To sh k en t axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/234
Sana07.07.2022
Hajmi3,73 Mb.
#754488
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   234
Bog'liq
2-70

— «Закрыть» 
tugmasi, oynani yoki dasturni yopish.
Sarlavha satrining tagida 
«Файл», «Правка», «Вид» 
deb nomla­
nuvchi bo'limlardan iborat dastuming menyu satri joylashgan. Ushbu 
menyu bo'limlari mos amallardan tarkib topgan bo'lib, ularning har 
biri Word dasturining ma’lum vazifalarini bajaradi.
Menyu satrining tagida 
«Стандартная» 
va 
«Форматирование»
deb ataluvchi bir qator tugmalardan iborat uskunalar paneli joylashgan. 
Ushbu uskunalar panelida joylashgan tugmalar, «sichqoncha» tugma­
sini bir marta bosish orqali, dastuming ixtiyoriy amalini tezkor ishga 
tushirish imkonini beradi.
Oynaning markaziy qismida hujjatning ish maydoni joylashgan. 
Bu maydonga matnlar va ular bilan birgalikda grafik obyektlar ham 
kiritilishi mumkin.
Hujjat ish maydonining o'ng va quyi qismida o'tkazish yo'laklari 
mavjud bo'lib, ular hujjat bo'ylab harakatlanish imkonini beradi.
Dastur oynasining quyi qismida holatlar satri joylashgan, unda 
joriy sahifa raqami, bo'lim raqami, hujjatdagi barcha sahifalar soni
ko'rsatgich joylashgan satr va ustun raqamlari hamda matnlami kiritish 
tili to'g'risidagi axborotlarni ko'rish mumkin.
Interfeys o'lchamini o'zgartirish
Word dasturi oynasi har doim ham o'zimiz xohlagandek ko'ri­
nishda bo'lmaydi. Uning ekranda joylashishini va o'lchamlarini xuddi
80


Windows operatsion tizimi oynalari kabi o'zgartirish mumkin. Buning 
uchun quyidagi amallarni bajaring:
— Sarlavha satri o'ng tomonida joylashgan 
«Развернуть» 
tugma­
sini bosing va oynani kichiklashtiring.
Endi oyna o'lchamlarini o'zingizga qulay ko'rinishga o'zgarti- 
rishingiz mumkin, buning uchun:
— «Sichqoncha» ko'rsatkichini oyna chegaralaridan biriga olib 
keling;
— «Sichqoncha» chap tugmasini bosing va oyna o'lchamini o'zin­
gizga m a’qul ko'rinishga o'zgartiring;
Oyna o'lchamlarini eniga va bo'yiga barobar o'zgartirishingiz ham 
mumkin, buning uchun:
— «Sichqoncha» ko'rsatkichini oyna burchaklaridan biriga olib 
keling va «sichqoncha» chap tugmasini bosgan holda, uning o'lcham ­
larini eniga va bo'yiga o'zgartiring.
Oyna o'lchamlarini o'zgartirib bo'lganingizdan so'ng, uni ekran­
ning o'zingizga qulay bo'lgan joyiga joylashtiring.
«Sichqoncha» yordamida oynaning sarlavha satridan tuting va 
uni yangi joyga o'tkazing.
Dasturni yopish
Ixtiyoriy dasturni yopish uni kompyuter xotirasidan yuklashni 
anglatadi.
Boshqa dasturlarda bo'lgani kabi Word dasturining ham bir nechta 
yopish usullari mavjud.
Birinchi usul:
Word dasturini yopish uning yopish tugmasidan foydalanish;
— Interfeys sarlavha satrining o'ng chetida joylashgan «Закрыть» 
tugmasini bosing.
Ikkinchi usul:
Dasturni kompyuter klaviaturasidan foydalanib yopish;
— Klaviaturadan ALT+F4 tugmalar birikmasini birgalikda bosing;
Uchinchi usul:
Dasturni menyu amalidan foydalanib yopish;
— «Файл» menyusini bosing va «Выход» menyu bo'lim ini 
tanlang.

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish