O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

4. ATMOSFERA YOG‘INLARI 
4.1. Atmosfera yog‘inlari va ularni belgilovchi omillar 
Ma’lumki, daryo havzasining o‘rtacha ko‘p yillik suv balansi 
tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: 
X
0
= Z
0
+ U
0

bu yerda: X

- daryo havzasiga yoqqan yog‘inning o‘rtacha ko‘p yillik 
qatlami, mm da; Z

- daryo havzasidan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik 
bug‘lanish, mm da; U

-havzada hosil bo‘lgan oqim qalinligi, mm da. 
Yuqoridagi 
tenglamada 
atmosfera 
yog‘inlari 
eng 
asosiy 
elementlardan biri hisoblanadi. Gidrologiyada asosiy e’tibor yog‘inlarning 
yer sirtiga tushgandan keyingi holatini o‘rganishga qaratiladi. 
Atmosfera yog‘inlarining turi, miqdori, yil davomida taqsimlanishi 
va boshqa ko‘rsatkichlari joyning geografik o‘rni, atmosfera 
sirkulyatsiyasi, yer sirti relyefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo, 
jumladan, O‘zbekiston sharoitida joyning mutlaq balandligi va relyefi 
yog‘in turiga, uning miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Havo harorati 0-5 
0
S dan boshlab yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘adi 
va yer sirtida to‘planib, 
qor qoplamini
hosil qiladi. “Barqaror qor 
qoplami”, “barqaror bo‘lmagan qor qoplami”, “mavsumiy qor qoplami”, 
“ko‘p yillik qor qoplami”, “doimiy qor qoplami” tushunchalari mavjud. 
Barqaror qor qoplami 
- kuz va qishda yog‘ib bahorgacha saqlanadi. 
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami 
- kuz va qishning boshlarida 
yog‘ib erib ketadi. 
Mavsumiy qor qoplami 
- kuz, qish va erta bahorda yog‘ib, shu 
yilning issiq mavsumida erib ketadi. 
Ko‘p yillik va doimiy qor qoplamlari
- qutbiy o‘lkalarda va baland 
tog‘larda uchraydi. 
Yomg‘irlar,
asosan, musbat haroratli kunlarda yog‘adi. Ular 
daryolarning to‘yinishida asosiy manbalardan biri bo‘lib, miqdori, davom 
etish vaqti, yog‘ish jadalligi va yog‘ish maydoni bilan xarakterlanadi. 
Yomg‘ir miqdori X ning uning davom etish vaqti T ga nisbati 
yog‘ish 
jadalligi 
i ni belgilaydi: 
.
min
,
mm
T
X
i

Jala yomg‘irlar
nisbatan qisqa vaqt davomida, lekin katta jadallikda 
yog‘adi. “Jala yomg‘ir” tushunchasi shartlidir. Masalan, Rossiyada yog‘ish 
jadalligi i 

0,5 mm/min shartini bajargan yomg‘irlar jala yomg‘ir deb 
qabul qilinsa, AQSHda esa i 

1,28 mm/min sharti qabul qilingan. 


48 
Yog‘in me’yori
ma’lum meteorologik stansiyada uzoq yillar 
davomida olib borilgan kuzatishlar asosida o‘rtacha arifmetik qiymat 
sifatida aniqlanadi. 
Atmosfera yog‘inlarining miqdori
joyning geografik o‘rni, atmosfera 
sirkulyasiyasi, yer sirti relyefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo 
sharoitida joyning absolyut balandligi va relyefi yog‘in miqdoriga har 
tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, absolyut balandlikning ortishi bilan 
yog‘in miqdori ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. 
Masalan, Sharqiy Pomir va Sharqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta 
bo‘lsa-da, yog‘in miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kamdir.
Yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarishi 
yog‘in 
gradiyenti (

X) 
orqali ifodalanadi. Uning qiymatini yog‘in miqdorining 
balandlikka bog‘liq holda o‘zgarish grafigidan yoki oddiy hisoblash yo‘li 
bilan aniqlash mumkin.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish