Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


65 
IV bo‘lim. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA
TA’LIMIY -AXLOQIY QARASHLAR 
(
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus va Ahmad Yugnakiylarning 
 ta’limiy-axloqiy qarashlari)
Reja

1. Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy asarlarning paydo bo‘lishi. 
2. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari - turkiy tilda yaratilgan 
ta’lim-tarbiyaga oid dastlabki asar sifatida. 
3. Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari - pandnoma 
turkumidagi dastlabki asar sifatida. 
4. Ahmad Yugnakiyning “Xibbat ul-xaqoyiq” asarida ta’lim-tarbiyaga oid 
masalalarning ifodalanishi. 
Tayanch 
tushunchalar: 

Pandnoma”, 
“ta’limiy-axloqiy asarlar”, 
“xojiblik”, “adob al-muluk”, “anis ul-mamolik”, “shoxnomai turkiy”, “ziynat ul-
umaro”, “pandnomai muluk”, “adolat”, “davlat va baxt”, “aql ramzlari”, 
“haqiqitlar savg‘asi”, “javonmardlik” va b. 
4.1. Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy 
asarlarning paydo bo‘lishi 
Ma’lumki, Sharq Uig‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada 
asosiy masala inson tarbiyasi muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham 
ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda 
Sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi 
yuksalish muammosi etakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni 
ulug‘lash g‘oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy 
o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga 
oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy 
munosabatlar va hislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-
tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, 
insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy hislatlar ifodalangani uchun ham 
Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy 


66 
yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning 
ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning 
ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo 
bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etilgan.
“Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat ul-
haqoyiq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, 
“Maxbub ul-qulub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, 
Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-
axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimizdek inson shaxsini ma’naviy-
axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof 
pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-
axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga etishida yuksak axloqqa 
ega bo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, 
degan g‘oya ilgari surildi. 
Chunki biz nazarda tutayottan davrdan boshlab savod o‘rgatish 
“Qur’on” va “Hadis”larni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni 
o‘zlashtirib olish bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va 
Hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir 
etgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida 
urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim hislatlari: 
halolliq sahovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, 
muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topgan 
va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. 
Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar 
asosida yaratilgan. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u 
bilig” asaridan boshlanib, Kaikovusning “Qobusnoma”, Ahmad 
Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Mir Alisher 
Navoiyning “Maxbub ul-qulub” va boshqa asarlari negizida ko‘rinadi. 
Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Masalan, 
“Qur’on”da ham, “Hadis”larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda ham 
ilm ta’rifi bilan birga, xulk-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi. 


67 
Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob 
qoidalari islomiy tamoyillariga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi 
mundarijalarning o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga 
bog‘liqdir. Masalan, Yusuf Xos Hojibning “Qudatg‘u bilig” asari 
pedagogika tarixida ta’limiy-axloqiy usulda yozilgan barcha asarlarning 
tamal toshi desak bo‘ladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish