231
Berdimuhammedovning 2008-yil mart oyidagi, 2013-yil
noyabir oyidagi
O‘zbekistonga davlat tashriflari ikki qardosh mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli
aloqalarning yanada mustahkamlanishga xizmat qilmoqda. Ikki davlat o‘rtasida
imzolangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, do‘stona
munosabatlar va
har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi shartnoma va bir
qator bitimlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.
Ikki davlat o‘rtasida erkin savdo tartibi yo‘lga qoyildi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zbek qozoq, qirg‘iz qoraqalpoq, tojik,
turkman va mintaqada yashovchi xalqlar o‘rtasida qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi
sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib «Turkiston- umumiy uyimiz» degan g‘oyani
ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi
navbatda ijodkor ziyolilar
e’tiborini Turkiston tuyg‘usini–tarixiy birlik tuyg‘usini qaytadan tiklashga qaratdi.
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni
yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani qo‘.
1995-yil 21-noyabr kuni Toshkentda markaziy Osiyo
ziyolilari ishtirokida
«Qardosh xalqlar uchrashuvi» mavzusida xalqaro quriltoy bo‘lib o‘tdi. Quriltoyda
llab quvatladilar. «Turkiston- umumiy uyimiz», deb nomlangan jamoatchilik harakati
tashkil topdi «Turkiston-umumiy-uyimiz» harakatini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-
quvvatlagan olamaro mashhur bo‘lgan qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza
qildi. Ma’ruzachi va so‘zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab
o‘tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqlolda tug‘ilajak avlodlar bog‘liqligi, mintaqa
yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg‘usining muqaddasligi haqida so‘zladilar.
Qurultoyda «Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi» tashkil etildi.
Chingiz
Aytmatov Assambleyi Prezidenti, Odil Yoqubov Assambleya vitse-prezidenti etib
saylandi. Assambleyaning qarori Toshkentda, uning bo‘limlari Bishkek va Almatida
tashkil etildi. Assambleya
xalqaro konferensiya, davra suhbatlari o‘tkazmoqda.
1997- yil oktabr oyidan boshlab 8 sahifalik «Markaziy Osiyo madaniyati» nomli
gazeta o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va rus tillarida chiqarilmoqda. Bu tadbirlar
mintaqa xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik
aloqalarni mustahkamlashga
ko‘maklashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O‘rta Sharq hamda arab
mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga kirishdi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat
delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat–
Turkiyada bo‘ldi. Turkiya Prezidenti Turg‘ut O‘zol, Bosh Vazir Sulaymon Demirel
va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Safar chog‘ida
Do'stlaringiz bilan baham: