Август 2020 10-қисм
Тошкент
sifatli tashkil etishda samarali qo‘llay olishi kasbiy kompetentlikning eng asosiy komponentidir.
Jumladan:
O‘z ustida mustaqil ishlash, faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda
bo‘lish, shaxsiy malakasini muntazam oshirib borish: kompyuter, axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega
bo‘lish:
O‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda zamonaviy innovatsion pedagogik va
axborot texnologiyalari hamda metodlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega
bo‘lish:Chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo‘lish: O‘zlashtirilgan ijtimoiy tajribalarni qayta
ishlash, izlanuvchanlik va ijodkorlik faoliyatlarida namoyon bo‘ladigan aniq ifodalangan kasbiy
yo‘naltirilganlik, bilimlarni egallash faolligi:Bo‘lajak tarbiyachilarning o‘z xizmat faoliyatlarida
uchraydigan har qanday nostandart vaziyatlarda mustaqil ravishda qaror qabul qila olishga,
shuningdek, barcha voqea va hodisalarni, dalillarni tahlil qila olishga asos yaratadigan ilmiy
tafakkurni rivojlantirish: Tanqidiy fikr yurita olish va ta’lim jarayonida yuzaga kelgan muammoli
vaziyatlarni ijobiy hal eta olish: Millat va jahon madaniyatini egallash, ta’lim olish jarayonini
anglash, o‘zining pedagogik qobiliyatini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, tadqiqotchilik
faoliyatini rivojlantirish kabi keng doirani o‘z ichiga olgan mustaqil ta’limni tashkil etish:Ta’lim
oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni individuallashtirish orqali aqliy va amaliy faoliyatda
o‘zining individual uslublariga ega bo‘lish imkonini beradigan, modernizatsiyalashgan mazmun
asosidagi professional ta’limni tashkil etish. Oliy ta’lim muassasasida olgan bilimlari orqali
bo‘lajak tarbiyachining shaxsiy intellektual boyligi, ichki madaniyati, kasbiy tajribasi, kasbiy
kompetentligi shakllantiriladi.
Demak, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini modernizatsiyalashgan mazmun
asosidagi professional ta’lim jarayonida shakllantirish quyidagi ko‘nikma va malakalarni
rivojlantirish imkonini beradi:
Mustaqil ravishda, buyruqni kutmasdan birinchi kunidanoq muvaffaqiyatli ish olib borishga
tayyor bo‘lish.Ижтимоий муносабатларда фаоллик кўрсатиш кўникма, малакаларига эгалик,
касбий фаолиятда субъектлар билан мулоқотга кириша олиш.O‘z kasbiy faoliyati o‘ta mas’uli
-
yat va ahamiyat kasb etishini anglash.Kasbiy faoliyatida jamiyat manfaatlarini o‘z shaxsiy man
-
faatlaridan ustuvor deb bilish, burch hissining rivojlanganligi.Kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarish uchun kasbiy kompetentlikning yetarli darajada shakllanganligi.Kutilmagan vaziyatlarda
o‘zining dunyoqarashi, bilimi va tajribasiga tayangan holda to‘g‘ri qarorlar qabul qila olish.
Yuksak kasbiy malaka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib
borish.Shaxsiy sifatlar, kasbiy prinsip va normalar rivojlanishi.Yangi muammolarni hal etishda
faoliyatning oldindan ma’lum bo‘lgan usullari va yo‘llarini qayta ishlash va hokazo.
Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak tarbiyachi murakkab topshiriqlarni bajarishda, davlat ta`lim
standartlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan кўникма, малака foydalana bilishi, o‘z kamchilik va
xatolarini vaqtida sezishi, ta’lim muassasasida olingan bilimlarni ijodiy qo‘llashga erishishi, har
bir hodisa yoki voqeaga erkin tarzda e’tibor qaratishi, unga ham mantiqiy, ham ehtiros bilan yon-
dasha bilishi, har bir hodisani o‘rganish uchun bir-birini to‘ldiruvchi bir necha modellarni qo‘llay
olish xususiyatlarini shakllantirib borishi lozim.
Bo‘lajak tarbiyachilarning muhim ma’naviy fazilatlari tarkibiga odatiy va nostandart vaziyat-
larda ham muvaffaqiyatli va xatosiz faoliyatni amalga oshirish qobiliyati hamda kasbiy faoliyat-
ning mustahkamligini ta’riflaydigan kasbiy kompetentlikni ham kiritish lozim. Bu fazilatning o‘zi
-
ga xos xususiyati shundan iboratki, u vaziyatning kutilmagan sharoitida umuminsoniy, ma’naviy
va kasbiy madaniyatni o‘zlashtirishning yuqori darajasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan holda xi-
zmat-mansab vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga asos bo‘ladi.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
1) Робертс Р.Д., Мэттьюс Дж., Зайднер М., Люсин Д.В. Эмоциональный интеллект:
проблемы теории, измерения и применения на практике// Журнал высшей Школы экономики.
– М.: 2004. № 4. (1). – С. 3-24.
2) Баратов Ш.Р. Социально-психологические основы создания психологической
службы в Ўзбекистане: Автореф. дис. … докт. психол. наук. – Ташкент. 1998. – 37 с.
3) Куницина В.Н., Казаринова Н.В., Погольша В.М. Межличностное общение/ Учебник
для ВЎЗов. – СПб.: «Питер», 2002 – 322 с
4) Савенков А.И. Эмоциональный и социальный интеллект как предик-торы жизненного
успеха// Вестник практической психологии образования. – М.: 2006. – №1(6). – С. 30-39
240
Do'stlaringiz bilan baham: |