Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 
 
 
 
 
 
 
 


113 
VII bo‘lim. ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON 
YOXUD AXLOQ” ASARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI 
Reja

1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari va uning yaratilish 
tavsifi. 
2. Asardagi asosiy g‘oya. 
3. A.Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va tarbiya yo‘nalishlari 
to‘g‘risidagi fikrlari. 
4. Asarning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. 
 
Tayanch tushunchalar
: tarbiya, axloq, xulq, tarbiyaning zamoni, badan tarbiyasi, 
fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, yaxshi xulqlar, yomon xulqlar. 
7.1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari 
va uning yaratilish tavsifi
Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi A.Avloniyning pedagogikaga 
oid asari asarlari ichida uning 1913 yilda yozgan va 1917 yilda 
ikkinchi bor nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asari 
XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida 
katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning 
boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir. “Turkiy 
guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. 
Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi” 
ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda bu asar Yusuf 
Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir 
Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, 
Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Maxbub ul-qulub”, 
Axmad Donishning “Farzandlarga vasiyat”, Voiz Koshifiyning 
“Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarlari 
shaklidagi o‘ziga xos tarbiyaviy asardir. Shuni ta’kidlash lozimki, XX 
asr boshlarida bunday asarni yaratish, milliy g‘oya, milliy rux 
 


114 
singdirilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning tatbiq etilishi pedagogika
olamidagi yirik kashfiyotdir. 
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida 
fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz 
bo‘lib o‘sdimi, ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, 
erdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur”, - deydi. Uning fikricha, 
bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy 
sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega. 
O’zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi marta 
pedagogikaga “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”, 
deb ta’rif berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini 
yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy ko‘plab xorijiy 
tillarni bilgan, arab, fors, rus, ozarboyjon tillarini mukammal egallagan. 
Sharq xalqlari ilmiy merosini “Chuqur o‘rganganligi “Turkiy 
guliston yoxud axloq” kitobini yaratishda, o‘zbek va tojik adabiyoti 
klassiklarining asarlaridan ijodiy foydalanish imkonini berdi. U mazkur 
asarni yozishda xalq pedagogikasidan o‘rinli foydalanib, asarni 64 
bobdan iborat tarzda bayon etdi. Har bir bob o‘ziga xos xususiyatgea ega 
bo‘lib, ta’lim tarbiya masalalarini yoritishda biri ikkinchisini uzviy 
to‘ldiradi va takomillashtiradi. Muallifning hizmati shundaki, u mazkur 
asarni yozishda har bir bobning maqsad-vazifalarini ilmiy, uslubiy 
jihatdan asoslab, sodda va ravon til bilan o‘quvchilarga tushunarli xolda 
bayon eta bildi. Buni biz asarning asosiy g‘oyasi, yo‘nalishlari, tarbiya 
turlari haqida bayon etgan fikr-muloxazalarida ko‘ramiz. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish