50
bayon qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va xotirada saqlashga harakat
qiladilar.
2.Muammoli bayon qilish usuli
. O`qituvchi o`quvchilar oldiga ma’lum
bir muammo qo`yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatishlarini
ta’minlash orqali bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta’limning bu usuli
o`quvchilar tomonidan o`quv materialining o`qituvchi
rahbarligida mustaqil
tahlil etilishi, kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi.
3.Qayta xotiralash usuli
. Bu usulning o`ziga xos xususiyati shundaki,
o`quvchi o`quv topshirig`ini egallangan bilimlarga asoslangan holda yoki
berilgan namunaga qarab bajaradi. O`quvchi muayyan andaza asosida harakat
qiladi.
4.Qisman izlanuvchanlik usuli
. Ta’limning bu usuli shu bilan ajralib
turadiki, o`qituvchi dars jarayonida ma’lum o`quv muammosini qo`yadi, ammo
uni mustaqil hal qilish yo`llarini ko`rsatmaydi. Har bir o`quvchi muammoni
mustaqil hal qilish uchun o`zicha izlanadi. Ammo quyinchilik tug`ilganda unga
yordam ko`rsatiladi. O`quvchi bu yordamni o`qituvchining tushuntirishidan,
o`quvchilarning o`zaro suhbatidan yoki darslikdan olishlari mumkin.
Topshiriqni bajarish jarayonida olinadigan yordam usulni qisman ijodiy qilib
qo`yadi.
5.Tadqiqot (ijodiylik) usuli
. Bu usul o`quvchidan to`la
ijodiylikni talab
etadi. Yangi bilimlar olish maqsadida o`quvchi o`zi masala tuzishi va uni to`la
mustaqil ravishda hal qilish yo`llarini izlaydi. O`qituvchi tomonidan beriladigan
ijodiy-amaliy topshiriqlar ham hech qanday yordamsiz, yoki namunaga
asoslanmagan holda bajariladi. Mazkur tasnifning ustunligi shundaki,
o`quvchilarning bilish faoliyatini bosqichma- bosqich faollashtirish nazarda
tutilgan hamda unda o`quvchilarning qobilyatlarini rivojlantirishga va o`quv
faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari bo`lishi zarurligiga e’tibor berilgan.
Yuqorida berilgan tasniflar ta’limning umumiy
qonuniyatlaridan kelib
chiqib, barcha fanlarni o`qitishga bevosita aloqador usullar sanaladi.
Xususiy usullar, shu jumladan, ona tili o`qitish metodikasi ham
o`qitishning barcha masalalari qatori ta’lim usullarini tanlashda umumdidaktik
51
sistemaga asoslanilsa-da, ammo uning o`ziga
xos xususiyatlaridan kelib
chiqadigan usullari ham mavjud.
Ona tili o`qitish metodikasida ta’lim usullari kam o`rganilgan masalalardan
biridir. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili
o`qitish usullarini quyidagicha tasniflaydi:
a) o`qituvchining bayoni;
b) suhbat;
c) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
d) grammatik tahlil;
e) mashq;
f) darslik ustida ishlash;
g) ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
h) sayohat.
Bu usullar, birinchidan, qayta xotiralashga asoslangan usullar bo`lib, ular
o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o`stirishga to`la muvofiq kelmaydi. Bu
usullarda, asosan, o`qituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta’lim
jarayonining
sub’ekti sanalgan o`quvchi e’tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifda
o`quvchilarda izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli
bayon,qisman izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) usullari tamoman o`z
ifodasini topmay qolgan.
Ma’lumki, dars ikki yoqlama jarayon bo`lib, unda o`qitivchi ham,o`quvchi
ham faol ishtirok etadi. Shuning uchun o`qitish usullarini tasnif qilishda nafaqat
o`qituvchi faoliyati, balki o`quvchi faoliyati ham asos bo`lib xizmat qilmog`i
lozim. Ona tili darslarida qo`llaniladigan o`qitish
usullari nafaqat bilimlarni
bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o`quvchilarning
mustaqil bilim olishini ham hisobga olishi, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va
tadqiqotchilik unsurlarini qo`shish orqali ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi
lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo`lsa, ta’lim usullarini ikki katta
guruhga ajratsa bo`ladi;
1. O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq usullar.
2. O`quvchi faoliyati bilan bog`liq usullar.
O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq usullarni:
52
1. Bilimlarni tayyor holda bayon etish;
2. Bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish usullariga ajratsa bo`ladi.
O`quvchi faoliyati bilan bog`liq usullar o`z
navbatida qayta xotiralash,
qisman izlanuvchanlik va izlanishga asoslangan usullarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: