TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
beradi. U yoki bu masalani yechish bosqichlarini yaqqol tasavvur etishga,
talabalarning o‘quv faoliyati sifatini nazorat qilishga imkon beradi.
1-rasm. Ta’lim metodlarining faolligi bo‘yicha tasnifi
Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda elektron o‘qitish vositalarini qo‘llash o‘quv
faoliyatining quyidagi turlarida qo‘llaniladi:
- yangi nazariy materiallarni o‘rganish va bayon etishda;
- kompyuter dasturlaridan foydalanib, virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishda;
- talabalarning mustaqil ishlarida;
-
ochiq
darslar,
telekonferensiyalar,
audiokonferensiyalar,
namunaviy
mashg‘ulotlarni o‘tkazishda;
- amaliy mashg‘ulotlarda.
Fan, texnika va texnologiya, ayniqsa, elektronika va axborot vositalarining
keng miqyosda rivojlanishi mutaxassislar tayyorlashga katta talablar qo‘ymoqda. Bu
ta’lim samaradorligini oshirishni taqozo etadi.
Ta’lim
samaradorligini
oshirish
ta’limni
axborotlashtirish,
axborot
texnologiyalarini, xususan, kompyuterli o‘qitish vositalarini qo‘llash bilan uzviy
bog‘liq.
Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda kompyuterli o‘qitish vositalarini qo‘llash
quyidagilarga imkon beradi:
Sust
Faol
Interfaol
O‘qituvchi
Talaba
Talaba
Talaba
O‘qituvchi
Talaba
Talaba
Talaba
O‘qituvchi
Talaba
Talaba
Talaba
73
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
-
ta’lim jarayonini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yordamida
boshqarish, axborot vositalari va texnologiyalar bilan ta’minlash;
-
ta’lim mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini tanlash texnologiyasini
takomillashtirish;
-
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini aqliy rivojlantirishga, ularda mustaqil
ta’lim olish, axborot izlash, tajribalar o‘tkazish, tadqiqotlar olib borish qobiliyatini
shakllantirishga yo‘naltirilgan metodiklarni yaratish;
-
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim darajasini obyektiv, tizimli va
tezkor nazorat qilish va baholashga imkon beruvchi testlar va diagnostik
metodikalarni ishlab chiqish;
-
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining tayyorgarligini rivojlatirish, bilimlarni
mustaqil egallash, axborotlarni qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan o‘qitish texnologiyalarini yaratish.
Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda kompyuterli o‘qitish vositalaridan foydalanish
axborot o‘quv faoliyatining mutlaqo yangi metodidir. Umumkasbiy fanlarni
o‘qitishda kompyuterli o‘qitish vositalarini qo‘llash quyidagi ishlarni amalga
oshirishni taqozo etadi:
-ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
-o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuterli o‘qitish vositalarini qo‘llash
texnologiyalarini yaratish va ilmiy pedagogik asoslash;
-o‘quv fanlarini o‘rganishda zarur bo‘ladigan pedagogik dasturiy vositalarni
ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
-o‘qitish jarayonida kompyuterli o‘qitish vositalarini qo‘llash orqali an’anaviy
o‘qitish metodikasini o‘zgartirish.
Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda kompyuterli o‘qitish vositalarini qo‘llash
uchun, eng avvalo, quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
-bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilariga umumkasbiy fanlar mazmuni va ularni
o‘rganishda kompyuterli o‘qitish vositalarining imkoniyatlari haqida ma’lumot
berish;
-umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ularni kompyuterli o‘qitish vositalaridan
foydalanishga tayyorlash;
-umumkasbiy fanlar bo‘yicha yaratilgan dasturlarni o‘rganish va tahlil qilish;
-elektron o‘quv metodik majmualar yaratish, texnik va dasturiy vositalarni
tanlash.
O‘quv jarayonini axborotlashtirish intellektual faoliyat turlarining inson
hayotining turli jihatlariga ta’siri va rolining ortish bilan bog‘liq obyektiv hodisadir.
Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirish muammosiga yangicha qarashlar lozimligi
74
Do'stlaringiz bilan baham: |