18
200 mm dan 0,074 (0,043) mm gacha mahsulotni tekshirish uchun qo‘llaniladi.
O‘lchami 0,074 mm dan kichik mahsulotlarning granulometrik tarkibi
sedimentatsiya usuli bilan aniqlanadi.
Boyitish amaliyotida elash orqali tahlil qilish uchun sim yoki sintetik to‘rdan
kvadrat shakldagi teshikli qilib tayyorlangan kontrol elaklar ishlatiladi.
To‘plamdagi elak teshiklari o‘lchamining nisbati doimiy va o‘zgaruvchan bo‘lishi
mumkin. Odatda rudani elash uchun ishlatiladigan
elaklar turkumi quyidagi
o‘lchamdagi elaklarni o‘z ichiga oladi: 60; 40; 30; 20; 10; 5; 2,5 va 1 mm.
Ko‘mirni elash uchun esa elaklar turkumi: 150; 100; 50; 25; 13; 6; 3; 1; 0,5
mm.
Ikkita qo‘shni elak teshiklari o‘lchamining bir-biriga nisbati modul deyiladi.
Yirik mahsulotni elashda
2
ga teng modul ishlatiladi. Bu modulga ko‘ra elaklar
turkumi quyidagi o‘lchamli elaklardan tashkil topadi: 100; 50; 25; 12; 6; 3; 0.
Mayda mahsulotni elash uchun esa 2 ga teng modul qo‘llaniladi.Unga ko‘ra, asosiy
elak deb o‘lchami 200 mesh (0,074 mm) li elak olinadi (mesh-25,4 mm ga to‘g‘ri
keladigan teshiklar soni). Elaklar turkumi quyidagicha tuziladi:
0,074 x 1,41 = 0,1 mm
0,1 x 1,41 = 0,14 mm
0,14 x 1,41 = 0,19 mm va x.k.
Dastlabki mahsulotning massasi
mahsulotning yirikligiga, namuna olish
usuliga va elash orqali tahlilning aniqligiga bog‘liq.
Granulometrik analiz uchun
namunaning maksimal miqdori quyidagi formula orqali topiladi:
M = 0,02
d
2
+ 0,5
d
bu yerda
d
- zarrachaning maksimal o‘lchami, mm.
Talab qilinadigan aniqlikka va mahsulotning namligiga qarab elash orqali
tahlil quruq va jamlashgan usulda o‘tkazilishi mumkin.
Mahsulotning namligi
uncha katta bo‘lmaganda va o‘ta aniqlik talab qilinmaganda elashning quruq usuli
qo‘llaniladi.
O‘lchami 0-13 mmli mahsulotning namligi yuqori bo‘lib, quruq usulda
elashni qiyinlashtirsa, namuna dastlab quritiladi. Og‘irlikdagi yo‘qolish
elash
natijasida olingan alohida sinflar chiqishlari orasida taqsimlanadi. Yirik o‘lchamli
sinflar quritilmaydi. Yirik mahsulotning tahlili laboratoriya elaklarida o‘tkaziladi.
O‘lchami 6 mm gacha bo‘lgan mayda mahsulotni elash mexanik silkitgichlarda
amalga oshiriladi.
Mahsulotni elash 10-30 daqiqa davom etadi.Elash
vaqti mahsulotning
namligi va yirikligiga bog‘liq: mayda va nam mahsulot uzoq vaqt elanadi. Keyin
silkitgichda yoki qo‘lda shu elaklarning o‘zida elashning qanchalik to‘liq bo‘lgani
tekshiriladi.
19
Agar kontrol elanganda 1 daqiqa davomida elakdan o‘tgan mahsulot massasi
elakda qolgan mahsulot massasidan 1 % oshmasa,
yirik mahsulotni ham, mayda
mahsulotni ham elash tamomlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: