Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 
 
 


236 
XII bo‘lim. JAHONDA PEDAGOGIKA FANINING 
RIVOJLANISHI 
Reja: 
1. Qadimgi Sparta va Afina davlatlarida ta’lim-tarbiya va maktab. 
2. Qadimgi Yunon faylasuf olimlari (Suqrot, Platon, Arastu, Demokrit)ning 
ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari. 
3. G’arbiy Evropada maktab, maorif va pedagogik fikrlar. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Lakoniya, Attika, grammatist, kifarist, polestra, 
gimnasiy, Efeb, demos, “Evristik” suhbat, cherkov, gildiya, prixod, monastir 
maktablari, O’rta asr universitetlari. 
12.1. Qadimgi Sparta va Afina davlatlarida 
ta’lim-tarbiya va maktab
Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, qadimiy Sharqda ibtidoiy 
jamoa tuzumi emirilib, uning o‘rniga yangi quldorlik tuzumining paydo 
bo‘lishi moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solinishiga zamin 
yaratdi. Ayniqsa qadimiy Yunoniston (Gretsiya) xalqlari bu madaniyatni 
ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon 
madaniyatiga, maorifiga ulkan hissa qo‘shganlar. Masalan: Xitoyda 
birinchi marta qog‘oz ixtiro qilingan. Hindistonda hisoblashning o‘nlik 
tizimi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa er qurrasini graduslarga, 
sutkani soatlar, minutlar va diqiqalarga bo‘lish o‘ylab topilgan. 
Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoning janubiy 
chekkasiga yaqin bo‘lgan joylarda O’rta dengiz bilan Hindistonni 
birlashtiruvchi karvon yo‘li qurilgan. So‘ngra Markaziy Osiyo orqali 
Xitoydan O’rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li” ochilgan. Natijada 
Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Bu esa o‘z 
navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. Bizga ma’lumki, quldorlik formatsiyasi davrida 
qadimiy Sharq mamlakatlari orasida, ayniqsa Yunonistonda madaniyat, 
tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga 
 


237 
nisbatan juda erta paydo bo‘lgan va rivojlangan. Yunoniston unchalik 
katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning katta 
shaharlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) 
bo‘lib, bu shaharlar madaniyat markazi hisoblangan. 
Bu ikki shaharda tarbiyaning o‘ziga xos tizimi vujudga keldiki, 
natijada bu tarbiya tizimi “Sparta” va “Afina” usulidagi tarbiya deb 
yuritiladigan bo‘ldi. Lekin bu ikki shaharning iqtisodiy, siyosiy 
taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha edi. Shuning uchun ular bir-
biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik 
tuzumi hukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda 
ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko‘zlar edi. 
Yunonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. 
Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. Spartada 
dehqonchilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu qullar mehnati evaziga 
asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. Shu 
sababli ular tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy maqsad bolalarni 
baquvvat, jismonan sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib 
tarbiyalashdan iborat edi. 
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so‘ng 
“Agella” deb atalgan maktabda o‘qishgan. O’qish muddati 7-18 
yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi 
“pedanom” butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. Tarbiya jarayonida 
bu maktabda o‘smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan 
sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: 
sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og‘riqqa bardosh berishga 
o‘rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastik 
mashqlari: yugurish, sakrash, nayza otish, qo‘l bilan jang qilish, musiqa 
darsi, qisqa so‘zlashuv, madaniyat darsi, surdo darsi tashkil etilar edi. 
Qadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o‘ziga xos 
ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy 
tomondan ham barkamol bo‘lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, 


238 
ashula va diniy raqslar ham o‘rgatilgan. Bu mashg‘ulotlarning mazmuni 
jangovar hamda harbiy tusda bo‘lgan. 
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim 
tomonlaridan biri yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan 
qilib 
tarbiyalashdan 
iborat 
bo‘lgan. Shu maqsadda yoshlar 
“Kreptiyalar”da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar 
edi. Ular shubhali bo‘lib ko‘ringan qullarni o‘ldirar edilar. 
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus 
suhbatlar o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar 
edilar. Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar 
ko‘rsatgan mardligi va jasurligi, qahramonlar haqida suhbatlar 
uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa 
va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilar edi. 
Spartada 18-20 yoshga etgandan keyin maxsus “Efeblar” (Efeblar 
qadimgi 
Yunonistonda 
balog‘atga etgan o‘spirinlar) guruhiga 
o‘kazilgan. Bu guruhda bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy 
xizmatni o‘taganlar. 
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O’g‘il 
bolalar bilan qizlar birga qo‘shib o‘qitilgan. Ular ham harbiy va 
jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad 
erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyini 
qo‘riqlash, qurollanib qo‘riqchilik vazifasini o‘tashi, qullarni itoat 
saqlashini ta’minlashi ko‘zda tutilgan, ular hatto jangda ham 
qatnashganlar. 
Qadimiy Gretsiyaning katta shaharlaridan biri Afinada esa hayot, 
tartib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan 
butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari 
cheklanib qo‘yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu 
erda 
tibbiyot 
ilmi, 
matematika, 
tarix, 
san’at, me’morchilik, 
haykaltaroshlik taraqqiy etgan edi. 
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga 
qo‘shib olib borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash fakat 
feodallarning farzandlariga nasib etgan xolos. Afinada tarbiya va maorif 


239 
masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi. Bu erda 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish