Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Yan Amos Komenskiyning ijtimoy pedagogik faoliyati



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

13.1. Yan Amos Komenskiyning ijtimoy pedagogik faoliyati
Buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 1592 yil mart oyida 
Chexoslovakiyaning Ugorskiy Brod degan joyida tegirmonchi oilasida 
tug‘iladi. Uning oilasi ruhoniy “Chex qardoshlari” jamoasiga tegishli 
bo‘lib, o‘zlarini Yan Tusning davomchisi deb hisoblar edilar. Yan Tus 
katolik cherkoviga qarshi chiqqanligi uchun uni gulhanda yoqib 
o‘ldiradilar. Shuning uchun bu jamoa uning g‘oyasini amalga oshirishni 
maqsad qilib oladi. Ularning maqsadi demokratik g‘oyani ilgari surib, 
Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga 
yig‘ishdan iborat edi. 
Komenskiy ota-onasidan juda yosh etim bo‘lib qoladi. Shuning 
uchun u 16 yoshgacha o‘qiy olmaydi. 16 yoshida “Chex qardoshlari” 
jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o‘qishga kiradi. Bu erda u 
tarbiya tizimining yomonligini, o‘qitish uslublarining yaxshi emasligini 
ko‘radi. U “Men o‘sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimiz 
orqada ekanligini ko‘rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli bo‘lishini 
o‘yladim» - degan edi. Komenskiy maktabni tugatgach Gerbern 
 


248 
universitetiga (Germaniya)da o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg 
universitetida ma’ruza kurslarini tinglaydi. U erda ilg‘or professorlar 
ishlar edilar. 
U Avstriya, Gollandiyada bo‘lib, u erdagi iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy turmush bilan tanishadi, o‘rganadi va o‘zining ilmiy 
dunyoqarashini kengaytiradi. U xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgach, 
chex qardoshlari jamoasida ruhoniy bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga 
maktab ochib, o‘zi unga rahbarlik qiladi. 
13.2. Komenskiyning ta’lim-tarbiyaga oid 
asarlari va darsliklari
O’sha davrda urush alohida knyazliklar orasida tez-tez bo‘lib turar 
edi. Chex qardoshlari jamoasi o‘zining mustaqilligi uchun nemis 
dvoryanlari tomonidan haydaladi. Haydalish natijasida Komenskiy 
xotini va bolasidan judo bo‘ladi. Qo‘lyozmalari esa yo‘qoladi. Jamoa 
Polshaning Leshko shahrida yana tiklanadi. Komenskiy u erda 
gimnaziya tashkil etadi. U o‘zining qariyb 80 yillik umri davomida xalq 
ta’limining turli masalalariga bag‘ishlangan asarlar, darsliklar yaratadi. 
Masalan: 1631 yil “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi”, 1632 yilda 
“Buyuk didaktika”, 1632 yilda maktabgacha tarbiya masalalariga 
bag‘ishlab, “Ona maktabi”, 1648 yilda “Hislar vositasi bilan idrok 
qilinadigan narsalarning suratlari” nomli asarlar, shuningdek Pan Sofiya, 
logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi dasrliklar yozadi. Pan Sofiya 
darsligida u tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini ifodalab beradi. 
Tanqli pedagog olim S.Rajabov Komenskiyning faoliyatiga baho 
berib, u faqat “Buyuk didaktika” asarini o‘zini yozib qoldirganda ham 
pedagogikada o‘lmas iz qoldirgan bo‘lur edi, deb ta’kidlaydi. 
Komenskiy yuqoridagi asarlari bilan butun dunyoga taniladi, ko‘p 
mamlakatlar uni taklif eta boshlaydilar. Masalan: “Buyuk didaktika” 
asarida ilgari surgan “Pan Sofiya” g‘oyasini (ya’ni hamma narsani bilish 
hamma uchun bilim berish) Angliyaning ilg‘or kishilari tomonidan 
quvvatlanib, parlamenti tomonidan Angliyaga taklif qilinadi. 
 


249 
U 1641 yil Angliyaga keladi, lekin u erda grajdanlar urushi 
boshlanib ketganligi sababli Komenskiy faoliyat ko‘rsata olmaydi. U 
Shvetsiyada lotin tili darsligini va til o‘kitish uslublarini ishlab chiqadi. 
Komenskiy o‘z vatanini juda sevadi, uning mustaqilligi uchun 
kurash olib boradi. U o‘zining ko‘p asarlarida o‘z xalqining tilini 
saqashga, sevishga undaydi. 
Xo‘sh, Komenskiyning dunyoqarashi nimadan iborat edi? 
Komenskiy dunyoqarashida 3 xususiyatni ta’sirini ko‘ramiz: 
1. Natural falsafaga asoslanishi (ya’ni XVI-XVII asrda yashagan 
ingliz faylasufi Bekon nazariyasiga asoslanishi). U Bekonning 
sensualistik falsafa nazariyasini ravojlantiradi. Komenskiy ham o‘qitish 
jarayoniga shu nuqtai nazardan qarab, bilim sezishdan boshlanadi, sezish 
bo‘lmagan erda bilim ham yo‘q deydi. 
2. Talim va tarbiyani diniy talimot bilan qo‘shib olib borish. 
Uyg‘onish davri ta’sirida vujudga kelgan tarbiyani takomillashtirish 
(yani odamlarga nisbatan muhabbat, odamlarning yaxshilik yaratishga 
ishonch bilan qarashi). 
3. Komenskiyning o‘z dunyoqarashida tashqi ob’ektiv dunyoni 
hukm surishiga ishonadi, dunyo qarama-qarshiliklardan iborat 
ekanligiga, qotib qolgan emasligiga, u o‘sishda, o‘sish esa o‘z 
qonuniyatiga, ya’ni xudoga tegishli ekanligiga ishonadi. 
Borliq dunyoni sezish organlari orqali bilamiz. Agar aql ojizlik 
qilsa, xudoga yolvorish kerak deydi. 
Komenskiyning 
dunyoqarashida 
stixiyali 
materializm 
va 
realizmning ba’zi belgilari bilan dindorlik g‘oyalarini bog‘lanib 
ketganligini ko‘ramiz. Bu uning pedagogik nazariyasida ham o‘z aksini 
topadi. U bir tomondan tabiiy bilimlarini egallashga undasa, ikkinchi 
tomondan dinni o‘rganishga, diniy axloqni yoqlashga undaydi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish