A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/245
Sana08.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#757234
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   245
Bog'liq
A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a

7.2. 0 ‘zbck tilidagi manbalar
7.2.1. «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk va mo‘g ‘ul»
“ Shajarayi tarokim a” va “ Shajarayi turk va m o 'g 'u l” asarlarini yaratgan 
Abulg'ozi Bahodirxon Xiva xoni (1643—1663-yy.) va tarixchi olim sifatida 
mashhurdir. U 1603-yil 23-avgustda Urganchda tug'ilgan va 1619-yilgacha 
ana shu shaharda istiqom at qilgan. S o 'n g ra inilari H abash va Ilbors 
bilan toj-u taxt uchun b o 'lg an kurashda m ag'lubiyatga uchrab, Buxoroga 
qochib bordi va Im om qulixon (1 6 1 1-1642-yy.) saroyida p anoh topdi. 
Akasi Isfandiyor 1623-yili xon bo'lgach , yana Xorazm ga qaytib bordi va 
Urganchga hokim etib tayinlandi. Lekin, 1627-yili Isfandiyorxonning 
o'zi bilan bo'lgan kurashda m ag'lubiyatga uchradi. Bu safar Abulg'ozixon 
Turkistonga qochib bordi va qozoq xonlaridan Ishim xon (1 5 9 8 -1 6 2 8 - 
УУ ) huzurida panoh topdi. O radan bir yil cham asi vaqt o 'tg ach , 1628- 
yili, yana bir qozoq xoni — T ursunxon uni Toshkentga olib keldi va 
Abulg'ozixon T oshkentda 1630-yil oxirigacha istiqom at qildi.
Oradan k o 'p vaqt o 'tm a y , A bulg'ozixon Xiva turkm anlarining taklifi 
bilan yana Xorazm ga qaytib bordi, lekin oradan olti oy o 'ta r o 'tm a s, 
Isfandiyorxon uni N iso va D arunga bosqinchilik yurishi uyushtiiganlikda
223


ayblab hibsga oldi va Eronga, shoh Safi’ 1 (1629—1642-yy.) huzuriga 
o m o n a t1 tariqasida berib yubordi. A bulg'ozixon o 'sh a n d a lsfahondagi 
Taborak q a l’asiga qam ab qo'yildi va shu tarzda Eronda 10 yil atrofida 
kun kechirdi. 1639-yili Abulg'ozi qam oqdan qochdi va k o 'p m ashaqqatlar 
chekib, 1642-yili o na yurtiga qaytib keldi. 1643-yili, Isfandiyorxon 
vafotidan bir yil o 'tgach, Orol o'zbeklari uni xon qilib ko'tardilar. O 'sh a 
yili Abulg'ozixon Xivadagi raqiblari ustidan ham g'alaba qozondi va 
Xiva taxtiga o'tirdi.
A bulg'ozixon keng m a ’lum otli b o 'lish i bilan b ir q a to rd a , feodal 
hukm dor ham edi. U o 'z faoliyati bilan ana shu doiralar m anfaatlarini 
him oya qildi.
A bulg'ozixon 1663-yili toj-u taxtni o 'g 'li Anusha (1663—1687-yy.)ga 
qoldirib, um rining oxirini butunlay ilmiy ishga bag'ishlaydi. U 1664-yili 
vafot etgan.
“ Shajarayi ta ro k im a ” tu rk m a n xalqi va T u rk m an isto n n in g o 'r ta
asrlardagi tarixini o'rganishda bosh m anba bo'lib xizmat qiladi.
“ Shajarayi turk va m o 'g 'u l” 1664-yili yozilgan, lekin Abulg'ozixonning 
og'ir dardga chalanib qolishi va tez orada vafot etishi sababli tam om lanm ay 
qolgan. A sar IX bobining davom i, y a’ni 1644-16 63-y illar voqealari 
A nushaxonningtopshirig'i bilan M ahm ud ibn mulla M uham m ad Urganjiy 
degan olim to m o n id an yozilgan. A sam ing I—IV boblari ham o 'sh a
M ahm ud ibn M uham m ad Urganjiyning qalam iga m ansubdir.
“Shajarayi turk va m o 'g 'u l” asari qisqacha m uqaddim a va 9 bobdan 
iborat. M uqaddim ada, asosan asam ing yozilish sabablari haqida gap 
b o ra d i. I b o b d a O d a m A to d a n to M o 'g 'u lx o n g a c h a , II b o b d a
M o'g'ulxondan Chingizxongacha, HI bobda C hingizxonningtug'ulishidan 
to v afo tig ach a, IV bobda O 'g a d ay q o o n va uning M o 'g 'u lis to n d a
h u k m r o n l ik q ilg a n a v lo d i, V b o b d a C h i g 'a t o y x o n va u n in g
M ovarounnahrda podshohlik qilgan vorislari, VI bobda Elxoniylar, ya’ni 
E ronda hukm ronlik qilgan Chingiz avlodi, V I1 bobda Jo'jixon va uning 
Dashti qipchoqda podshohlik qilgan avlodi, VIII bobda Shayboniyxon 
va uning M ovarounnahr, Q ozog'iston, Sibir va Qrim da hukm ronlik qilgan 
fa rzan d lari va, n ih o y at, IX b o b d a S h ay b o n iy x o n n in g 1511-yildan 
X orazm da podshohlik qilgan avlodi bilan bog'liq voqealar bayon etilgan.
A sam ing I—VIII boblari um um lashtim vchi xarakterga ega bo'lib, 
R ash id u d d in n in g “Jo m e u t-ta v o rix ” , S h ara fu d d in Ali Y azd iyn ing
1 O m onat — tobclik alomati. O 'rta asr an'analariga ko'ra, tobclikni qabul qilgan hukm dom ing 
saroyiga farzandlari yoki yaqin qarindoshlaridan birini garov tariqasida yuborgan. Bu yerda 
shunga ishor.it.



Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish