XI BOB. TABDIRKORLIKDA MARKETING
VA RAQOBAT
11.1. MARKETING - TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
AMALGA OSHIRISH ASOSI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tadbirkor o 'z ishini bozor-
dan, uni o ‘rganishdan boshlaydi. Chunki, tabdirkorlik faoliyati-
ning yo‘nalishi, miqyosi, faolligi ko‘p jihatdan bozorga, iste’molchilar
talabiga bog‘liq. Bozomi, iste’molchilar talab-istaklarini bilmay turib,
nima ish bilan shug‘ullanish, qanday mahsulot va qancha miqdorda ish
lab chiqarish, kimga, qachon va qaysi narxda yetkazib berish va sotish,
qanaqa xizmatlar ko‘rsatish kerakligini aniqlash mumkin emas. Bularni
aniqlash, mahsulotni tezroq sotib, yaxshi foyda olish uchun esa bozor
da ishlash usullari, tartib-qoidalari, strategiyasi va taktikasi, raqobatla-
shish yo‘1 lari va vositalarini, ya’ni marketing asoslarini bilish va ularni
amalda qo‘llay olish lozim. Marketing inglizcha bozor so‘zidan olingan
bo‘lib, bozomi o'rganish va uning istiqbolini aniqlash, bozorda faoli
yat ko‘rsatish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish orqali muayyan
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish va qo‘yilgan maqsadga erishishga
yo‘naltirilgan faoliyatdir. Marketing faoliyatining asosiy bosqichlari
quyidagilardan ib o ra t(ll. 1- chizma).
11. 1- chizma.
Marketing faoliyati asosiy bosqichlari.
202
1) talabni o ‘rganish va aniqlash - qanday mahsulot va qancha miqdorda
ishlab chiqarishni bilish uchun iste’molchilar talab-istaklari, mavjud
talabning hajmi, o‘zgarishi va istiqbolini, raqobat darajasini aniqlash
zarur;
2) talabni shakllantirish - mahsulotning sifati, ko‘rinishi, assortimenti,
narxi va reklamasi hamda xaridorlami rag‘batlantirish, ularga turli xiz
matlar va qulayliklar taklif etish yo'l bilan iste’molchilarga ta’sir etib,
talabni vujudga keltirish, ro‘yobga chiqarish, o‘zgartirish;
3) talabni qondirish - ishlab chiqarilgan mahsulotni reklama qilish,
iste’mol qilinadigan joy larga yetkazib berish, unga narx belgilash, xari-
dorlarga qulayliklar yaratish va ularni jalb qilish, mahsulotni sotish.
Shuni ta’kidlash lozimki, marketingni qo'llash boshlangandan
beri bozor munosabatlarida uning roli ortib bormoqda. Marketingni
qo‘llashning boshlang‘ich bosqichida u qandaydir bir yordamchi ele
ment vazifasini bajargan bo‘lsa, keyingi, yuqori bosqichlarda barcha
elementlar va faoliyatni o'zaro muvofiqlashtirib, yagona maqsadga
yo‘naltiruvchi asosiy va markaziy funksiyaga aylandi. Buni bozor
iqtisodiyoti taqozo etadi. M azkur holatni tadbirkorlar qancha tezroq
va yaxshiroq anglab olsalar, ular bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan
shunchalik samarali foydalana olishlari mumkin.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor, korxona kim-
ning ehtiyojini qondirishi va kimga xizmat qilishini yaxshi bilishi ker
ak. Aks holda6 u bozorda o ‘z о ‘mini topa olmaydi va uzoq yashab qola
olmaydi. Shu boisdan tadbirkor mahsulotining iste’molchilari uning
asosiy obyekti, mo‘ljali, maqsadi hisoblanadi. Aniq iste’molchilarga
ega bo‘lgan tadbirkorning ko‘zda tutilgan natijalarga erishishi aniqroq
bo‘ladi. Bunday natijalarga erishish uchun esa marketing konsepsiyasi,
usullari, vositalari katta rol o ‘ynaydi.
Marketing konsepsiyasi - tadbirkor tomonidan m o‘ljallangan
iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash va raqiblarga nisbatan yaxshi
roq qondirish g ‘oyasi va uni ro‘yobga chiqarishga yondashuvdir. Bu
konsepsiya bo‘yicha tadbirkorning asosiy maqsadi iste’molchilar
ehtiyojlarini to ‘laroq qondirish va shu yo‘l bilan foyda olish hisobla
nadi. Marketing kontseptsiyasi to‘rtta narsaga - m o‘ljallangan bozor,
iste’molchilar ehtiyoji, integratsiyalashgan marketing, rentabellikka
tayanadi. M o‘ljallangan bozor - m a’lum ehtiyojlarini aynan shu tad-
203
birkor yaxshiroq qondira oladi gan iste’molchilar guruhidir. Har qan
day tadbirkor yoki korxona barcha iste’molchilarni qamrab olib,
ularning hamma ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shuning uchun har bir
tadbirkor iste’molchilaming aniq bir guruhini ajratib olib, butun kuch-
g‘ayratini ularning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishi kerak bo‘ladi.
Iste’molchilar ehtiyoji -y ash ash , ishlash, ish yuritishni ta'minlaydigan
moddiy vam a’naviy ne’matlargaboMgan zaruratdir. Integratsiyalashgan
marketing nafaqat tadbirkor, balki u bilan birga ishlayotgan har bir mu-
taxassis, xodim, guruh o‘z ishini iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish
yo‘ li bilan foyda olishga qaratishi va harakatlarini o‘ zaro muvofiqlashti-
rishga asoslangan yondashuvdir. M a’lumki, foyda ko‘rmaydigan tad
birkor uzoq faoliyat ko‘rsata olmaydi. Marketing konsepsiyasi foyda
olish, uni oshirishni faqat iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondirish
orqali amalga oshirishni nazardatutadi.
Marketing tadbirkorlik, biznesning yangi falsafasiga asos qilib olin
gan. Buning mohiyati shundan iboratki, tadbirkorlar, korxonalar o ‘z
faoliyatlarida bozor talabi, iste’molchilar ehtiyojlariga asoslanishlari
va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni bozorga moslashtirib tashkil
etishlari lozim. Yangi sharoitda “ishlab chiqarish iste’mol uchun xizmat
qilishi kerak” degan tamoyil amal qiladi.
Tadbirkorning tovar ayirboshlash bilan b o g iiq bozor faoliyati uning
butun tadbirkorlik faoliyati asosini tashkil etadi, maqsadini belgilaydi
va harakatiga yo‘nalish beradi. Shuning uchun har bir tadbirkor bozor
qonun-qoidalari va iste’molchilar talab-istaklarini yaxshi bilib, ularga
mos mahsulot taklif etish va sotish orqali ko‘zlangan foydasini olishi
mumkin. Demak, “Tovar bo‘lsa, uni sotish mumkin” degan aqidaga
emas, balki “Tovar bozorbop bo‘Isa, uni sotish mumkin” degan aqi
daga amal qilish zarur bo iad i. Mahsulotning bozorbopligi esa uning
sifati, ko'rinishi. bezatilishi, turlari, foydalanishga qulayligi, narxi va
boshqa tomonlari bo‘yicha iste’molchilar talab-istaklariga mos kelishi
bilan aniqlanadi. Mahsulot o‘z iste’mol chi lari talab-istaklariga qancha
mos bo‘Isa, shuncha bozorbop hisoblanadi. Mahsulot qancha bozorbop
bo‘lsa, uning bozordagi mavqe shuncha yaxshi bo‘ladi. Mahsulotning
bozordagi mavqe esa uni taklif etayotgan tadbirkorning mavqe, nu-
fuzini belgilaydi. Mahsulotning bozordagi mavqe uning bozor ulushi
bilan belgilanadi. Bozor ulushi - bir xil, o ‘xshash tovarlar sotish umu-
204
miy hajmida muayyan bir tovarning hissasidir. Tadbirkor faoliyatining
foydalilik darajasi uning (mahsulotning) bozor ulushiga bog‘liq bo‘lib,
bozor ulushi ortib borishi bilan, foydalilik darajasi k o‘tarilib boradi.
Bularning hammasi tadbirkorning marketing faoliyati bilan bog‘liqdir.
Tadibkorlikda marketing maqsadlarini bir necha darajada ко'rib
chiqish mumkin (11.2-chizmaga qarang).
11. 2- chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |