83
33-rasm.
Konusli separator
1–bo‘tana bo‘luvchi; 2–konussimon xalqa; 3–to‘siq; 4–konus;
5–qisqa ; 6–shturval; 7– ajratkichlar; 8-yig‘uvchi tarnovchalar; 9-metal quti.
Purkovchi boyitmalar titan–tsirkoniyli sochma konlar va ba’zi
tub konlar
rudalarini boyitishda samarali ishlatilmoqda. Ayniqsa 0,1 mm dan kichik
o‘lchamdagi mahsulotni boyitishda yuqori samaradorlikka erishiladi.
Kamyob metalli sochma konlar rudalarini boyitishda konusli separator (8–
rasm) ishlatiladi.
Separator ichki tomoniga yaxshilab ishlov berilgan to‘nkarilgan kesik
konusdan iborat. Ishchi konusning pastki qismida markazga quyuluvchi toraygan
tarnovchani tashkil qiluvchi qisqa pona 5 lar o‘rnatilgan.
Separatorlar ponalarsiz
ham ishlab chiqariladi. Ishchi konus ustida taqsimlovchi konussimon halqa 2
o‘rnatilgan bo‘lib, u teshikli halqasimon to‘siq 3 ga ega. Separator bo‘tana
bo‘luvchi 1 bilan ta’minlangan.
Ishchi konusning ostida boyitish mahsulotlarining chiqishi va sifatini
boshqarish uchun texnik qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u vertikal yo‘nalishda shturval
6 orqali harakatlanuvchi ajratkich va vintli uzatmadan iborat. Boyitish mahsulotlari
yig‘uvchi tarnovcha 8 ga tushadi. Separatorning hamma konstruktiv elementlari
metal rama 9 ga o‘rnatilgan.
55 – 60 % qattiq zarrachalarni saqlovchi bo‘tana patrubka yordamida
konussimon halqa 2 bo‘ylab tekis taqsimlanadi va
ishchi konus yuzasiga kelib
tushadi. Bo‘tana torayuvchi va asta–sekin qalinlashuvchi oqim tarzida pastga
harakatlanganda mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamiga qarab ajralishi
sodir bo‘ladi. Ponalar o‘rnatilgan zonaga kirganda bo‘tana bir qator oqimlarga
84
bo‘linib, konus yuzasidan yarim doira (elpigich) shaklida tushadi.
Ajratkichlar
orqali mahsulotlar yarim doirasi boyitma, oraliq mahsulot va chiqindiga ajratiladi.
Konusli separatorlar bir yoki ko‘p qavatli (yarus qilib tayyorlanadi (bitta
apparatda 6 tagacha yarus bo‘lishi mumkin).Ko‘p qavatli separatorlarning pastki
qavatida yuqori qavatdagi boyitish mahsulotlari tozalanadi. Ishchi konuslar
asosining diametri 2 yoki 3 m bo‘lishi mumkin. Konuslarning hosil bo‘luvchi
gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 14 dan 20
0
gachani tashkil qiladi.
Torayuvchi oqim printsipi bo‘yicha ishlaydigan apparatlarning afzalligi
ularning yuqori solishtirma
ishlab chiqarish unumdorligiga, sodda tuzilishga
egaligi, boyitiluvchi har tonna ruda uchun suv sarfining ozligi.
Kamchiligi – pastki tirqishlar kengligini boshqarish qiyinligi, ularni qiyin
zarrachalar bilan tez – tez yopilib qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: