lad a n dunyoni 
bilish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishdir.
Demak, har qanday bilish jarayoni va hodisalarning m ohi­
yatini anglab olish faqat sezgi orqali, idrok va tasavvurlar 
orqali sodir bo'ladi.
Sezgi va idrok tasavvur obrazlarining shakllanishiga olib 
keladi, tasavvurlar esa, o 'z navbatida inson aqliy faoliya- 
tining yuksak bosqichi abstrakt tafakkuming hissiy asosi bo'lib 
xizmat qiladi. Biroq, sezgi idrok va tasavvurlar har qanday 
bilishning negizi, bilishga asos bo'lgan m anba bo'lsa ham, u 
m urakkab bilish jarayonining faqat birinchi bosqichi bo'lib 
qoladi. Shuning uchun ham t a ’lim jarayonida avval hissiy 
bazani yaratish t a ’limning tobora murakkablashib, chuqur- 
lashib boruvchi bosqichlarida unga tayanib ish ko'rish, hissiy 
bilish bilan to 'g 'ri (ratsional) bilish faoliyatlarining to'g'ri 
nisbatda bo'lishiga rioya qilish zarur bo'ladi. Bu o'quvchilarda 
bilimlarning shakllanishi uchun ham zaruriy shartdir.
Ruhiy faoliyatning ayrim turlarining shakllanishi va rivoj- 
lanishida optimal vaqt oralig'i mavjud deb taxm in qilinib, 
bu vaqtni L.S. Vigotskiy va A.N. Leontyev sintizitiv davr 
deb yuritdilar. Masalan, nutqni rivojlantirish uchun sinti­
zitiv davri 1 yoshdan 5 yoshgacha, model fikrlashning shak­
llanishi uchun 11 — 13 yosh, m atem atik fikrlash 15 dan 20 
yoshgacha talab etiladi. Odam ruhiyati rivojlangan sari yax- 
litlik, birlik, barqarorlik ortib boradi, uning birlashishi sodir 
bo'ladi. Bu hoi shaxsning u yoki bu hislatlarining paydo 
bo'lishiga olib keladi.
3 —
33


T a ’lim jara y o n id a b a ’zan sh u n d a y hoi yuz beradiki
o'quvchilarning ongi aqliy faoliyatning yuksak shakli boMgan 
abstrakt tafakkuriga, tushunchalarga tayanib fikr yuritishga 
tayyor boMmay, ilmiy tushunchalarning m ag'zini chaqish 
va fikr yuritishda tu sh u nchalar bilan ish k o ‘ra olish faoliya- 
tiga hissiy obrazlar zaxirasi, sezgi, idrok va tasavvurlar za- 
xirasi yetishmay qoladi. T a ’limdagi ju d a ko 'p nuqsonlar shu 
tufayli yuz bersa kerak, ulgurmovchilikka, bilimdagi kam- 
chiliklarning sodir boMishiga ham shu sabab boMadi.
Sezgi va idrok narsa va hodisalarning sezgi organlariga be- 
vosita t a ’sir qilib turishi natijasida sodir boMsa, tasavvur 
obrazlari so‘z t a ’siri bilan tiklanadi. Shu sababli m a ’lum dara- 
jada umumiylashgan boMadi. So‘z t a ’siri bilan tiklangan tasav­
vur m a z m u n jihatidan olganda sezgi va idrokdan c h uq ur- 
roq, shu bilan birga u um umiylashgandir.
S o ‘z bilan tiklangan tasavvur obrazlaridan voqelik bi- 
linadi. T a ’lim jarayonida buni hisobga olmaslik mumkin emas. 
Z o ta n , m aktab t a ’limi oldida ilmiy bilimlar bilan tabiat va 
jam iyat taraqqiyoti qonunlari bilan, voqelikning asl m ohi- 
yatini aks ettiradigan tu sh u nchalar sistemasi bilan q urol­
lantirish orqali o ‘quvchilar aqliy faoliyatini rivojlantirish 
vazifasi turadi.
Shunday qilib, fanning o'ziga xos xususiyatlari ni o'rganish 
bu haqdagi bilimlarni egallash jarayoniga t a ’sir o'tkazuvchi 
omillarni atroflicha tadqiq qilish, o'quvchilarning aqliy faoli- 
yatlarini faollashtiruvchi samarali uslublarni ishlab chiqish 
m ak tab da o 'qitish sifatini ko'tarishda m uhim amaliy aham i- 
yatga ega.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'qitish jarayonining ruhiy 
xususiyatlarini fizika o'qitishda qanday amalga oshirish m um - 
kinligi haqida to'xtalib o'tam iz.
H a r qanday predm etni, shu ju m lad a n fizika o'qitishni 
shu nday olib borish kerakki, bun d a u o'quvchilarning aqliy 
rivojlanishiga maksimal yordam bersin.
Fizika o'qitish jarayonini tashkil etish bilan birga fizika 
o'qitishn in g o'ziga xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga 
olish zarur. Ular h am m ad an a w a l predm etning m azm uni
34


bilan belgilanadi. 0 ‘rganilayotgan obyektlarning mohiyatiga 
kirib borish o ‘quvchilardan abstraktlash, ideal modellarni 
qurish, bir ko'rinishdagi abstraksiyalashdan boshqasiga o'tish 
va boshqa shu singari hayoliy amallarni (operatsiyalarni) ba- 
jarishni talab etadi. Bularning ham m asi fizik ilmiy fikrlashni 
ifodalaydi, h a m m a hayoliy operatsiyalar o ‘qish jarayonida 
shakllanadi va yoshning ortishi bilan rivojlanib boradi.
Fizika o'qitish jarayonining ikkinchi o ‘ziga xos ruhiy xu- 
susiyati quyidagilardan iborat: fizika o ‘qitishda ko‘proq m o- 
dellardan va turli ko ‘rinishdagi belgilardan (formula, elektr 
z a n jiri e l e m e n t l a r i n i n g b e lg ila ri, ...) fo y d a la n ila d i va 
o'quvchilardan belgili tasvirlardan real obyektlarga va aksin- 
cha, teskari-real obyektlarni idrok qilishdan ideal tuzishga va 
ularning belgili tasvirlariga o ‘tishni amalga oshirish talab eti- 
ladi.
Fizika o ‘qitish jarayonining o ‘ziga xos uchinchi xususiya- 
ti tajribalar ko'rsatishdan foydalanish, o ‘quvchilarning ku- 
zatishlarini tashkil qilish, ularning amaliy ishlarni mustaqil 
bajarish bilan bog‘liq yuqori hissiyotliligidir.
Yoshiga qarab ruhiy xususiyatlarga mos ravishda sinflar 
b o ‘yicha o ‘qitish quyidagicha k o ‘rib chiqiladi.
6 —7-sinflarda bolalarning abstrakt fikrlash darajasi past 
ekanini e ’tiborga olish lozim. Ularda ko'rsatm a obrazli fikr­
lash ustunlikka ega, shuning uch u n fizik hodisalarni tajriba va 
k o ‘rgazmalar asosida o ‘qitish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga o'quvchilarni hodisalarning umumiy belgi- 
larini ajratib olish m ahoratlarini shakllantirish bo'yicha ish 
olib borish kerak. Ularni asta-sekin 6-sinfdayoq deduksiya 
uslubi bilan xulosa chiqarishga o'rgatish lozim.
Yuqori sinflarda, akadem ik litsey va kollejlarda yuqori 
darajada abstraktligi bilan ajralib turadigan «Moddiy nuq- 
ta», «tezlik», «kuch» singari kinematika, dinam ika tu shun- 
chalarini o'quvchilarda shakllantirish jarayoni ancha oson 
boMadi.
Nazariy fikrlashni rivojlashtirishga deduksiya uslubi bilan 
xulosa chiqarishga bo'lgan diqqat kuchaytiriladi. Bu yerda modda 
tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi, elektron nazari-


ya elem entlari o ‘rganiladi, ular asosida turli agregat holat- 
lardagi m oddalarning fizik xossalari tushuntiraladi va turli 
m uhitlarda sodir b o ‘ladigan elektron hodisalar o ‘rganiladi. 
Yaxshi nazariya faqat hodisalarni tushunish vositasi b o ‘lib 
qolm asdan, shu bilan birga ularni keyinchalik xotirada qayta 
tiklash vositasi hamdir.
Hosil b o ‘lgan ko‘nikmalar yetarlicha yuqori bosqichgacha 
rivojlantiriladi, natijada o ‘quvchilarning bilish qobiliyatlari 
o ‘sadi. Shu tufayli borgan sari hajmi ortib borayotgan ilmiy 
axborotni o ‘zlashtirishga va qayta tiklashga o ‘quvchilar tayy- 
orlangan b o ‘ladi. Ular fizikada olgan bilimlarini boshqa pred- 
metga ko ‘chira oladigan b o ‘ladilar.

Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish