2.1. Xоtirаning individuаl psixоlоgik xususiyatlаri.
So‘z-mantiq xotirasi. So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq
hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil
shakllar
yordamida
ifodalangan-ligi
tufayli,
ularni
ifodalash
faqat
o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izoxlash, talqin qilib berish
yoki ular-ni so‘zma-so‘z ifodalanilishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi
mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no ji-hatdan qayta
ishlanmasa, u holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish mantiqiy o‘rganish
bo‘lmasdan, balki, aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. So‘z-mantiq
xotiraning vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar
tizimi asosiyat kasb etadi. Chunki so‘z mantiq xotirasi faqat insonga xos bo‘lgan
xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o‘zining sodda shakllari bilan hay-
vonlarga ham taallukdi bo‘lgan xarakter his-tuyg‘u va obrazli xotira-lardan ham
sifat, ham miqdor jihatidan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so‘z-mantiq xotirasi
bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan, ularga
nisbatan yetak-chilik qiladi. Shu bilan birga boshqa barcha turlarning rivojlani-shi
so‘z-mantiq xotiraning takkomillashuviga uzviy bog‘liqdir. So‘z mantiq xotiraning
o‘sishi qolgan xotira turlarining barqarorla-shuvini belgilaydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz
xotira. Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari uch-raydi, shu
boisdan xotira faoliyati amalga oshirayotgani yaqqol, fa-ollik xususiyatlari bilan
uzviy bog‘liq ravishda turlarga ajratila-di. Masalan, faoliyat maqsadiga ko‘ra
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlar-ga bo‘linadi. Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni
ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda
amalga oshi-rishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni, odatda, ong
bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xo-tiraga ixtiyorsiz
esda olib qolish qarshi qo‘yiladi. Bu jarayon ma’-lum, kerakli topshiriq yoki vazifa
18
qo‘ysa, esda olib qolishga yetak-lovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro‘yobga
chiqarishga yo‘naltiril-gan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topishmokdari
yechayotga-nimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o‘z oldimizga maq-sad
qilib qo‘ymaymiz. Mazkur so‘zmantiq holatda asosiy maqsad faqat masala
yechishga qaratiladi, buning natijasida sonlarni (ikkinchi darajali belgi sifatida) esda
sakdashga hech qanday o‘rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa
muddatga bo‘lsada, esda saqlashga intilamiz, bu holat faoliyat yakunlangunga qadar
da-vom etadi. Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish, esda olib qolishning asosiy
sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radoslavevich o‘z tadqi-qotida quyidagi hodisani
bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovni qo‘llayotgan tilning
tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni payqay olmagan.
Buningoqibatida uncha katta bo‘lmagan tadqiqot materiali 46 marta o‘qib
berilganiga qara-may tekshiriluvchiga tushuntirilib berilganidan so‘ng, u material
bilan olti marta o‘qib tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga
erishgan. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotiga ikkita ketma-
ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotira-ning turmushda va faoliyatda katta
o‘rin egallashini har kim o‘z shax-siy tajribasidan biladi. Ixtiyoriy
xotiraningturmushda va faoli-yatda katta o‘rin egallashini har kim shaxsiy
tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus
mnemik maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega
bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlari-ning ko‘pchilik
qismini aks ettirishidir. Shunga qaramasdan, inson faoliyatiningturli jabhalarida o‘z
xotirasini boshqarish zaru-rati tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday
sharoitda, holat-larda, vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalar ixtiyoriy ravishda
esda sakdash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur
turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz. Qisqa muddatli uzoq muddatli va operativ
xotira. So‘nggi paytlarda sobiq sho‘ro va chet el psixologiyasida xotira
tadqiqotchilarining e’tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich
daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan, tashqi taassurot izlarining
mustahkamlashigacha bo‘lgan jarayonlar, holat-lar mexanizmlar, shuningdek,
19
ularning mustahkamlanish muddatlari o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror
material (shakli, mohi-yatidan qat’i nazar) xotirada mustahkam joy olish uchun bu
subyekti tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqilishi, zarur materi-allarini
bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada muddat talab etilishi tabiiydir. Ana
shu vaqt, muddat oralig‘ida xotirada qayta tiklanayotgan izlarni konsolidatsiyalash-
mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomanidan yaqinginada
bo‘lib o‘tgan hodisalarni aks sadosidan kechinma sifatida kechiriladi va tako-
millashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |