9
sanoatlardan edi. Lekin, 30-40-yillarda og'ir sanoati va ayniqsa uning Yuragi
bo'lmish mashinasozlik jadal rivojlanardi. Angliya boshqa davlatlarga turli
mashinalarni eksport qila boshladi.Mamlakatda temir yo'llar qurilishi ham
rivojlandi. Parovoz 1814 yili Dj.Stivenson tomonidan ixtiro qilindi. Dunyodagi
birinchi temir yo'li Stokton-Darlington yo'nalishi bo'yicha 1825 yilda qurib
bitkazildi. 1849 yilga kelib mamlakatdagi temir yo'llar uzunligi 9,5 ming km.
tashkil etdi.Amerikalik R.Fulton tomonidan paroxod (bo'g' kemalari) ixtiro
qilinishi (1807 y.) kanallardan transport yo'llari
sifatida keng foydalanishga
imkoniyat yaratdi.
Ishlab chiqarishdagi Yutuqlar tashqi eksportning o'sishiga
olib keldi. To'qimachilik mollari bilan birgalikda og'ir sanoat mahsulotining
eksporti o'sdi. Iqtisodiy o'sish fan rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq
edi.Asr o'rtalariga kelib Angliya aholisi 21 mln. kishini tashkil etardi.
Aholining 43% sanoat aholisi tashkil qilardi.Sanoat doiralarning kuchayib
borishiga qaramasdan davlat hokimiyatida er egaliklarga ega bo'lgan
zodagonlar (aristokratiya) hukmronlik qilar edilar. Bu ikki kuchning
manfaatlari to'qnashib kelardi.Tori hokimiyat tepasida 1830-yilgacha qoldi.
Robert Liverpul (1812-1827) hukumati Pittning polisiyachi siyosatini davom
ettirardi. Tashqi siyosatda Robert Kaslri Muqaddas Ittifoq yo'lidan
borardi.1815 yil agrar inqirozi, keyinchalik 1816 va 1819 yillardagi iqtisodiy
inqirozlar ingliz jamiyatini larzaga keltirdi. Xalq noroziligi kuchaydi. Bu
vaziyatda demokratik harakatlar yangi kuch bilan faoliyat olib bordilar. So'l
radikal demokratlarga Genri Xant, Uilyam
Kobbetlar boshchilik qilsa, o'ng
mo''tadil radikallarning rahbarlari F.Berlett, Dj.Kartrayt-lar edi
4
.
Xalq harakati ayniqsa 1819 yili yuksaklarga chiqdi. Kurash markazi asta-
sekinlik bilan Londondan Manchesterga ko'chardi. Hukumatga qarshi
harakatga vigilar ham qo'shildilar.Hukumat tomonidan o'tkazilgan
repressiyalar, iqtisodiy inqirozning so'nib borishi norozilik harakatlarning
pasayishiga olib keldi.Savdo-sanoat va moliya doiralarning siyosiy
4
Бугашев С.И. Уильям Питт Старший: политическая биография. – СПб., 1998.
10
qudratining o'sishi, vigi
partiyasining jadal faoliyati, qolaversa tori partiyasi
ichida «liberal» a'zolarning paydo bo'lishi (Dj.Kanning, Pil, Palmerston)
mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o'zgartirdi. Islohotlar o'tkazish talablari
qat'iylik bilan qo'yilar edi.1825, 1827 yillardagi iqtisodiy inqirozlar va 1832
yilgacha davom etgan depressiya aholining turmush darajasini juda
pasaytirdi. Bu xalq noroziligining yana ko'tarilishiga olib keldi. Ishchilar
stachkalar o'tkazishgan bo'lsa, qishloqlarda «suing» harakati tarqaldi.Savdo-
sanoat doiralari fritred (erkin savdo) shiori ostida proteksionizm va «non
qonunlariga» qarshi chiqar edilar.
1830 yili Georg IV (1820-1830) o'limi sababli o'tkazilgan
favqulodda
saylovlarda vigilar g'olib chiqishdi. Charlz Grey hukumati saylov tizimi islohoti
qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyiha 15 oylik siyosiy kurashdan so'ng
parlamentdan o'tdi. 1832 yili saylov islohoti qo'lga kiritildi.
Islohotlarning
mohiyati «cho'ntak», «chirigan» saylov okruglarning ko'pchiligini yo'qotish
edi. Bo'shab qolgan parlamentdagi 143 joy sanoat shaharlarga, zij aholisiga
ega qishloq hududlarga, Shotlandiya va Irlandiyaga berildi. Saylov tizimida
mulkiy senz saqlansa ham saylovchilarning soni ikki barobar ortdi. 1832 yil
islohoti parlament tizimining ijtimoiy bazasini kengaytirdi.Isloh
etilgan
parlament 1834 yili kambag'allar foydasiga to'lanadigan soliqni bekor qildi.
Bundan tashqari, ish kunini qisqartirish to'g'risidagi qonunni rad etdi.
Bunday harakatlar ishchilarning noroziligini kuchaytirdi. 1824 yili qonun yo'li
bilan ruhsat etilgan tred-Yunionlarning soni ortib bordi va ular mamlakat
miqyosida birlashishga urindilar
5
. 1834 yili Robert Ouen (1771-1858)
ko'magida ishlab chiqarishlarning BuYuk ittifoqi tuzildi.Hukumatning
ishchilar manfaatlariga qarshi olib borgan siyosati ishchilarni iqtisodiy kurash
doiralardan chiqishga majbur etdi.
5
Бондарчук В.С., Кирсанова Н.В., Медяков А.С. и др. История стран Европы и Америки в Новое время. В 2
частях. Часть 1. - М., 2011.