dardchil, izchil, xalqchil, epchil
va h.k.
– simon
affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur model hozirgi o‘zbek tili zoologiya hamda
biologiya terminlari tizimida o‘xshashlik, bir xillik ma’nosini
ifodalovchi nisbatan salmoqli miqdordagi leksemalarni hosil
qilishda o‘z ifodasini topgan
. –simon
affiksli sifat-terminlar ma’no
jihatidan rus tilidagi ikkinchi komponenti «...podobniy»,
«…obrazniy», «vidniy» elementlaridan tashkil topgan qo‘shma
sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik tizmlarda ham faol
ishlatilishi bilan ajralib turadi
: ivasasimon (
kit),
tumshuqsimon,
zanjirsimon
(biol.),
odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon,
krotsimon
(ko‘rsichqonlar),
o‘rgimchaksimon, maymunsimon,
tatinsimon
(masalan, burunduqlar, olasichqonlar),
mushuksimon,
itsimon, bug‘usimon
. Ba’zan tibbiyot, kimyo va anatomiyaga doir
tushunchalarni ifodalashda qatnashadi:
bargsimon
(tib. barg),
gazsimon, qalqonsimon
( anat. bez),
ipsimon, kipriksimon
va h.k.
– aro
so‘z - affiksli so‘z yasovchi model
Asl turkiy –aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu
sermahsul model ilmiy va texnikaviy sohaga xos terminlarni
yasashda faol ishtirok etadi: :
xalqaro, qit’alararo, planetalararo,
fanlararo,
korxonalararo,
millatlararo,
xo‘jaliklararo,
hujayralararo
(biol. hujayra ),
qobirg‘alararo
(tib. qobirg‘a),
turlararo (biol.tur ),
zonalararo, banklararo
(iqt.) va h.k.
be-
prefiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi jihatidan fors - tojik tiliga xos
be-
prefiksli
ushbu kammahsul model asosdan anglashilgan sifat, fazilatning
mavjud emasligi, yo‘qligini ifodalaydi:
betaraf, bevosita
(harb.
vosita ),
begunoh, bexatar, bevatan
va h.k.
no-
prefiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o‘zbek adabiy tiliga kirib
kelgan
no-
old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida
inkor ma’nosini bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi:
nomahfiy,
noqonuniy, noma’lum
(harb. ma’lum),
nodavlat, notijorat, noaniq
(lingv. aniq
), nochiziqli, norasmiy, nostandart, nokontakt,
nobiologik, nokristallilik
va h.k.
ser-
prefiksli so‘z yasovchi model
73
Forscha – tojikcha ser – prefiksli bu mahsuldor model ot
so‘z turkumli so‘zlardan asosda voqelangan mo‘l-ko‘llik ma’nosini
ifodalovchi sifat-terminlarni yuzaga chiqaradi
: sersuv, sergo‘sht,
seryomg‘ir, serildiz, serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum
va h.k.
Ser –
prefiksli modelning nafaqat sof o‘zbekcha (turkcha)
shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal
leksik birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash
kerak bo‘ladi-
serdaromad, sermahsul
va h.k.
kam
- prefiksoidli so‘z yasovchi model
Kam-
o‘zbek tili grammatikasiga tegishli ba’zi bir
asarlarda qo‘shma sifatlarning birinchi komponenti tarzida
baholansa, boshqa birlarida esa prefiksoid sifatida belgilanadi.
Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol
hisoblanuvchi
kam-
prefiksoidi qatnashgan model boshlang‘ich
asosdan anglashilgan miqdorning ozligi ma’nosini ifodalovchi
sifat-terminlarni yasaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |