ning summalari o'zaro teng, ya’ni muvozanatda biladi.
Balans aniq
bir sanaga tuziladi va tadbirkorning o‘tgan davrdagi moliyaviy ahvo-
lini aks ettiradi. Balansning aktiv qismida mablag4laming taqsimlani-
shi (asosiy vositalar, uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar,
moliyaviy
qo‘yilmalar, aylanma mablag‘larga joylashtirilishi), passiv qismida esa
mablag‘larning manbalari ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobining to‘g ‘riligi va moddiy boyliklarning to‘liq
saqlanayotganligini tekshirish uchun inventarizatsiya o ‘tkaziladi.
Inventarizatsiya deganda moddiy boyliklarni operatsiyada (mavjud
holda) hisoblash va yozuvlarni tekshirish orqali butun boyliklarning
muayyan paytda haqiqatan borligi va holatini aniqlash tushuniladi.
0 ‘zbekiston qonunlariga muvofiq yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkor
lik subyektlari har yili yillik hisobot tuzishdan oldin inventarizatsiya
o‘tkazishlari shart. Tadbirkorlikda ishlab
chiqarish va sotish xara-
jatlari va mahsulot tannarxini hisob-kitobi muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobida xarajatlami to‘g‘ri gurushlash va aks ettirish
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999- yil
5- fevralda tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalami shakllantirish
tartibi to‘g ‘risida N izonr’ga binoan amalga oshirilishi lozim.
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri xodimlar ish haqi
va undan turli ajratmalami, tadbirkorlik faoliyati natijalari - daromad,
foyda, sof foyda va zararlar, soliqlar va boshqa toTovlarning hisob-ki-
tobini olib borish hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektlari belgilangan
tartibda hisobotlar tuzib, te-
gishli organlarga taqdim etishlari kerak. Ular soliq organlariga moli
yaviy hisobot taqdim etadilar. Yuridik shaxslar moliyaviy hisoboti qu-
yidagilarni o ‘z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
- xususiy sarmoya to‘g‘risida hisobot;
- asosiy kapital harakati to‘g‘risida hisobot;
- pul oqimlari to ‘g ‘risida hisobot;
- debitorlik va kreditorlik qarzlar to ‘g‘risida maTumotnoma.
Bundan tashqari, statistika organiga statistik hisobot taqdim etishlari
lozim. Mikrofirma va kichik korxonalar yil tugagach,
yillik moliyaviy
va statistika hisobotlarini taqdim etishlari kerak.
329
Shunday qilib, tadbirkorlikda hisob va hisobot faoliyat ko‘zgusi
bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini batafsil, tegishli
hujjatlar bilan tasdiqlangan holda aks ettiradi va uning moliyaviy-iqti-
sodiy ahvolini ko‘rsatib turadi. Bu borada asosiy
vazifa hisob yuritish
va hisobot tuzish ishlarini to‘g‘ri y o ‘lga qo‘yish va olib borish hamda
ulardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: