O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy 
do‘stlik haqida shartnoma imzolandi.
 
Bu hujjatda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalqlarining 
orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda 
rivojlantirishga yo‘naltirdi. 
1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti - Ostona 
shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlarining kengashi bo‘lib 
o‘tdi. Kengashda uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona 
foydalanish, oziq- ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxira-
larini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro konsorsiumlar tuzish 
to‘g‘risida muzokara bo‘ldi. Prezidentlar xalqaro konsorsiumlar tuzish bo‘yicha uch 
mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini ma’qulladilar. 1998-yilda Tojikiston 
Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lib kirdi. 
2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston 
va Tojikiston Respublikalari Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 
mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama 
qilindi. To‘rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro 
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan 
boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma 
imzoladilar. 
2001- yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining 
navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada 
barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur 
kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov 


228 
taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkiloti (MOHT), 
deb qayta tuzishga kelishib olindi. 
2004-yil 28-may kuni Ostona shahrida MOHT tashkilotiga a’zo mamlakatlar 
davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada 
xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. 
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston 
Prezidentlarining qo‘shma bayonoti MOHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida 
televideniye va radio dasturlarini o‘zaro tarqatish to‘g‘risida bitim imzolandi. 
2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MOHT 
Davlat rahbarlarining sammitida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishar sarhisob 
qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi 
tasdiqlandi. 
O‘zbekiston Prezidenti taklifiga binoan MOHT bilan Yevroosiyo iqtisodiy 
hamjamiyati (YeOIH) ni birlashtirishga kelishib olindi. Negaki, ikki tashkilotning 
maqsad va vazifalari deyarli bir-biriga yaqin edi. 
Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 1995-yilda 
tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida Yevroosiya iqtisodiy hamjamiyati tashkil topgan 
edi. YeOIHning 2006-yil 24- 25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib 
o‘tgan sammitida O‘zbekiston unga a‘zo bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekiston-
ning Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga 
qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokol, «YeOIHni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qarorlar imzolandi. 
YeOIH a‘zo mamlakatlar o‘rtasida integratsiyaning rivojlanishiga, yagona 
umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tarkib 
topishiga ko‘maklashmoqda. 
Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev 1994-yil 10-12-yanvarda rasmiy davlat 
tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston 
o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini 
nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj 
va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. 1998-

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish