Nazorat savollari
1.
Tarix so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
2.
O‘zbekiston tarixi fani nimani o‘rgatadi?
3.
Tarixni o‘rganishda qanday metodologik tamoyillarga taya- nish lozim?
4.
Tarixiylik tamoyilini qanday tushunasiz?
5.
Tarixni o‘rganishda xolislik, ilmiylik tamoyillarining talablari nimalardan iborat?
6.
O‘zbekiston tarixini qanday yirik davrlarga bo‘lish mumkin?
7.
Tarixni o‘rganishda moddiy manbalar qanday ahamiyatga ega?
8.
Vatanimiz tarixiga doir qadimgi yozma manbalardan qaysilari- ni bilasiz?
9.
Milliy g‘oya va mafkurani odamlarga singdirishda Vatan tarixining o‘rni va
ahamiyati qanday?
10.
Prezident Islom Karimovning qaysi asarlarida Vatan tarixini xolisona yoritishning
ahamiyati yoritilgan?
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. Т.: Ўзбекистон, 1997, 140-бет.
15
2-mavzu.
Markaziy Osiyo - jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
REJA:
1.Sivilizatsiya tushunchasi, uning asosiy belgilari.
2.Ibtidoiy jamiyat, uning davrlari va O‘rta Osiyodagi manzilgohlari. Dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilikning paydo bo‘lishi. Metallning kashf etilishi.
3.Dastlabki tsivilizatsiyaning ma’naviy asoslari. Zardushtiylik. Madaniyat, san’at,
yozuv.
Tayanch so‘z va iboralar:
Sivilizatsiya. Ibtidoiy to‘da. Urug‘chilik jamiyati.
O‘zlashtiruvchi xojalik. Paleolit davri manzilgohlari. Mezolit davri manzilgohlari.
Neolit davri manzilgohlari. Eneolit davri manzilgohlari. Bronza davri manzilgohlari.
Mehnat qurollaridagi o‘zgarish- lar. Matriarxat. Patriarxat. Dehqonchilik.
Chorvachilik. Hunarmand- chilik. Ishlab chiqarish xojaligi
.
O‘zbekiston hududi eng qadimgi davrlardan boshlab jahon tsivilizatsiyasining
o‘choqlaridan biri bo‘lib kelgan. Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston
hududlarida olib borilayotgan tadqiqot ishlarining ko‘lami va natijalari bunga yaqqol
dalil bo‘la oladi.
Qadimda Turon, o‘rta asrlarda Movarounnahr, keyinchalik Turkiston, O‘rta
Osiyo, Markaziy Osiyo deb atalgan hudud insoniyat tsivilizatsiyasi ilk o‘choqlaridan
biri bo‘lgan. Arxeologlar va boshqa olimlar o‘lkamiz o‘tmishini taqiq etib, bu makon
jahon tsivilizatsiyasining o‘choqlaridan biri ekanligini ta’kidlamoqdalar. O‘zbekiston
Prezidenti I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “Hozir O‘zbekiston deb
ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon
tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganganligini jahon tan olmoqda”,– deydi.
“Tsivilizatsiya” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, u hozirgi zamonda insoniyatning
komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek u inson hayoti
uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha hamdir. Adabiyotda bu
so‘z “tamaddun” deb ham ataladi va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni
ma’nosida ishlatiladi. qomusiy kitoblarda tsivilizatsiya–jamiyat taraqqiyoti
jarayonida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, shuningdek ularni yanada
ko‘paytirib va takomillashtirib borish usullarining majmui, deyiladi. Demak,
tsivilizatsiya insoniyat taraqqiyotining mahsuli va ayni paytda zaminidir.
Tsivilizatsiya qadimda yer kurrasining turli hududlarida mustaqil ravishda
paydo bo‘lgangan va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar
o‘tib bu mahalliy tsivilizatsiyalarning bir qator xususiyatlari boshqa hududlardagi
taraqqiyot belgilari bilan qorishib, umuminsoniy tsivilizatsiya vujudga kelgan. Asrlar
osha bu madaniyat darajasi oshib borgan, takomillashgan, yangi cho‘qqilarga
erishgan.
16
Olimlarimiz xulosalari, ko‘plab ashyoviy dalillardan bilamizki, geografik
joylashuvi, iqlimi va boshqa qulayliklari tufayli O‘zbekiston insoniyatning qadimgi
makonlaridan biri bo‘lgan.
Er yuzida insoniyat paydo bo‘lishi haqida turlicha qarashlar, fikrlar, taxminlar
mavjud. Masalan, bir guruh olimlar (Ch.Darvin, F.Engels) odam maymundan
tarqalgan va bunda asosiy rolni mehnat o‘ynagan deyishsa, boshqa bir guruh olimlar,
shuningdek, din odamni xudo yaratgan deb ta’lim beradi. Xatto insoniyat yerga bir
vaqtlar o‘zga sayyoradan kelgan degan g‘oyalar ham yo‘q emas. Shu bilan birga
haligacha odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risida aniq ilmiy asoslangan dalil isbot yo‘q.
SHunday ekan, biz bugungi mavzuimizda tarixiy voqea va xodisalarni yoritishda
tarixiylik, haqqoniylik va ilmiylik tamoyillariga amal qilib, mavzuni tushuntirishga
harakat qilamiz.
Uzoq asrlar davomida qadimgi ajdodlarimiz asta–sekin atrof dunyo haqida
tasavvur hosil qilganlar, tabiiy muhitga moslasha borganlar. Hayot uchun ko‘rash
jarayonida qadimgi odamlar turli mehnat qurollarini yaratganlar, ularni
takomillashtirganlar, tabiat ne’matlaridan to‘larok foydalanishga intilganlar. Tosh
asridan tortib to bugunga qadar bo‘lgan o‘ta noyob va ahamiyatli ashyolar
mamlakatimiz hududlarida madaniy–ma’naviy va ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot
qadimda paydo bo‘lganligi va uning rivojlanishi uzluksiz davom etganligini
tasdiqlaydi..
Insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi (antropogenez) uzoq davom etgan
tarixiy jarayondir. Uning bosib o‘tgan davrlari, ya’ni shakllanishi, irqlarga ajralishi,
ma’naviyati, madaniyati, san’ati, turmush tarzi, umuman tarixiy taraqqiyotda
erishgan yutuqlari beqiyosdir.Shu ma’noda insoniyatning eng qadimgi davrlardan to
hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘li, qisqa qilib aytganda
“tsivilizatsiya” deyiladi.
Insoniyat tsivilizatsiyasi uzoq davom etgan jarayon bulib, ayrim tadqiqotlarda
u bundan 3-3,5 mln yil boshlangan (ingliz ota-bola Liki) deyilsa, boshqalarda 1 mln.
yil 700-600 ming yil (E.Dyubua), D.Blekda 600-500 ming yil deyiladi. Bunday
odamlar fanda “Zinjantrop”-ishbilarmon odamlar va Avstralopitek (Janub odami),
“pitekantrop” (maymun odam), “sinantrop” (Xitoy odami) kabi nomlar bilan tadqiq
qilingan, o‘rganilgan.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo hududida ibtidoiy jamiyatning rivojlanish
bosqichlari quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1.
Paleolit (“palayos”-qadimgi, “litos”-tosh) davri; bundan taxminan 1
million yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi; o‘z navbatida bu
davr uchga bo‘linadi;
a) ilk paleolit-(Ashel’) davri, 1 million - 100 - ming yillikni o‘z ichiga oladi;
b) o‘rta paleolit-(Mustьe) davri, mil. avv. 100-40 - ming yilliklar;
17
v) so‘nggi paleolit-mil. avv. 40-12 - ming yilliklar;
2. Mezolit (“mezos”-o‘rta, “litos”-tosh) miloddan avvalgi 12-7 - ming yilliklar.
3. Neolit (“neos”-yangi, “litos” tosh) miloddan avvalgi 6-4 - ming yilliklar.
4. Eneolit (mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 - ming yillikning oxiri 3 - ming
yillikning boshi.
5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 - ming yilliklar.
6. Temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan.
O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg‘ona
vodiysidagi Selung‘ur, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Buxorodagi Uchtut
makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo‘pol qurollar (chopperlar)
yasab, termachilik va jamoa bo‘lib ov qilish balan shug‘ullangan. Ilk paleolit davri
odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan tubdan farq
qilgan. Ular tabiat oldida ojiz bo‘lib, faqat tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirganlar. Ular
na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
Yaqin yillargacha O‘zbekiston hududida odamlar bundan 100 ming yillar ilgari
yashay boshlagan deb hisoblanardi.Biroq o‘tgan asrning 80-yillarida arxeolog olim
U.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selengur (So‘x
tumani) g‘oridan poleolit davriga oid ajdodlarimiz yashagan joyni topgach, fikrlar
o‘zgardi.
Ilk paleolit davriga oid Selungurda 13 ta madaniy qatlam aniqlandi. Bu
yerdagi topilmalarning yoshi 1 mln. yildan ziyodroq. Bu yerdan topilgan odam jag‘
va yelka suyaklari, tishlari xududimizda “fergantrop” deb nomlangan odamlar
yashaganligi va O‘zbekiston haqiqiqatdan ham insoniyat tsivilizatsiyasi
o‘choqlaridan biri ekanligini isbotladi. Toshkent viloyatidagi Obirahmat, Samarqand
viloyatidagi qo‘tirbuloq makonlari ham paleolit davriga oid bo‘lib, ularning
birinchisidan 21 ta, ikkinchisidan 5 ta madaniy qatlam topib o‘rganilgan. Bu joylarda
ko‘plab tosh qurollardan tashqari fil, bug‘u, yovvoyi ot, quyon, echki, to‘ng‘iz,
jayron, arxar kabi xayvon suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir qoldiqlari ham topilgan. Bu
inson uzoq vaqtlar davomida mazkur makonlarda yashaganligidan dalolat beradi.
O‘rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo‘jakent,
Samarqanddagi Omonqo‘ton, Boysun tog‘laridagi Teshiktosh kabi bir qator
makonlarda aniqlangan bo‘lib, ulardan shu davrga oid ko‘pgina turli toshlardan
yasalgan mehnat qurollari topilgan. SHuningdek bu davrga oid manzilgohlar
Farg‘ona, Buxoro, Navoiy viloyatlarining 50 ga yaqin joylarida topilgan. Obirahmat
makoni yoysimon shaklda bo‘lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam
aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sixchalar,
qIrg‘ichlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlarning suyaklari ham ko‘pchilikni
tashkil etadi.
18
O‘rta paleolit (mustьe) davriga oid eng katta yodgorlik 1938 yilda
A.Okladnikov tomonidan ochilgan Surxandaryoning Boysun tog‘idagi Teshiktosh
g‘oridir. Bu g‘or – makonning kengligi 20 metr, balandligi 9 metr, chuqurligi 21 metr
bo‘lib 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Bu yerda 3 mingga yaqin tosh qurollar turli
xayvonlar suyaklari topildi. Eng muhimi bu g‘ordan 9-11 yoshli bolaning skeleti
topilganligi bo‘ldi. U neandertalь tipidagi odam vakili edi.
O‘rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari
takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo bo‘la boshlaydi. Eng muhimi,
ibtidoiy to‘dadan Urug‘chilik jamoasiga o‘tish boshlanadi. SHimoldan ulkan muzlik
siljib kelishi va hamma yoqda sovuq kuchayishi sababli olov kashf etiladi. Odamlar
o‘choqlar atroflarida to‘planib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo‘lib ov
qilish paydo bo‘ladi. SHunday qilib, o‘rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar
O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala bordi. Bunga mintaqa tabiiy iqlimining
o‘ziga xosligi ham ta’sir ko‘rsatgan
So‘nggi paleolit qadimgi tosh davrining so‘nggi bosqichidir. Bu davrga oid
makonlar Ohangarondagi qo‘lbuloq, Toshkentning g‘arbidagi Bo‘zsuv 1 hamda
Samarqand atroflaridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg‘ichlar,
kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar
faqat tog‘li hududlarda emas, tekisliklarda ham yashay boshlaydilar. Bu davrning eng
katta yutug‘i urug‘chilik tuzumi (matriarxat)ga o‘tilishidir.
Shunday qilib, paleolit davrida ibtidoiy odamlar xo‘jalik yuritishning eng
oddiy yo‘llaridan (termachilikdan) murakkabroq ko‘rinishlariga (ovchilik,
baliqchilik) ga o‘tdilar. Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o‘zlashtirildi. Insoniyat
ibtidoiy to‘da davridan urug‘chilik tuzumiga o‘tdi. Mehnat qurollari takomillashib,
turlari ko‘paya bordi, dastlabki diniy qarashlar paydo bo‘ldi. Demak, inson tarixining
eng uzoq davom etgan bosqichi bo‘lmish qadimgi tosh davrida odamning shakllanish
jarayoni asosan yakun topadi. Keyingi tosh davrlarida turli irqlar shakllanligi
ma’lum. Olimlar, xususan uch irq–evropid, negroid va mongoloid irqlari
shakllanligini ta’kidlaydilar
O‘zbekiston hududida mezolit davriga oid Machay (Surxondaryo), Obishir
(Farg‘ona vadiysi), Bo‘zsuv, qo‘shilish (Toshkent) kabi manzilgohlar topib
o‘rganildi.Bu davrda qurollar turi ko‘paydi. Suyak va yog‘ochdan dastachalar paydo
bo‘ldi. Masalan: Machay g‘oridan bigiz, igna pichoq, keskich, ushatgich, nayza, o‘q
uchlari, shuningdek, 20 turdan ziyod hayvon suyaklari topildi.. Bu davrga kelib
muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonot va o‘simlik dunyosida katta o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslamani - o‘q-yoyni
kashf etdi. Bu davrning oxirlarida ibtidoiy to‘da o‘rnida ibtidoiy jamoa–urug‘chilik
tuzumi vujudga kela boshlaydi. Dastlab urug‘chilik jamoalaridagi qarindoshlik ona
tomonidan bo‘lgan. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotning bu bosqichini olimlar
19
matriarxat deb atadi. Ona urug‘i keyingi tosh davrlarida ham hukmronlik qilgan.
Farg‘onaning Obishir soyidan, Toshkentning Bo‘zsuv yoqasidan, Surxondaryoning
Machay qishlog‘idan va boshqa joylardan mezolit davriga oid manzilgohlar topilgan.
Bu davrda bir qancha jonivorlar (it, sigir, qo‘y, echki) xonakilashtiriladi, diniy
e’tiqodlar vujudga keladi, tasviriy san’at paydo bo‘la boshlaydi. Xususan,
Surxondaryoning Zaraut soyida bundan taxminan 14–15 ming yil avval yaratilgan
qoyatosh suratlar buning isbotidir.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq
qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik bilan band bo‘lgan.
Neolit davrida qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo va daryo irmoqlari yoqasida, ko‘llar
bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlarga qarab, baliqchilik va ovchilik yoki
dehqonchilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Neolit davrida
qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab ularni olovda pishirishni, ya’ni
kulolchilikni, shuningdek ip yigiruv asosida to‘qimachilikni kashf etdilar. Xatto
yog‘och yoki qamishdan qayiq yasab suvda suzishni o‘zlashtirdilar. Demak, bu davr
paleolit, mezolit davrlariga nisbatan yuksak taraqqiyot davri edi.
Neolit davri qabilalari orasida qay tariqa xo‘jalik yuritilishiga qarab quyidagi
madaniyatlar tarkib topgan: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor
madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |