93
mutanosib bo`lgan deformatsnyani deformatsiyalangan
jismga yopishtirilgan sim
qarshilngining o`zgarishiga aylantirishdan iborat.
Sezgir element detaliga yopishtirilgan tenzodatchiklar o`lchanayotgan bosim P
ni elektr qarshilik o`zgarishi bilan sezadi. Bu tenzosezgirlik koeffitsienti
T
K
bilan
baholanadi:
l
l
R
R
K
T
/
/
(3.11)
bunda
R
R
/
— tenzometr qarshiligining nisbiy o`zgarishi;
l
l
/
— simning
nisbiy deformatsiyasi;
T
K
— koeffitsient qiymati metallar uchun 0,5 ... 4,0
chegarasida bo`ladi.
YUqori metrologik va foydalanish xarakteristikalariga ega bo`lgan
tenzorezistorli bosimni o`lchash o`zgartkichlari bir qator afzalliklariga ko`ra: gabarit
o`lchamlari va massasi kichik, vaqt bo`yicha
yuqori darajada barqaror, aniqligi
yuqori, tebranishga chidamliligi turli agressiv muhitlar bilan kontaktda ishlashi
mumkinligi, uchqunga havfsiz qilib ishlaganiga ko`ra yanada kengroq tarqalmoqda.
Avtomatik nazoratning sanoat sistemalari uchun va o`zgarmas tokning (0...5; 0...20
yoki 4...20 mA) standart chiqish signallari bilan ishlovchi mikroprotsessor texnikasi
asosidagi TJABS tarkibidagi sistemalari uchun Sapfir seriyasidagi elektr o`lchov
tenzometrik o`zgartknchlari kompleksi ishlab chiqarilmoqda: odatdagicha ishlangan
Sapfir-22 va portlashdan himoyalangan turdagi Sapfir-22 Ex. O`zgartkichlarning
aniqlik sinfi 0,25 va 0,5.
Sapfir seriyasidagi o`lchov o`zgartkichlar kompleksi mutlaq va ortiqcha
bosimni, siyraklanishi, shuningdek suyuqlik
va gazlarning sarflanishini, kimyoviy
aktiv, qovushoq va kristallanuvchi suyuqliklarning satxini, suyuq muhit zichligini va
bosim bilan bog’liq boshqa kattaliklarni keng doirada nazorat qilishga imkon
beruvchi datchiklar qatoriga kiradi.
Sapfirning ishlash printsipi kremniyning geteroepitaksial plyonkalaridagi
tenzoreszistiv effektdan foydalanishga asoslangan. O`lchanayotgan parametrning
ta`siri texnoplyonkali yarim o`tkazgichli tenzorezistorli
sezgir elementni
deformatsiyalaydi.
Tenzorezistorlar
dsformatspyasi
natijasida
qarshilikning
o`zgarishi elektron qurilmalar yordamida me`yorlashtirilgan tokli chiqish signaliga
aylanadi.
Sapfir-22 o`zgartkich komplekti kuchaytiruvchi qurilmasi bo`lgan o`lchov
blokidan va manba blokidan iborat. Sezgir element deformatsiyasi, o`lchanayotgan
parametrning mutanosib kattaligi kremniyli tenzorezistorlarning qarshiligini
o`zgartiradi. elektron qurilma qarshilikning bu o`zgarishini o`zgarmas tokning
me`yorlashtirilgan chiqish signaliga almashtiradi.
94
3.8. Sapfir-22 DD-Ex bosimlar farqini o’lchovchi o’zgartkichning sxemasi
3.8- rasmda Sapfir-22 DD-Ex bosimlar farqini o`lchovchi o`zgartkichning
sxemasi ko`rsatilgan. Tenzoo`zgartkich 4 metall membranadan iborat bo`lib, unga
yuqori tomondan nomuvozanat ko`prikning elkalarini tashkil etuvchi to`rtta
kremniyli tenzorezistorlar bilan changlatilgan sapfirli membrana kavsharlangan.
Tenzoo`zgartkich 2 asosga mahkamlangan va o`lchanayotgan
muhitdan ikkita
ajratuvchi metall membranalar 1 va 3 bilan bo`lingan. Termoo`zgartkich va
membranalar orasidagi berk bo`shliqlar polimetilsiloksanli suyuqlik bilan
to`ldirilgan. Bosimlarning o`lchanuvchi farqi P
1
— P
2
— tenzoo`zgartkichlarga aytib
o`tilgan membranalar va suyuqliklar orqali ta`sir qiladi. Tenzoo`zgartkich germetik
chiqishlar 5 orqali kiritilgan elektron qurilma 6 ga ulanadi. SHu qurilma yordamida
tenzorezistorlar qarshiligining o`zgarishi me`yorlashtirilgan tokli chiqish signaliga
almashadi, u masofadan turib uzatish uchun havfsiz uch o`tkazgichli liniya bo`yicha
ta`minot bloki 7 ga uzatiladi. Ta`minot bloki portlashga havfsiz xonaga o`rnatiladi
va birlamchi o`zgartkichning ikki o`tkazgichli liniya bo`yicha ta`minotini
ta`minlaydi. SHu liniyaning o`zidan chiquvchi tokli signal uzatiladi. Ko`rsatilgan
vazifa bilan bir qatorda ta`minot bloki chiqish signalining quvvatini tashqi R
n
yuklanishni ulash uchun zarur sathgacha oshiradi va chiqish signalining berilgai
qiymatini shakllantiradi (0...5, 0...20 yoki 4...20 mA).
Ortiqcha bosimli mutlaq
bosimli va siyraklanish tenzorezistorli o`zgartkichlarda qarab chpqilganlarga
o`xshash, o`lchov bloklaridan foydalaniladi. Farqi shundaki, o`lchovchi o`zgartkich,
ob`ektga «plyusli kamera» bilan ulanadi, «minusli kamera» orqali esa atmosfera
bilan ulanadi. Mutlaq bosimni o`lchovchi o`zgartkichlarda minusli kamera
vakuumlangan.
Ortiqcha bosimni, siyraklashish va bosimlar farqini o`lchaydigan tenzorezistorli
o`lchovchi o`zgartkichlarning aniqlik sinflari 0,6; 1,0; 1,5. O`lchash oraliqlari:
ortiqcha bosimniki —0...10
-3
dan 0...60 MPa gacha; siyraklanish —1...0 dan —10...0
kPa gacha; mutlaq bosimniki 0...2,5 kPa dan 0...2,5 MPa gacha; bosimlar farqi 0...1
KPa dan 0...2,5 MPa gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: