Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakulteti 5420100-biologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi


 Yirtqich qushlar va ularning ahamiyati



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/74
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#75311
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
namangan viloyatida tarqalgan yirtqich qushlar biologiyasi va ekologiyasi

 

3.6. Yirtqich qushlar va ularning ahamiyati. 

Dunyo bo’yicha qushlarning tarqalishi etiologiyasiga doir ko’plab manbalarni 

turli  fotosur’atlar  va  internet  saytlarida  uchratishimiz  mumkin.  Yirtqich  qushlar 

ovchilik, estetik, ilmiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lganligi sababli ularni 

o’rganish  ishlari  amalga  oshirilgan  bo’lsada,  ekologik  muhitning  o’zgarishi  va 

dunyo  ornitafaunasiga  antropogen  omillar  ta’siri  ortib  borishi  natijasida  yirtqich 

qushlarga  oid  ilmiy  tadqiqot  ishlari  davom  ettirilmoqda.    Boshqa  qushlardan 

yirtqich  qushlar  ajralib  turadi.  Ular  kuchli  va  qayrilgan  tumshug’i,  katta  ko’zlari, 

kuchli  oyoq  va  tirnoqlari  bilan  farqlanadi.  Tabiatning  ajoyib  jonivorlar,  barcha 

xalqlarda ular kuch, dovyuraklik va go’zallik ramzi. 




 

 

57 



Tabiiy  sharoitda  yirtqich  qushlar  o’lja  bo’lgan  hayvonlarni  butunlay  qirib 

tashlay  olmaydi.  Bunga  juda  ko’p  misollar  bor.  XX  asrning  birinchi  yarmida 

yirtqich qushlarning soni ko’p bo’lishiga qaramay Orol dengizida juda ko’p suvda 

suzuvchi  qushlar  turlari  yashagan,  Tyan-Shan  va  Pomir-Oloy  tog’larida  sug’urlar 

minglab  tog’  yonbag’rilarda  yashagan,  tog’  g’ozlari  va  ang’irtlar  ko’llarda 

uyalagan. 

Tabiiy  ekotizimlarda  yirtqich  qushlar  doimo  ularga  oziq  bo’ladigan 

hayvonlardan,  yirtqich  qushlar    g’ozlar,  tovuqlar  turkumi,  kabutar  yoki 

chumchuqlar  turkumiga  nisbatan  serpusht  emas.  Yirik  yirtqichlar  (burgutlar, 

suvburgut)  1-2ta  tuxum  qo’yadi,  o’rtacha  kattalikdagi  yirtqich  qushlar    (qo’ng’ir, 

qirg’iy,  kalxat,  sor)  3-4 ta  tuxum  qo’yadi,  hasharotlar  bilan  oziqlanadigan  kichik 

lochinlar 5-6 ta  tuxum qo’yadi. 

Odatda tuxumdan biri rivojlanmay qoladi. Jo’jalar birin-ketin chiqmaydi. Eng 

kichigi  kattalardan  rivojlanmay  qolib  ketadi  va  ko’pincha  yashab  ketolmaydi. 

Indan  uchib  ketib,  yosh  qo’shlar    o’ziga  oziqa  topolmaydilar,  bir  qismi  nobud 

bo’ladi. Yirik yirtqich qushlar jinsiy voyaga 5-6 yilda yetadi. Shu sababli yirtqich 

qushlar  hech qachon ko’p sonda ko’paymaydi. 

Shunisi  taajubki,  yirtqichlar  o’z  o’ljalarining  salomatligi  va  populyatsining 

rivojlanishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Yirtqich  hayvon  kam  harakatchan  hayvon  yoki 

qushni  poyladi.  Shuning  uchun  yirtqichning  o’ljasi  birinchi  bo’lib  yaxshi 

rivojlanmagan,  kasalvant,  o’zini  himoya  qilolmaydigan  yoshlarga,  qarib  qolgan 

jonivorlarga  hamla  qiladi.  Salomat,  kuchga  to’la  hayvonlar  qochib  qutuladilar. 

Tabiatda  yirtqichlar  bo’lmaganda,  zamonaviy  hayvonlar  qanday  ko’rinishda 

bo’lardi.  Balki  ular  kam  harakatchan,  ko’rish  va  eshitish  qobiliyati  past  bo’lgan, 

turli kasallarga duchor bo’lardi. 

Afsuski,  inson  yirtqich  qushlarga  salbiy  munosabatda  bo’ladi.  Yaqin 

o’tmishda  ular  zarakunanda  hisoblanib,  maqsadli  qirilgandi.  To’g’ri,  ko’p 

yirtqichlar  vaqti  kelganda  xonaki  jo’jalar  va  tovuqlarni,  burgutlar  qo’zini  tutadi. 

Umuman  olganda  esa  yirtqich  qushlar    kam  sonli  va  ulardan  bo’lgan  zarar  kam. 



 

 

58 



Bugun  yirtqich  qushlar  ayniqsa  O’rta  Osiyoda  tarqalgan  ulkan  foyda  keltirishi 

isbotlandi,  chunki  ular  qishloq  xo’jaligi  zarakunanda-kemiruvchilarni  qirib 

tashlaydilar. 

O’zbekiston  hududida  yirtqich  qushlarning  41  turi  mavjud,  ular  uch  oilaga 

suvqirg’iy,  qirg’iy  va  lochinlar  bo’linadi.  Ulardan  19  tasi  O’zbekiston  “Qizil 

Kitobi”ga  kiritilgan.  Nurota  tog’  tizmasida,  Aydar-Arnasoy  ko’llar  tizimi  va 

Qizilqumning janubi-sharqiy qismida yirtqich qushlarning 32 turi, 17 tasi in quradi 

va 15 tasi uchib o’tadi va qishlaydi.  

Inson  hayotidagi  ahamiyatiQushlar  zararkuranda,  kasallik  tarqatuvchi 

hasharotlar  va  kemiruvchilarni  qirib,      tabiatda  ular  sonini  cheklab  turadi. 

Qushlarni  muhofaza  qilish  ularni  bezovta  qilmaslik  va  uyasini  buzmaslikdan 

iborat.  Qushlarni  dalalarga  jalb  etish  uchun  dalalar  chetida  daraxtlar  ekiladi,  ular 

uchun  uyalar  quriladi.  Yirtqich  qushlar  uchun  dam  oladigan  baland  ustunlar 

o’rnatiladi. Qor ko’p yog’gan qish kunlari chumchuq, chittak, to’rg’ay kabi mayda 

qushlar  uchun  butalar  va  daraxt  shoxlari  orasiga  donxo’raklar  o’rnatilib,  don-

dunlar sepib qo’yiladi. 




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish