59
XULOSA
1.
Yirtqich qushlar ornitofaunasining – hozirgi holati, tur
tarkibi, tarqalishi, soni, ekologik xususiyati va ularning ekologik
moslashuv yo’llari o’rganildi.
2.
Namangan viloyatining ekologik xususiyatlari atroflicha
o’rganilib, hududning mintaqaviy joylashuvi va unda hayvonlarning
ekologik tarqalishi adabiyotlardan foydalangan holda tahlil qilindi.
3.
Namangan viloyatida yirtqich qushlarning 14 turi tarqalgan
bo’lib, ularning ayrimlari o’troq va boshqalari esa kelib-ketuvchi
qushlar sanaladi.
4.
Dala kuzatish metodidan foyadalanib, Namangan viloyati
yirtqich qushlari
kuzatishlarga
asosan biologiyasi o’rganildi.
Kuzatishlar Namangan viloyatining Mingbuloq tumanining cho`l
xududidan va Chust tumani adirliklarida olib borildi va ilmiy
adabiyotlar yordamida xulosalandi.
5.
Qushlarning
geografik
tarqalishi,
yashash
joylariga
taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo, ularning oziqlanishiga bog’liq. Shularni
hisobga olib, Namangan viloyati yirtqich qushlarining oziqa spektri tadbiq
etildi.
6.
Vodiyning yirtqich qushlari ro’yxati tuzildi va tur tarkibi
aniqlandi. Jumladan, vodiy hududida Accipiter badius, Accipiter
gentiles, Accipiter nisus, Aegypius monachus, Aquila chrysaetus, Asio
otus, Athene noctua, Falco naumanni, Falco subbuteo Linnaeus, Falco
tinnunculus, Gurs fulvus, Milvus migrans, Sircus aeruginosus, Sircus
cyaneus kabi turlarning uchrashi aniqlandi.
7.
Ayirm yirtqich qushlarning biologiyasi va hayot tsikli keng
qamrovli o’rganildi.
60
8.
Yirtqich qushlarning fe’l-avor xususiyatlarini tahlil etildi.
Shuningdek, yirtqich qushlar o’rtasidagi qonuniyatlar izohlandi.
9.
Namangan viloyati tabiati juda boy bo`lib, endilikda
ekologik sabablar oqibatida ko`pgina qushlar vakillarining soni yildan-
yilga kamayib bormoqda va ular “Kizil kitob”ga kiritilmoqda. Yirtqich
qushlar vakillaridan hozirda O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 19
ta tur qushlar BMIda qayd etildi.
10.
Yirtqich qushlar tabiatdagi ekologik zanjirning bir bo’lagi
hisoblanadi. Ular zararkunanda va kasallik tarqatuvchilarni qirishi bilan
ahamiyatli, ularning keltiradigan zararidan ko’ra foydasi ko’proqdir.
11.
Namangan viloyati qushlarining davlat
va xalqaro
ahamiyatga ega noyob va yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan qush
turlarini saqlab qolish borasida takliflar kiritildi.
12.
Bitiruv malakaviy ish materiallari oliy va o’rta maxsus
o’quv yurtlarida o’qitiladigan biologiik-ekologik fanlarning ma`ruza
va amaliy mashg’ulotlarida, tabiat muhofazasini targ’ib qilish va
aholini ekologik tarbiyalashda qo’llanilishi mumkin. Ish natijalaridan
Namangan davlat universiteti, kollej va litseylar talabalari zoologiya
fanlaridan ma`ruzalarda foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: