Efferent innervasiyaga ta’sir etuvchi dori vositalari


M-XOLINORESEPTORLARGA TA’SIR ETUVChI VOSITALAR



Download 291,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.07.2022
Hajmi291,01 Kb.
#758995
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7.M-xolinoretseptorga ta\'sir etuvchi vositalar, M-N xolinoretseptorlarga tair etuvchi vositalar.. Antixolinesteraz vositalar

M-XOLINORESEPTORLARGA TA’SIR ETUVChI VOSITALAR 
M-xolino reseptorlarni qo’zg’atuvchi vositalar (M-xolinomimetiklar). 
Bu guruhga M-xolinoreseptorlarni to`gridan-to`gri, bevosita qo’zg’atuvchi birikmalar kiradi. 
Zaharli qo’ziqorin-muxomor tarkibidagi alkaloid-muskarin bu guruh moddalarning eng asosiy 
namoyondasi hisoblanadi. Lekin muskarin dori vositasi sifatida qo’llanilmaydi. Tibbiyotda M-
xolinomimetiklardan pilokarpin va aseklidin qo’llaniladi.
PILOKARPIN - 
(Pilocarpini hydrocloridum). Janubiy Amerikada o’sadigan tropik o’simlik 
Pilocarpus pianati folus jaborandi
ning bargidan olinadigan alkaloid. Sintez yo’li bilan ham olingan. 
Pilokarpin M-xolinoreseptorlarni bevosita qo’zg’atib, parasimpatik nerv sistemasini qo’zg’atilganda 
yuzaga chiquvchi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Pilokarpin, ayniqsa, bezlarning sekresiyasini 
kuchaytiradi (so’lak, ter). Amaliy jihatdan pilokarpinning ko’zga ta’siri ahamiyatga ega (qorachiqni 
toraytiradi, ko’z bosimini pasaytiradi, akkomodasiya spazmini chaqiradi). Pilokarpinni eritma yoki 
surtma sifatida glaukomani davolashda ishlatiladi. Boshqa ko’rsatmalar bo’yicha zaharliligi yuqori 
bo’lganligidan ishlatilmaydi.
ASEKLIDIN
(Aceclidium) – sintetik preparat bo’lib, uning mahalliy va rezorbtiv ta’siridan 
foydalaniladi. Ya’ni glaukomani davolashda (konyuktivani qitiqlashi mumkin) va MIT a’zolar, peshob 
pufagi, bachadon atoniyasida ishlatiladi. 
M-xolinomimetiklar bilan zaharlanganda M-xolinolitiklar (atropin guruhi) ni qo’llash kerak. 
M-xolinoreseptorlarni qamallovchi vositalar (M-xolinoblokatorlar) 
Bu guruh moddalari asosan periferik M-xolinoreseptorlarni bloklaydi (ya’ni parasimpatik nerv 
oxiridagi neyroeffektor sinapslarning postsinaptik membranalarida joylashgan xolinoreseptorlarni) va 
AX ning ular bilan birikishiga to’sqinlik qiladi. Bu guruh dorilari AX sintezi, parchalanishi, ajralib 
chiqishga ta’sir etmaydi. M-xolinoblokatorlar parasimpatik nerv sistemasini qo’zg’atganda ro’y 
beradigan o’zgarishlarni yo`qotadi yoki keskin susaytiradilar, hamda M-xolinomimetiklar
antixolinesteraz vositalar, asetilxolin va unga o’xshash birikmalar ta’sirini bartaraf etadilar.
M-xolinoblokatorlarning eng xos vakili va eng ko’p o’rganilgani atropin bo’lganligi sababli bu 
guruh dorilarini atropin guruhi deb ham ataladi.
ATROPIN – 
alkaloid bo’lib – 
Atropa Belladonnae, Hyocyamus niger, Datura stramonium
(mingdevona, bangidevona) o’simliklardan olinadi. Kimyoviy jihatdan u tropin va D,L-trop 
kislotasining murakkab efiridir. Atropinning ikkita: o’ng va chapga aylantiruvchi sterioizomerlari bor. 
O’simliklarni ishlov berishda, bu aktiv sterioizomerlar rasemik shaklga (faolliligi sust bo’lgan atropinga) 
aylanadi aynan shu birikma tibbiyotda qo’llaniladi. Atropin sintetik yo’l bilan ham olinadi. 
Atropin faqat M-xolinoreseptorlarni tanlab qamal qiladi. Atropin u bilan bog’lanib AX ning unga 
ta’sir etishiga yo’l qo’ymaydi va shuning uchun parasimpatik nerv oxiridagi neyroeffektor sinapslardan 
qo’zg’alish impulslari o’tmaydi. Natijda parasimpatik nervlarni falajlanishida kuzatiladigan 
o’zgarishlari yuzaga chiqadi. Parasimpatik nerv tonusi pasaysa, simpatikniki oshadi va quyidagi 
o’zgarishlar yuzaga keladi: qorachiq kengayadi, fontanov bo’shlig’i torayadi, shlemov kanali yopiladi, 
ko’z ichki suyuqligining chiqishi kamayib, bosim oshadi, siliar mushaklar bo’shashadi, sinn bog’lami 
taranglashib ko’z gavhari yassi shaklga kiradi, uzoqdagi buyumlar aniq ko’rinib, yaqindagilari 
xiralashadi, ya’ni akkomodasiya paralichi yuzaga keladi, fotofobiya rivojlanadi. Kam va qovushqoq 
so’lak ajraladi, og’iz quriganga o’xshaydi. Taxikardiya, yurak o’tkazuvchanligi ortadi, lekin qon 
bosimida o’zgarish kuzatilmaydi. Me’da ichak trakti a’zolarining sekresiyasi va tonusi pasayadi, ovqat 
hazm qilish yomonlashadi, qabziyat yuzaga keladi. Ter ajralishi, issiqlikni tarqatish susayadi, tana 
harorati ortishi mumkin. Bronxlarning kengligi odatda o’zgarmaydi, lekin atropin bronxlar spazmini daf 
etadi va shu tufayli nafas qisish xurujini bartaraf etadi. Atropin kichik chanoqda joylashgan a’zolar 


tonusini susaytiradi. Shuning uchun peshob ajralishi, defekasiya va homilador ayolda bachadon 
qisqarishi yomonlashadi. Atropin kimyoviy tuzilishi jihatidan kokainga o’xshagani uchun mahalliy 
anesteziya chaqirish xususiyatiga ega. Markaziy nerv sistemasida atropin M-xolino reseptorlarni 
bloklaydi, lekin nisbatan kattaroq dozada bosh miyaning po’stloq qavatida qo’zg’alish chaqiradi va 
devonasifat harakat va so’zlashish qo’zg’alishi hamda gallyusinasiyalar chaqiradi.
Atropin quyidagi holatlarda ishlatiladi: 
-
ko’z tubini tekshirishda 
-
ko’z gavharining haqiqiy nur singdirish qobiliyatini aniqlashda 
-
ko’zning yallig’lanishi va jarohatlarida 
-
me’da va 12-barmoqli ichak yarasida 
-
so’lakay bo’lganda 
-
o’t pufagi, peshob yo’llari va ichak kolikalarida 
-
bronxial astma xurujlarida 
-
M-xolinomimetiklar bilan zaharlanganda. 

Download 291,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish