J
fo*]
■♦иТУ.вИХКМ'Ь**-----
INTELLEKT - shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan
o zlashtirishini belgilaydigan tug'ma va o'zlashma barcha aqliy
qobiliyatlar to'plami.
INTELLEKTUAL INVESTITSIYALAR - mutaxassislarni tayyorlash, tajriba,
ilmiy tekshirish, litsenziya va nou-xau berish, mualliflik huquqi va
boshqalar.
INTELLEKTUAL MULK (AQLIY MULK) - ijodiy aqliy mehnat mahsuli. Fan,
adabiyot,san’atvaishlabchiqarishsohasidaijodiyfaoliyatningboshqa
turlari, asarlari, jumladan, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik
takliflari, sanoat namunalari, EHM uchun dasturlar, berilmalar
bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, savdo sirlari, tovar belgilari,
firma atamalari va boshqalar aqliy mulk obyektlariga kiradi.
INTENSIV IQTISODIY O'SISH - ishlab chiqarish jarayonini ishlab
chiqarish maydonlaridan, ish o'rinlaridan ishlab chiqarishni ikki,
uch smenali tashkil etish yoki ekin maydonlaridan ikki marotaba
hosil olish, hosildorlikni oshirishga aytiladi.
INTENSIV RTVOJLANISH YO'LI - intensiv, jadallik, tezlik bilan rivojlanish
yo ‘ li. Ishlab chiqarishga tobora samaraliroq ishlab chiqarish vositalari
va texnologik jarayonlarni qo'llash, mehnatni tashkil etishning
ilg'or usullari, fan-texnika jarayoni yutuqlaridan foydalanish asosida
rivojlantirish.
INTENSIV TAQSIMOT - tovar zaxiralari naqdligini iloji boricha son jihatdan
ko'proq savdo korxonalarida ta’minlash.
INTERMODAL MARKAZ - yuk tashishlar bo'yicha xalqaro kommunikatsiya
va logistika markazi.
INTERNET - hisoblash tarmoqlari tizimi bo'lib, o'zaro aloqa tarmoqlari
kanallarini birlashtirib, axborotlarni uzatadi. Axborotlarni jo'natish
tarmog'ida qayta ishlab ixchamlashtiradi va qabul qilish tarmog'ida
protokol shakliga aylantiradi. Internet-matn, grafik, audio va
video axborot ayirboshlash hamda hech qanday hududiy va milliy
chegaralarsiz jonli aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlovchi
global kommunikatsiya vositasidir.
INTERNET XIZMATLARI - internet tarmog'i abonentlariga amaliy
bayonnomalar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar
majmuyi: elektron pochta, fayllami qabul qilish va uzatish, veb-
hujjatlarni o'qish, muayyan masofadan turib bir vaqtning o'zidagi
mumkin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o'sishi natijasida mehnat
muloqot (chat), terminal orqali erkin foydalanish, tarmoqda
hujjatlarni saqlash, ishlash va h.k.
INTERVYU - intervyuerning respondent bilan bevosita, maqsadga muvofiq
suhbati orqali ma’lumot olish usulidir. Foydalanish darajasi va
olingan ma’lumotning ishonchliligi bo'yicha u eng asosiy usullardan
sanaladi.
INTIZOMIY JAVOBGARLIK - xizmat burchlarini buzish, suyiiste’mol
qilish natijasida kelib chiqadi.
INTIZOMIY TA’SIR - ular tashkiliy aloqalar muvozanatini intizomiy talablar va
mas’uliyatlar tizimi vositasida ushlab turishga mo'ljallangan.
INTROVERSIYA (intro - ichki) - shaxsning o'z shaxsiy manfaatlariga, ichki
olamiga diqqat-e’tibori qayd qilinishi bilan ajralib turadi.
INVENTAR KARTOCHKALAR - asosiy vositalar (fondlar) ning hisobi uchun
mo'ljallangan hisob registrining shakli. Inventar kartochkalar har
bir obyekt xo'jalikka keltirilganda tuziladi.
INVENTAR OBYEKTI - tugallangan qurilish, buyum yoki kompleks inventar
obyekti asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Har bir korxonada
inventar obyektlar ko'p bo'lib, ularning har biri bo'yicha hisobni
to'g'ri tashkil etish uchun inventar raqam belgilanadi.
INVENTAR RAQAM I - inventar obyektga biriktirilgan raqam. Inventar
raqami asosiy vositalar (fondlar) hisobini to'g'ri tashkil etish va
obyektlarning saqlanishini ta'minlash uchun zarur hisoblanadi. Bir
turdagi buyumlarning guruhi uchun shu obyektlarning haqiqiy
holati, eng ko'p qiymatini hisobga olgan holda, raqamlar seriyasi
ajratiladi. Buxgalteriya hujjatlarida asosiy vositalar hisobida ushbu
inventar raqamlar ko'rsatiladi.
INVENTARIZATSIYA - natura shaklidagi mavjud mablag'lar haqiqiysining
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga to'g'ri kelishini, majburiyatlar
hisobda to'g'ri aks ettirilishini tekshirish usuli. Ubuxgalteriya hisobi
ko'rsatkichlari ishonchliligi va korxona mulki butligini ta’minlaydi.
Xo'jalik yurituvchi subyekt, shu jumladan, asosiy faoliyati budjet
mablag'larihisobigamoliyalanadigantashkilottomonidanmol-mulk
hamda moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va uning
natijalarini rasmiylashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasining
19-Buxgalteriya hisobi milliy standarti ‘‘Inventarizatsiya qilishni
tashkil etish va o'tkazish” bilan tartibga solinadi. Rejali va rejadan
tashqariinventarizatsiyahambo' lishimumkin. Rejaliinventarizatsiya
yo'riqnomalarda ko'rsatilgan muddatlarda o'tkaziladi, rejadan
tashqarisi zaruriyat tug'ilishiga qarab, odatda, to'satdan o'tkaziladi.
—
—
169
—
—
Inventarizatsiyani to‘g‘ri va o'z vaqtida o'tkazish mas’uliyati
korxona rahbari va bosh (katta) buxgalteriga yuklatiladi. Korxona
rahbarining buyrug'iga binoan, korxona xodimlari safidan ishchi
inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi va unda bosh (katta)
buxgalter qatnashadi. Komissiyasini korxona rahbari yoki uning
yordamchisi boshqaradi. Inventarizatsiya, albatta, moddiy javobgar
shaxslar ishtirokida o'tkaziladi.
INVESTITSION
SIYOSAT
-
kapital
qo'yilmalarning
eng
ustivor
yo'nalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish,
sarflangan har bir so'mga mahsulot o'sishi va milliy daromadning
eng yuqori ko'rsatkichlariga erishish.
INVESTIT SIYA (nem. investitlion, lot. Investere - kiyintirmoq) - investor
tomonidan biror-bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital
mablag'lar, sarmoyalarni joriy qilish va foyda olish maqsadida sarf
qilish. Investitsiya mamlakat ichida (ichki investitsiya) va xorijiy
mamlakatlarda (tashqi investitsiya) amalga oshirilishi mumkin.
Moliya investitsiyasi - qimmatbaho qog'ozlami xarid qilish, pul
mablag'larini jamg‘arish va boshqalarni, real investitsiya - moddiy
ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi.
INVESTITSION HAMKORLIK - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir
ko'rinishi bo'lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat
taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish
orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga
erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabilarni
maqsad qilgan.
INVESTITSION KREDITLAR - ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya
qilish, yangi bino va inshootlar qurish uchun zarur bo'lgan vositalar
hamda qimmatli qog'ozlar sotib olish maqsadida olingan uzoq
muddatli kreditlar.
INVESTITSION LOYIHA
-
ma’lum
ijtimoiy-iqtisodiy
maqsadlarga
yo'naltirilgan, texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va
ishlab chiqarish rejalari kabi aspektlar asoslangan, turli moliyaviy
manbalar mablag'lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks hujjatlar
yig'indisi hisoblanadi.
INVESTITSION LOYIHA DASTURI - O'zbekiston Respublikasida qabul
qilingan qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan
zaruriy hujjatlarni hisobga olgan holda kapital qo'yilmalar hajmi va
amalga oshirish muddatining maqsadga muvofiqligini asoslovchi
170
—
va investitsiyalarni (biznes-reja) amalga oshirish bo'yicha amaliy
faoliyat dasturi.
INVESTITSION LOYIHANI OQLASH MUDDATI - joriy foydalar
yig'indisi investitsiya qiymatiga tengbo'lishini
ta’m inlovchi
minimal
vaqt oralig'i.
INVESTITSION MUHIT - muayyan mamlakat (yoki hudud)ga investitsiyalar
kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan,
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar
mavjudligining ijobiy yoki salbiy tomonlarini anglatadi.
INVESTITSION
SIYOSAT
-
kapital
qo'yilmalarning
eng
ustivor
yo'nalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish,
sarflangan har bir so'mga mahsulot o'sishi va milliy daromadning
eng yuqori ко‘rsatkich 1 ariga erishish.
INVESTITSION SOLIQ, KREDITI - soliq majburiyati bo'yicha to'lash
muddatini o'zgartirish imkoniyati beriladi. Agarda soliq to'lovchida
belgilangan tartibdagi asos bo'lsa, u holda soliq to'lovlarini
kamaytirilgan holda ma’lum bir vaqt ichida bosqichma-bosqich
to'lash mumkin bo'ladi.
INVESTITSIYA AKTIVLARI - qimmatli qog'ozlar, pul mablag'lari va qonun
hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan
boshqa mol-mulk.
INVESTITSIYA BANKLARI - iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xalq
xo'jaligining turli sohalarini moliyalash uchun uzoq muddatli qarz
berishga asoslangan banklar.
INVESTITSIYA DASTURI - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy,
moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo'li
bilan respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy
o'zgartirishning asosiy ustuvorliklari hamda strategik vazifalarini
amalga oshirishga yo'naltirilgan bir-biri bilan o'zaro bog'langan
chora-tabdirlar kompleksi.
INVESTITSIYA FAOLIYATI
-
investitsiya
faoliyati
subyektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan harakatlari
majmuasi tushuniladi.
INVESTITSIYA FAOLIYATI ISHTIROKCHILARI - buyurtmachilar,
pudratchilar, yetkazib beruvchilar, banklar, sug'urta kompaniyalari,
loyihalovchilar,
vositachilar,
ilmiy-maslahat
firmalari,
o'z
mamlakatidagi qonunchilikka ko'ra investitsiyaviy mulk egalari
1 7 1 ■
гаюыая*»-—
(tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida
qatnasha oluvchi xorijiy tashkilotlar.
INVESTITSIYA FONDLARI - faoliyatini o'z aksiyalarini chiqarib, aholi
o'rtasida tarqatishyo'libilanmablag'laryig'ib,keyino'zmablag'larini
maxsus davlat kreditlariga, davlat xazinamajburiyatlariga investitsiya
qiluvchi va qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlarini bajaruvchi
ochiq turdagi aksioner jamiyatdir.
INVESTITSIYA INSTITUTLARI - qimmatli qog'ozlar bilan o'z faoliyatini
asosiy faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog'ozlar
bozorining professional ishtirokchilari.
INVESTITSIYA JARAYONI - pul taklif qiluvchilar (vaqtincha bo'sh
mablag'larga ega bo'lganlar)ni pul talab qilayotganlar (ularga
ehtiyoj sezayotganlar) bilan uchrashtirish mexanizmi.
INVESTITSIYA
JARAYONI
ISHTIROKCHILARI
-
investitsiya
jarayonining bosh ishtirokchilari - davlat, kompaniyalar va xususiy
shaxslar bo'lib, ularning har biri investitsiya jarayonida talab
tomonida yoki taklif tomonida turib ishtirok etishi mumkin.
INVESTITSIYA KOMPANIYASI - qimmatli qog'ozlarni chiqarish, qimmatli
qog'ozlarga mablag'lar sarflash, qimmatli qog'ozlarni o'z nomidan
va o'zi hisobidan olish-sotish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik
shaxs.
INVESTITSIYA KOMPLEKSI - investitsiya faoliyatini taminlovchi tashkilotlar,
korxonalar va firmalar majmuasi.
INVESTITSIYA LAGI - investitsiyalarni amalga oshirish va ularning o'z
xarajatlarini o'zi qoplashi o'rtasidagi vaqt uzilishi. Barcha ishlab
chiqarish kapital mablag'larning (shu jumladan uskunalarga
sarflarning) oborotini, ishlab chiqarish obyekti ko'rilishining
o'rtacha muddatini xarakterlaydigan ko'rilish lagi, ishga tushirilgan
obyektning loyiha quwatiga erishishi uchun zarur bo'Igan o'rtacha
muddatni xarakterlaydigan o'zlashtirish lagini o'z ichiga oladi.
INVESTITSIYA LOYIHASI - investitsiyaning yo'naltirilgan maqsadini
amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy
hujjatlashtirish jarayonini, obyektlarni barpo etish va ishga tushirish
jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini,
shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va chora-tadbirlarni o'zida
mujassamlashtiruvchi tizim.
INVESTITSIYA MASLAHATCHISI - maslahat faoliyati bilan shug'ullanuvchi
investitsiya instituti.
INVESTITSIYA MUKOFOTI - investitsiyalash jarayoni bir tekis ketishi uchun
pul yetkazib beruvchilar mukofot olishi, pul xaridorlari esa ushbu
172
mukofotni ta’minlashlari lozim. Mukofot miqyosi va shakli qimmatli
qog'ozlar bilan bitishuvlaming xilma-xilligiga bog'liq.
INVESTITSIYA OBYEKTI - mablag'lar, ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan
obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi
korxonalar, qimmatli qog'ozlar, bank depozitlari bo'lishi mumkin.
INVESTITSIYA RESURSLARI - investitsion faoliyatni amalga oshirishda
ishtirok etadigan har xil ko'rinishdagi mablag'lar.
INVESTITSIYA SEKTORI - vazifalariga istiqbolli sohalarga investitsiya kiritish,
investitsion faoliyatning samaradorligini monitoring qilish va
rivojlanish rejalarini ishlab chiqish kiradi.
INVESTITSIYA SUBSIDIYALARI - davlat budjeti hisobidan rezident va
norezident birliklarga asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun
sarf qilingan xarajatlar dan, bepul berilgan natura holidagi kapital
transfert (mashinalar, uskunalar, binolar, inshootlar va boshqalar)
lardan iborat.
INVESTITSIYA SUBYEKTLARI - investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi
mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo'lgan jismoniy, huquqiy
shaxslar va davlat.
INVESTITSIYA TALABI - korxonalar tomonidan investitsiyaga bo'lgan talab
yagona emas, ammo zayom mablag1 lariga bo'lgan talab pirovard
talabning asosiy omili hisoblanadi.
INVESTITSIYACHI - investitsiyani amalga oshiruvchi mablag' egasi.
INVESTITSIYALARGA
BO'LGAN
MOYILLIK
-
investitsiya
xarajatlarining daromaddagi hissasi.
INVESTITSIYALARNI
KAFOLATLASH
BO'YICHA
K O 'P
TOMONLAMA AGENTLIK - 1998-yilda rivojlanayotgan
mamlakatlarda xususiy investorlarga ko'maklashish uchun tuzilgan,
bundan maqsad investorlarni notijoriy xatarlardan himoya qilishdir.
INVESTITSIYALASH - maxsus tanlangan moliyaviy qurollarga pul qiymatini
ko'paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish
jarayoni.
INVESTITSIYALASHDA XARAJATLAR KETMA-KETLIGI - amalda
investitsiyalashga xilma-xil yondashuvlardan foydalaniladi. Ulardan
biri aniq maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan xarajatlarni chuqur
rejalashtirishdan iborat.
INVESTITSIYALASHNING IJODIY AHAMIYATI - xususiy shaxslar
pullarni yetkazib beruvchilar bo'lib hisoblanar ekan, davlat va
kompaniyalar ularning sof xaridorlaridir. Investitsiyalash jarayoni
juda salmoqli natijalarga ega.
171
—
—
INVESTITSIYANI ICHKI OQLASH NORMASI - investitsion loyiha
samaradorligi ko'rsatkichi. Investitsiya (minus bilan olingan)
qiymati bilan kelajakda olinadigan sof foydaning diskontirlangan
qiymati yig'indisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi.
INVESTITSION KREDITLAR - ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya
qilish, yangi bino va inshootlar qurish uchun zarur bo'lgan vositalarni
sotib olish maqsadida olingan kreditlar.
INVESTITSION SOLIQ, KREDITI - soliq majburiyati bo'yicha to'lash
muddatini o'zgartirish imkoniyati beriladi. Agarda soliq to'lovchida
belgilangan tartibdagi asos bo'lsa, u holda soliq to'lovlarini
kamaytirilgan holda ma’lum bir vaqt ichida bosqichma-bosqich
to'lash mumkin bo'ladi.
INVESTOR - 1. Qimmatbaho qog'ozlar, masalan, aksiyalarni sotib olish orqali
ma’lum sohani moliyalashtirishga o'z ulushini qo'yuvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs. 2. Investitsion faoliyat subyekti bo'lib, u o'zining
ma’lum mablag'larini investitsiyalar shaklida ulardan maqsadli
foydalanishi uchun joylashtiradi. Investor qaror qabul qiluvchi va
o'zining shaxsiy, qarzga olingan mablag'lari va boshqa jalb qilingan
mulkiy va madaniy boyliklarini investitsion loyihaga kirituvchi
jismoniy va yuridik shaxsdir. U omonatchi va qarz beruvchi rolida
chiqishi mumkin bo'lib, amalga oshiruvchi investitsiyalarning
yo'nalishi va samarasini erkin holda aniqlaydi. Investor qarori bilan
investitsiyalarga egalik qilish, ishlatish, foydalanish huquqi jismoniy
va yuridik shaxslarga qonunda ko'rsatilgan tartibda berilishi
mumkin. Odatda, investorlar kapital qo'yilmalar sarflanadigan
sohalarni aniqlaydi, kontrakt va shartnomalar shartlarini ishlab
chiqadi va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor,
hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu
mahsulot iste’molchilari bilan hisob-kitoblami amalga oshiradi.
INVESTORLAR TIPI - ikki tipdagi investorlar bor: ular institutsional va yakka
investorlar.
INVOIS - schyot-faktura (q).
INVESTITSIYA - milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xo'jalik, transport va
boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli kapital qo'yilmalar. Investitsiya,
asosan, aksionerlik jamiyatining aksiyalari va obligatsiyalarini sotib
olish tarzida amalga oshiriladi. Investitsiya bu biron-bir tadbirga,
ishga oddiy kapital qo'yish emas, balki uzoq muddatli mablag'
qo'yishdir. Aktivlarni investitsiyalarga kiritish tartibi 12-son
“Moliyaviy Investitsiyalar hisobi”, 8-son “Konsolidatsiyalashtirilgan
—
•w’T y s s n a x a j'г ь » — —
J 74
...
moliyaviy hisobotlar va avlod xo'jalik jamiyatlariga Investitsiyalar
hisobi”, 14-son “Moliyaviy hisobotda qo'shma faoliyatda qatnashish
ulushini aks ettirish” nomli Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari (BHMS) asosida amalga oshiriladi.
INVESTITSIYA DASTURI - ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida
mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq
muddatli kapital kiritish uchun ishlab chiqilgan dastur.
INVESTITSIYA FAOLIYATI - investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan
bog'liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga
oshiriladi.
INVESTITSIYA FAOLIYATI ISHTIROKCHILARI - buyurtmachilar,
pudratchilar, yetkazib beruvchilar, banklar, sug'urta kompaniyalari,
loyihalovchilar,
vositachilar,
ilmiy-maslahat
firmalari,
o'z
mamlakatidagi qonunchilikka ko'ra investitsiyaviy mulk egalari
(tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida
qatnasha oluvchi xorijiy tashkilotlar.
INVESTITSIYA KOMPLEKSI - investitsiya faoliyatini ta’minlovchi tashkilotlar,
korxonalar va firmalar majmuasi.
INVESTITSIYA MUHITI - investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy
omillar majmuyi.
INVESTITSION KREDITLAR - ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va
texnologikjihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya
qilish, yangi bino va inshootlar qurish uchun zarur bo'lgan vositalar
hamda qimmatli qog'ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq
muddatli kreditlar.
INVESTITSION SIYOSAT - savdo menejmenti umumiy strategiyasining
bir qismi bo'lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni
kengaytirishning eng samarali yo'llarini tiklashni nazarda tutadi.
INVESTITSIYA - korxonaning o'zi amalga oshirgan quyidagi: - yangi
qurilish shaklidagi kapital qurilish, ishlab turgan korxonalarni
rekonstruksiyalash,kengaytirishvatexnikaviy qayta qurollantirishga
sarflangan mablag'lar; - imoratlar, inshootlar, asbob-uskunalar,
transport vositalari (ularning qismlar)ni ishlab chiqarish maqsadida
sotib olishga sarflangan mablag'lar kiradi.
INVESTITSIYA AKTIVLARI - qimmatli qog'ozlar, pul mablag'lari va qonun
hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan
boshqa mol-mulk.
INVESTITSIYA FAOLIYATI - investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan
bog'liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga
oshiriladi.
INVESTOR - xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni
sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati subyektlari.
Investorlar obyektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish,
foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo'ladi. Investorlar
kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya
faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari
mumkin. Odatda, investorlar kapital qo'yilmalar sarflanadigan
sohalarni aniqlaydi, kontrakt va shartnomalar shartlarini ishlab
chiqadi va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor,
hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu
mahsulot iste’molchilaribilanhisob-kitoblarni amalga oshiradi.
IOGANN GENRIX FON TYUNEN (1783-1850) - nemis olimi, ekono-
metrikada matematik modellashtirish bo'yicha yirik mutaxassis.
IPOTEKA (yunon. Hypotheke - garov) - qarz, kredit olish uchun biror-bir
muayyan ko'chmas mulk (yer, imorat va hokazo) ni garovga qo'yish.
Bunda garovga qo'yilgan mulk qarz oluvchining tasarrufida qoladi.
IPOTEKA KREDITI - joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha
yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi
ostida beriladigan uzoq muddatli kredit. Ipoteka kreditlari tijorat
banklari tomonidan qaytarishlik, to'lovlilik, taminlanganlik va
muddatlilik shartlarida beriladi.
IQTISOD (yunoncha - uy xo'jaligini yuritish sanati) - fan, tovarlarni ishlab
chiqarish va ayirboshlash xususida insonlarning xo'jalik faoliyatini
o'rganadi. Ushbu atama birinchi marta Arastu tomonidan
qo'llanilgan (
Do'stlaringiz bilan baham: |