Microsoft Word O'quv qo'llanma



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

6. PHET dastur paketi.
Fizika yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining 
laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti 
yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java 
da yaratilgan. PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, 
xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 
dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid modellashtirish 
imkoniyatiga ega dasturlardan iboratdir. Bu dastur davlat ta’lim standartlariga va 
o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlarga mos kelganligi bilan muhim 
pedagogik qurol hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanish o‘zining samarasini 
beradi. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari 
quyidagilar: 


56
1. Kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki kuzatib 
bo‘lmas darajada harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan tajribada qo‘llanilishi lozim. 
2. Kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan 
masalaning illyustratsiyasida yordam berishi kerak. 
32 - rasm. PHET dasturining umumiy ko‘rinishi. 
33 – rasm. PHET dasturining ichida mavjud modellar. 
3. Ish natijasida talabalar model yordamida hodisalarni xarakterlovchi 
kattaliklarning ham sifatiy, ham miqdoriy bog‘lanishlarini ko‘ra bilishlari kerak. 
4. Dastur bilan ishlash paytida talabalarning vazifasi turli murakkablikdagi 
topshiriqlar ustida ishlashdan iborat, chunki bu o‘z ustida mustaqil ishlashga imkon 
beradi.
 


57
§ 1.7. Fizikani o‘qitish jarayonida ekologiya muammolarining yechimi 
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta’siri - o‘zining yuqori 
bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod ko‘z o‘ngida mahalliy va mintaqaviy, shuningdek 
global ekologik inqirozli vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murakkab davrda 
ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta’limiy hamda madaniy ahamiyatlari tobora 
ortib bormoqda. Atrof - muhit holatini baholash, zarur tadbirlarning o‘z vaqtida 
o‘tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan 
bevosita bog‘liqdir. Bu ayniqsa, maktab ta’limi sistemasida eng dolzarb 
masalalardan biri sanaladi. Ma’lumki, mamlakatimiz maktablarida 4 milliondan 
ortiq o‘quvchilar tahsil olmoqda. Demak, yoshlarning ekologik ongi va 
madaniyatini shakllantirish farovon kelajakni qurishning muhim omili bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Ta’lim tizimida tub islohatlar olib borilayotgan hozirgi kunda, ekologik ta’lim- 
tarbiya masalalariga ham katta ahamiyat berilmoqda. Shuning uchun umumta’lim 
maktablarida ekologik ta’lim - tarbiyani rivojlantirish hamda bu sohada to‘siq 
bo‘layotgan turli xil muammolarni samarali hal qilish bugungi kun pedagoglarining 
ham dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada barcha fan o‘qituvchilari o‘zaro 
hamkorlikda, uzviylikni ta’minlagan holda sistemali ekologik bilimlarni zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim. Chunki, har 
qanday fan inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, bir- biri bilan sinergetik 
aloqadorlikka, bog‘liqlikka ega. Bunda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan eng muhim 
vazifa fanlararo o‘zaro bog‘liqlikni, barcha fanlarga tegishli bo‘lgan umumiy 
qonuniyatlarni aniqlab, ularni o‘quvchilarga tushunarli, sodda, ko‘rgazmali tarzda 
yetkazishdir. 
Umumta’lim maktablarida ekologik ta’limning asosiy maqsadi - o‘quvchilarni 
tabiat qonunlariga uyg‘un holda faoliyat olib boruvchi, biosfera muvozanatini 
tiklashga ko‘maklashuvchi shaxslar sifatida shakllantirishdir. 
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: 

o‘quvchilarga ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini ilmiy- 


58
nazariy jihatdan o‘rgatish; 

ekologik muammolarning yuzaga kelishida insoniyat tafakkuri bosh omil 
ekanligini har tamonlama asoslab berish; 

tabiat va jamiyat qonunlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni, umumiy 
qonuniyatlarni ilmiy jihatdan yoritish; 

ekologik muammolarni yechish borasida mamlakatimizda va jahonda olib 
borilayotgan ishlarni sistemali tarzda o‘quvchilarga yetkazish; 

mahalliy yoki mintaqaviy ekologik muammolarni yechishda o‘quvchilarning 
shaxsiy faolligini oshirish yo‘llarini topish, ularni tabiatni muhofaza qilish 
ishiga yo‘llash. 
Tabiatdan foydalanish sohasida insonning ekologik jihatdan oqilona tadbirlarni 
amalga oshirish bosh vazifasi bo‘lib, bu atrof-muhitni saqlash bo‘yicha uzoq 
yillarga mo‘ljallangan yagona uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish bilan 
amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarida ekologik ta’limni amalga oshirishning 
qiyinchilik va kamchiliklari mavjud. Tajribalardan kelib chiqib quyidagi 
kamchiliklar aniqlangan: 

ekologik ta’lim umumiy ta’limning bir qismi sifatida tan olingan; 

davlat talablari asosida bosqichma-bosqich, o‘quvchi yoshlarning bilishlari zarur 
bo‘lgan ekologik bilimlar tizimining mazmuni hajmi aniqlanmagan; 

ekologik ta’lim tizimini amalga oshirish texnika vositalari bilan 
ta’minlanmagan;

ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalari o‘rganilib joriy etilmagan; 

ilg‘or davlatlarning ish tajribalarini o‘rganib, umumlashtirib amaliyotga joriy 
etilmagan; 

ota-bobolarimizning tajribalaridan foydalanilmagan va hakozolar. 
Ekologik ta’limni tashkil etish qiyinchiliklari, ekologik ta’limning ommaviy 
vositalari, shakllari, ularning rivojlanish darajalari hamma vaqt uzviy birlikka ega 
emas, ya’ni ichki ziddiyatlarga ega, bu quyidagilardan iborat: 

o‘qitilayotgan fanlarda ekologiya masalalarining nazariy asoslari ilmiy metodik 
jihatdan muntazam asosli yoritilmaganligi; 


59

o‘qituvchilarning ekologiya sohasidagi bilimlari ekologiyaning umumiy 
nazariyasi hamda amaliyotidan orqada qolayotganligi; 

turli fan o‘qituvchilariga mo‘ljallangan ekologiyaga oid o‘quv qo‘llanmalar va 
metodik adabiyotlarning yetishmasligi; 

ekologiya sohasida ommaviy axborot vositalari orqali ekologik ta’limni keng 
targ‘ib qilishga alohida o‘rin ajratilmaganligi; 

ekologiya va atrof - muhitning holatiga qiziquvchilar uchun maxsus mualliflik 
kurslarining yo‘qligi; 

ekologiya tashkilotlari bilan ta’lim muassasalari o‘rtasida tizimli va amaliy 
xarakterdagi ishlar talab darajasida emasligi; 

yoshlarning ekologik faolligini uzluksiz ravishda oshiradigan doimiy tadbirlar, 
semenar va konferensiyalar, kechalar tashkil etish hamda o‘tkazish ishlarida 
loqaydliklarga yo‘l qo‘yilmoqda; 

o‘tmishdagi ekologik qadriyatlarimiz ayniqsa, Islom dini va Avesto 
ta’limotidagi ibratli ekog‘oyalar ilmiy jihatdan o‘rganilib, amaliyotga joriy 
etilmagan; 

ilg‘or o‘qituvchi, metodislar, olimlarning tajribalari o‘rganilib 
umumlashtirilmaganligi; 

rivojlangan davlatlarning ish tajribalari o‘rganilib, ulardan 
foydalanilmayotganligi. 
Bizningcha, ekologik ta’lim-tarbiya ishlarida tabiat resurslari, odamlar soni, 
ekobilim, muammolar 

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish