16
II. Bob. Оbrаzli xоtirа. Eydetik xоtirа. Emоtsiоnаl xоtirа. So’z-mаntiq xоtirаsi.
Kоgnitiv vа shаxslilik xоtirаsi.
Psixofarmokologik
tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha,
eydetik
ob-razlarni
kuchaytiruvchi
kaliy ionlari va shuningdek, uni kuchsiz-lantiruvchi kalsiy ionlari
moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlarda olingan miqdoriy
materiallar eydetik
obrazlar paydo bo‘lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murak-kabroqturi bo‘lib
hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva,
gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari
subyekt-ning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushuncha-lar talqin
qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin
eydetik obrazlar haqidagi psixologik tah-lil shuni ko‘rsatadiki,
tasavvur obrazlari
unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farqtasavvur obrazlari-ning
polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish,
eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva
to‘g‘risidagi tasavvur ob-razi uning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi), mazasi,
og‘irligi, vaz-nini o‘zaro birlashtirib aks ettiradi. Tasavvur obrazlarining eydetik
obrazlaridan
asosiy farqi shun-dan iboratki, u o‘z tarkibiga narsa haqidagi
tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni kiritadi
va jismlarning asosiy
xususiyatlarini ajratib, ma’lum bir kategoriyaga birlashtiradi. Inson gul obrazini
faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha bilan ataydi,
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi. Demak,
tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsaning izini sust ravishda
saqlabgina qolmay, balki bir qator
tasavvurlar bilan boyitadi, narsa mazmuni va
mohiyatini
tahlil qilib, u haqidagi o‘z bilimlari, tushunchalari
kabilarni tajriba bilan
bog‘lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bu-larning barchasi irodaviy
sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv natijasida ro‘yobga chiqadi. Xullas,
tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsu-li hisoblanib, ular izchil yoki
17
eydetik obrazlarga nisbatan murak-kab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari
xotira izlarining murakkab turi bo‘lib, uning aqliy jarayon
bilan yaqinligi inson
bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: