Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari – turkiy tilda



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

4.2. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari – turkiy tilda 
yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid dastlabki asar sifatida 
 
Yusuf Xos Hojib X asrning o‘rtalarida tashkil topgan
Qoraxoniylar hukmronligi davrida yashab ijod etdi. Qoraxoniylar 
Sirdaryodan Ettisuvgacha, Shimoliy Farg‘ona va butun Sharqni 
Turkistonda hukmronligini o‘rnatgandan so‘ng Movarounnahrning 
ichkrisiga ham kirib borib, Qoshg‘ardan tortib Kaspiygacha bo‘lgan 
keng maydonda o‘z davlatini tarkib toptirgan edi. Uning markazi 
Qoshg‘ar (Urdukent) bo‘lib, shimolda Bolasog‘un (Qo‘zurdu), g‘arbda 
Samarqand, markazda O’zgand shaharlari ham yirik markaziy 
shaharlardan hisoblanadi. 
Har bir davlatda bo‘lganidek, Qoraxoniylar davlatining ham idora 
qilish usuli, yurgizadigan siyosati, qonunlari, tarbiya tamoyillari 
ifodalangan qomus - nizomnoma zarur edi. Xuddi ana shunday zaruriyat 
tufayli “Kutadg‘u bilig” (1069-1070) asari yaratildi. Bu asarda 
Qoraxoniylar davlatini mustahkamlash uchun idora usullarini yaratish, 
barcha tabaqa va toifadagi kishilarning xulq-atvori, jamiyatdagi tutgan 
o‘rni, davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan mustahkamlash, 
davlatning mustahkamligining birinchi tayanchi - insonni ma’naviy 
kamolga etkazish masalalari qamrab olinadi. 
Yusuf Xos Hojib bu murakkab vazifani xal etishda faqat 
donishmand, qomusiy mutafakkir sifatidagina emas, balki tarbiyashunos 
olim sifatida ham o‘zini namoyon etdi. Shunga ko‘ra, u yaratgan 
“Qutadg‘u bilig” asari ta’lim-tarbiya tarixi, uning nazariy masalalari, 
komil insonni shakllantirishda ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. 


68 
“Qutadg‘u bilig” asarida hokimiyat Qoraxoniylar qo‘liga o‘tishi 
munosabati bilan ta’lim va tarbiyaning ham hokimiyatni mustahkamlash 
va taraqkiy ettirish uchun xizmat etadigan o‘ziga xos talab va 
tamoyillarini belgilash zarur edi. Shuning uchun ham mazkur asar 
didaktik, ya’ni ta’limiy-axloqiy usulda yozilgan. 
O’sha davrlarda bunday asarlar (masalan, Nizom-ul-mulkning 
“Siyosatnoma”, Kaykovusning “Qobusnoma”) yozish an’anaga kirgan 
bo‘lsa ham, har biri o‘ziga xos yo‘l-uslubga ega bo‘lib, “Qutadg‘u bilig” 
ulardan ancha oldin yaratilgandir. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u 
bilig” asari ta’limiy-axloqiy asar sifatida pedagogika tarixida eng yuqori 
o‘rinlarda turadi. 
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asari 6500 baytdan yoki 
13000 misradan iborat. Uni buyuk mutafakkir yozib tugatgach, 
Qoraxoniylar hukmdori Tavgachxon (kitobda Tavgoch -Ulug‘ Bugra
Qoraxon (hoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon
(hokon) nomlari 
bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim 
etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos hojiblik 
lavozimini beradi. “Qutadg‘u bilig” asari katta shuhrat qozonadi. 
Shuning uchun ham “Qutadg‘u bilig”ni chinliklar (Xitoy) “Adab ul-
muluk” (“Hukmdorlar odobi”), mochinliklar (Sharkiy Turkiston) “Anis 
ul-mamolik” (“Mamlakatning tartib-usuli”), eronliklar “Shoxnomai 
Turkiy”, sharq elida “Ziynat ul-umaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar 
“Qutadg‘u bilig”, ba’zilar esa “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar 
nasihatnomasi) deb atagani kitob muqddimasida keltiriladi. 
Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf Xos 
Hojib o‘z davrining etuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand inson 
edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. U 
o‘z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tabiiyot, geografiya, riyoziyot, 
handasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, diplomatiya, fiqh soxhsiga oid 
fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘zini namoyon 
etdi. Chunonchi, u barcha ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi muomala-
munosabatlarni yoritish bilan birga, diplomatiyaga oid qoidalar tizimini 
yaratdi, turli kasb egalarining kasbu koriga oid talablar va jamiyatning 


69 
axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga 
xos uslubni yaratdi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish