Tadbirkorning m arketing strategiyasi
|
|
B o z o r stra te
giyasi
T o v ar strate
giyasi
N a rx stra te
giyasi
T ovarni y e t
kazib berish
v a sotish
strategiyasi
Talabni
sh ak llan tirish
strateg iy asi
M ark etn in g
b y utjeti
strateg iy asi
- bozo rg a
k irish stra te
giyasi.
- b o zo rn i
eg allash stra
teg iy asi
- b o zo rn i
m o d ifik atsiy a
q ilish stra te
g iy asi
- bo zo r
u lu sh in i
k o ‘tarish
strateg iy asi
- b o zo rd ag i
m av q ey in i
saq lash stra
tegiyasi
- b ozorni
q a y m o g 'in i
terish strate-
giyasi
- tash q i
bozo rg a
ch iq ish strate-
giyasi
- tovar-
n in g sifati va
raq o b atb ar-
d oshligini
k o 'ta ris h
strategiyasi.
- to v a m in g
asso rtim en ti,
v ariantlari,
m arkasi,
b ezatilish i.
o ‘ram i,
h a y o tiy davri
b o ‘y ich a
strategiyasi.
- to v arn i
q u w a tla s h
strategiyasi.
- to v a rn i m o
d ifikatsiya
q ilish stra
tegiyasi.
- to v a r diver-
sifikatsivasi
strategiyasi
- x a ra ja tlarg a
aso slan g an
strateg iy a
- ta la b g a
aso slan g an
strateg iy a
- raq o b atg a
a so slan g an
strateg iy a
- m aq sad g a
aso slan g an
strateg iy a
- bev o sita
k an al strate
giyasi
- b i r b o ‘-
g ‘inli kanal
strategiyasi
- k o ‘p
k an alli strate
g iyasi
- b uy u rt-
m a la r
b ila n ishlash
strategiyasi
- z ax ira lam i
b o sh q arish
strategiyasi
- ch ak an a
savdo strate
giyasi
- intensiv
so tish stra te
giyasi
- selek tiv
so tish stra te
giyasi
- ek sk ly u ziv
so tish strate
giyasi
- rek lam a
strateg iy alari
- ta rg 'ib o t
strateg iy asi
- savdo
sotiq n i
ra g ‘batlan-
tirish strate
giyasi
- saxsiy
so tish stra te
g iyasi
- qold iq q a
aso slan g an
strategiya
- m o ‘ljallan-
g an fo y d ag a
aso slan g an
strateg iy a
- foy d an i
o p tim allash -
tirish g a
aso slan g an
strategiya
- vazifalarg a
a so slan g an
strategiya
11. 4- chizma.
Tadbirkor marketing strategiyasining tarkibi.
11. 4. T A D B IR K O R L IK D A SA V D O T U Z IL M A L A R IN IN G R O L I
Tadbirkorlik faoliyatini xomashyo, materiallar, boshqa ishlab chiqa
rish vositalari bilan ta’minlashda va xo‘jalik subyektlari ishlab chiqar
gan mahsulotlarni sotishda bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi
hisoblangan birjalar, auksionlar, tanlovlar, tenderlar, yarmarkalar,
ko‘rgazmalar katta rol o ‘ynaydi. Savdo tuzilmalari tarkibi 11.5- chiz-
mada keltirilgan.
215
11. 5- chizma.
A sosiy savdo tuzilmalari.
Ulgurji ,va birja savdosining asosiy vazifasi - ulgurji savdo bo-
zorining ishonchli amal qilishi hamda talab bilan taklifning raqobatli
o‘zaro mosligini ta’minlashdir. Birja m a’lum joyda va vaqtda belgilab
qo‘yilgan qoidalar asosida oshkora savdo o‘tzkash y o ii bilan erkin ul
gurji savdoni uyushtirish uchun zarur shart-sharoit yaratadigan yuridik
shaxsdir. Biija faoliyati talab va taklifning amaldagi nisbatini aniqlash
va uni hisobga olgan holda narxlami shakllantirish asosida birja tovarla-
rining ulgurji bozorini tashkil etish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan
harakatlar majmuyidir. Birjalaming asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
1) biija savdosini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
2) birja savdosi va operatsiyalarini tartibga solish;
3) tovarlarga talab va taklif nisbati asosida narxlar kotirovkasini
amalga oshirish;
4) birja a’zolari va ishtirokchilariga tashkiliy, texnikaviy, maslahat
va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
5) muntazam ravishda narxlar kotirovkasi va indeksi, savdo vaqti,
tovarlar assortimenti, kontraktlar miqdori, bitimlar hajmi, tovar bo-
zorlarining holati va istiqbollari hamda boshqa ko‘rsatkichlar haqida
tahliliy axborotlar e ’lon qilib borish.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, birjaning o‘zi hech narsa sotmaydi
va sotib olmaydi, balki birja tovarlari bilan ulgurji savdo o‘tkazish
uchun qoidalar ishlab chiqadi va shart-sharoitlar yaratib beradi. Birja
aw alo savdo zali bo‘lib, unda brokerlar tovarlar oldi-sotdisi uchun
mijozlar buyurtmalarini bajaradilar. Bundan, tashqari, birjalar foy
da ko‘rmaydigan uyushma bo‘lib, ularning daromadi (foydasi) birja
216
a’zolarining kirish va a’zolik badallari, bitim solig‘i, biija zalidagi
o‘rinlami sotish va boshqalar hisobidan shakllanadi.
O ‘zbekistonda bir qancha birjalar tuzilgan va amal qilib kelmoq-
da. Respublikada birinchilardan bo‘lib tuzilgan birja - bu 0 ‘zbekiston
Respublikasi tovar-xomashyo birjasidir ( 0 ‘RTXB). U ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida ta’sis etilgan va 1994- yil 8- aprelda
ro‘yxatdan o‘tgan. Mazkur birja, asosan, moddiy-texnika resurslarining
muhim turlari: paxta tolasi, lint, chigit sheluxasi, qora metall prokati,
rangli metallar, benzin, dizel yoqilg‘isi, mazut, o ‘simlik yog‘i va boshqa
tovarlar bo‘yicha birja savdosini amalga oshiradi. Bu resurslarning 97
foizi shu birja orqali sotiladi. 2004- yili tovar xomashyo birjasida bir
sekundda o ‘n minglab operatsiyalami amalga oshirish imkonini beradi-
gan yangi elektron savdo tizimi y o ‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda ushbu
tovar-xomashyo birjasiga birja bozorining 80 foizidan ortig‘i, respub
lika ulgurji tovar aylanmasining 18 foizidan ortig‘i to‘g ‘ri keladi.
0 ‘RTXB tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashga katta ahamiyat be
radi. Birjadagi shartnomalaming 60 foizidan ortig‘i tadbirkorlik sub
yektlari bilan tuziladi. Birja savdolarida qatnashish hisobiga vujudga
keladigan keng imkoniyatlarni brinchi b o iib xususiy tadbirkorlar
to ‘g ‘ri baholadilar. Tadbirkorlik subyektlarining anchagina qismi uchun
biija savdolari moddi-texnik ta’minoti va ishlab chiqargan mahsulotla
rini sotishning asosiy vositasi b o iib qoldi. Elektron savdolar sharofati
bilan tadbirkorlar o ‘z mahsulotlarni dunyoning 40 dan ortiq mamlakat-
lariga sotishga erishmoqdalar. Bunda birja ishlab chiqaruvchilarning
xohishlariga ko‘ra birja shartnomalari bo‘yicha tomonlaming o ‘z maj-
buriyatlarini bajarishlariga kafolat sifatida ham qatnashib kelmoqda.
Biijada qoilaniladigan asosiy texnologiyalar:
- birja elektron savdo tizimi (savdo asboblari bilan shartnomalar
tuzish, talabnomalar y ig is h va ularni qondirishning avtomatlashtiril-
gan elektron savdo tizimi);
- ko‘rgazma-yarmarka savdosining elektron savdo tizimi;
- masofadan kirish holatida elektron savdo tizimi.
0 ‘RTXBning sho‘ba korxonalari va unga qarashli korxonalar:
- Birjaservismarkaz “OAJ” ( 0 ‘zbekistonning yirik logistik kom
paniyasi);
- “0 ‘zauksionsavdo” SHK (asosiy faoliyat turi - auksion savdolami
tashkil etish);
217
- “Elektron birja savdolari Markazi” (asosiy faoliyat turi elektron
savdolarni ta’minlash);
- Birjaning barcha viloyatlarda 12 ta filiali (ularning asosiy faoliyat
turi - hududiy birja markazlarida korxonalarning elektron savdolarida
qatnashishlarini ta’minlash).
Tadbirkorlik uchun muhim bo‘lgan biijalardan yana biri Respublika
ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi (RKTASB) hisoblanadi. Uning asosiy
ixtisoslashuv yo‘nalishi:
1) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va undan qayta ishlangan tovar
lami ichki va tashqi bozorlarda sotish;
2) tadbirkorlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, boshqa tovar ishlab
chiqamvchilami ularga zarur bo‘lgan xomashyo, materiallar, texnika,
uskunalar, kichik texnologiyalar va iste’mol tovarlari bilan ta’minlash.
Birja amalga oshiradigan operatsiyalar quyidagilar:
- eksportga tovarlami sotish va sotib olish;
- import bo‘yicha tovarlami sotib olish va sotish (hisob - kliring
palatasi orqali faqat so‘mda);
- ehtiyojni o‘rganish (tovar marketingi);
- ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar o ‘tkazish;
- fyuchers, forvard, opsion, tolling va tranzit bitimlarini amalga
oshirish;
- bojxona, omborxona, yuk tashish va reklama xizmatlari;
- narx kotirovkalari bo‘yicha m a’lumotlami e ’lon qilish va berish;
- birja faoliyatiga taalluqli maslahatlar olish, respublikada va xorij-
da tadbirkor-hamkorlami, tovar, xomashyo, xizmatlami izlab topishga
ko ‘maklashish;
- birjaning o ‘z saytlariga va intemetdagi boshqa saytlarga o ‘z tovar
lari bo‘yicha talab va taklif to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami chiqarish (tad
birkorlar tomonidan).
Agrosanoat birjasining hududiy savdo maydonchalari Farg‘ona,
Buxoro, Termiz, Andijon, Shaxrisabz, Namangan shaharlarida faoliyat
ko‘rsatmoqda. Lekin boshqa viloyatlardagi tadbirkorlar ham birja sav-
dosida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular birjadan brokerlik
o‘mini sotib olishlari va tegishli ruxsatnoma olishlari kerak.
Agrosanoat birjasi tizimi da hisob (kliring) palatasi b o iib , u birja
bitimlari bajarilishi kafolatini ta’minlaydi, import-eksport shartnomasi
ishtirokchilari o ‘rtasidagi hisob-kitoblarini tezkor amalga oshiradi.
218
Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar,
sertifikatlar va hokazo) bilan savdo qilish uchun uyushgan bozor b o iib ,
ularning samarali aylanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bo
zor narxlarini aniqlash, narxlar to‘g‘risida axborotlar tarqatish, boshqa
xizmatlar ко ‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlari
qimmatli qog'ozlar sotish va sotib olishni fond birjalari orqali bajaradi-
lar. Fond birjasining asosiy vazifalari quyidagilar:
1) doimiy harakatdagi bozomi vujudga keltirish;
2) qimmatli qog‘ozlaming narxini aniqlash;
3) qimmatli qog‘ozlar, ularning narxlari va muomala (oldi-sotdi)
shartlari haqida axborot tarqatish;
4) qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarini ishlab chiqish.
Fond birjasida asosiy savdo qoidalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Birjada qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi faqat vositachilar yor
damida amalga oshiriladi.
2. Birjaga qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish shart emas, ularning
miqdori va sifatini tasdiqlaydigan sertifikat taqdim etiladi.
3. Qimmatli qog‘ozlar har qanday miqdorda emas, balki umumiy
qabul qilingan miqdorda (lotlar bilan) sotiladi.
4. Birjada “varaq” kotirovka ro ‘yxatiga kiritilgan qimmatli
qog‘ozlargina sotiladi. Aksiyadorlaming bunday ro‘yxatga kiritish tar
tibi listing deb ataladi. Listing - qimmatli qog‘ozlarni birjaga kiritish
taomilidir.
5. Birjada narxlar oshkora qo‘yiladi, bu haqda zaldagi tablo doimo
xabar qilib turadi.
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha ixtisos-
lashgan tashkilot depozitariy b o iib u quyidagi vazifalarni amalga os
hiradi:
- bozorda muomolaga boiadigan jami chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlarni hisobga olish;
- aksiyadorlar reyestrlarini yagona-texnologik tartibda yuritish;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarishni naqdsiz shaklda rasmiylashtirish;
- qimmatli qog‘ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ular
ni soxtalashtirish va yo‘qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolatini
ta’minlash;
- qimmatli qog‘ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlar (sotish,
savdo qilish, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish)ni amalga oshirish
yuzasidan topshiriqlarni bajarish;
219
-
0 ‘zbekiston Respublikasi qaramog‘idagi emitentlar tomonidan
chiqarilgan yoki chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan qimmatli qog‘ozlami
respublika hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni hi
sobga olish.
Auksionlar ham tadbirkorikda m a’lum o‘rin egallaydi. Mulkni dav
lat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, asosan, auksion yor
damida amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari binolar, inshootlar,
texnika, transport vositalari va boshqa mulkni auksion savdosi orqali
sotib oladilar.
Tadbirkorlikda tender ham keng o ‘rin egallamoqda. Tender tan-
lovning bir ko‘rinishi bo‘lib, qishloq xo‘jaligida yer uchastkasini ijara
ga olib, fermer xo‘jaligi tashkil etmoqchi bo‘lgan talabgorlar, o ‘z trans-
porti bilan yo ‘lovchilar tashishga ishtirok etishni istagan haydovchi-
lar orasidan tegishli talablarga javob beradiganlarini tanlab olishda va
boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
Keyingi paytda respublikada ulgurji savdo tizimi qayta tashkil etilib,
bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirilmoqda. Mazkur tizim ham
tadbirkorlik subyektlariga o ‘z mahsulotlarini sotish va kerakli tovar
lami xarid qilishga yordam beradi.
Tadbirkorlikda ko‘rgazmalar va yarmarkalarning roli ham ortib bor-
moqda. 0 ‘zbekistonda ular, asosan, birjalar tomonidan tashkil etiladi.
Yarmarka savdosining birja savdosidan farqi shundaki, tovarlar va
xomashyo oldi-sotdisini birjada vositachilar (brokerlar), yarmarkada
esa bevosita sotuvchilar va xaridorlarning o ‘zlari amalga oshiradilar va
buning uchun shartnomalar tuzadilar.
Doimiy yarmarkalarning asosiy vazifalari quyidagilar:
1) doimiy ko‘rgazmalar tashkil etish va ularda shartnomaga ko‘ra
sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar namunalarini qo‘yish va namoyish
etish;
2) ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) va iste’molchilar (xaridorlar)
ni bir joy ga to‘plab, ulaming bevosita uchrashuvlari hamda tovarlar va
xomashyo oldi-sotdisi bo‘yicha muloqotni yushtirish;
3) tovarlar, xomashyo ishlab chiqarish hajmi va assortimentini re
jalashtirish uchun ularga bo‘lgan ehtiyojni batafsil aniqlash;
4) kundalik yarmarka savdosini amalga oshirish (bitimlar tuzish,
kontraktlarni rasmiylashtirish va boshqalar);
220
5) respublikadan tashqariga olib chiqiladigan tovarlar bo‘yicha tu
zilgan kontraktlar, bitimlami bojxona organida ro‘yxatdan o‘tkazish;
6) ishlab chiqaruvchilar bilan savdo tashkilotlari va boshqa
iste’molchilar o'rtasida tovarlarni yetkazib berish shartnomalari tu-
zishni tashkil etish va boshqalar.
Hozirgi paytda 0 ‘zbekistonda dunyoda mavqeyi oshib borayotgan
xalqaro paxta yarmarkasi har yili bo‘lib o ‘tmoqda. Bundan tashqari,
yengil sanoatmahsulotlari yarmarkasi, oziq-ovqat tovarlari yarmarkasi,
meva-sabzavotlar yarmarkasi va boshqa yarmarkalar o‘tkazib kelinmoq-
da.
Ko‘rgazmalarda tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqargan mahsulot-
lar va ularga kerakli moddiy-texnika vositalari, ayniqsa, ularning yangi
turlari namoyish etiladi va targ‘ibot qilinadi. Ko‘rgazma-savdolarda esa
mahsulotlarni namoyish qilish bilan birga ularning savdosi ham tashkil
etiladi. 2007- yildan boshlab qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiya-
lar va ixcham uskunalarning xalqaro ko‘rgazma-savdosi doimiy amal
qilib kelmoqda.
0 ‘zbekistonda ko‘rgazmalar va yarmarkalami o‘tkazish uchun max
sus O'zekspomarkaz tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |