1-§. Pul oborotiga tavsifnoma va uning tuzilishi
Naqd pulsiz va naqd pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan
to’lovlarning yig’indisi pul oborotini tashkil qiladi.
Xalk xo’jalligi tarmoqlarida yaratilgan tovarlarning barisi pul yordamida ayirbosh
qilinadi. Pul oborotiga tovar aylanishining pul shaklidagi ko’rinishi deb qarab
bo’lmaydi. Chunki pul oboroti tovar oborotidan kengroq bo’lib, u tovarning sotilishi
va sotib olinishidan tashqari, har xil sohalarda mehnatga haq to’lash jarayonini ham
o’z ichiga oladi.
Pul oborotining sodda sxemasini quyidagicha ifoda qilish mumkin, ya’ni pul
harakati faqat aholi va korxona, tashkilotlar o’rtasida bo’ladi deb qaraymiz. Bu
sxemada pul oborotining asosiy ikki omili: bir tomondan tovar va resurslar harakati
bilan; - ikkinchi tomondan pul harakati ko’rsatilgan. Bu sxemada davlat tashkilotlari,
moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va import va boshqa iqtisodiy munosobatlar
yo’q deb qaralgan. Aholi va korxonalar hech qanday vositachilarsiz, to’g’ridan-
to’g’ri iqtisodiy munosabatda bo’ladilar. Bu sodda sxemada ko’rsatilgan.
1-sxema
1-sxema. Iqtisodiy tizimda tovar va pul aylanishining sodda ko’rinishi.
Aholi
tashkilotlar
Aholi
Tovarlar va mahsulotlarni sotib olish
uchun qilinadigan xarajatlar
Resurslar uchun tqlovlar
Tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bqlgan resurslar
Tovarlar va mahsulotlar.
30
Bu sxema bo’yicha ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslar va tovarlar harakati
soat millari harakati bo’yicha ko’rsatilgan. Bu ko’rinishda resurslarning barchasi
faqatgina aholining o’ziga tegishli deb qaralgan va bu resurslar korxonalarning tovar
va boshqa mahsulotlariga ayirbosh qilinadi. Bu jarayonning amalga oshishida pul
kabi vositachi ishtirok qilmaydi. Ayirboshlash jarayoni pulsiz barter tariqasida
namoyon bo’ladi. Ayirboshlashning oddiy shakli, biz oldingi boblarda
ta’kidlaganimizdek, mazmun jihatdan sodda bo’lsada, amalga oshirish jarayonida
ma’lum qiyinchiliklar mavjud.
Shuning uchun tomonlar o’rtasidagi oldi-sotti jarayonini tezroq va samaraliroq
amalga oshiruvchi vositachi zarur. Bu jarayonning kechishi sxemada soat millari
yo’nalishiga teskari ko’rsatilgan. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy va
mehnat resurslari shu resurslar uchun to’lovlar - ish xaqi, renta to’lovlari, foiz
daromadlari bilan bog’langan holda tovar va pul massasini tenglashtiruvchi mustaqil
oborotni yuzaga keltiradi.
Ikkinchi oborot, bu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarni aholiga sotish va
aholi tomonidan shu tovarlar uchun to’lash natijasida yuzaga kelgan oborotdir.
Bu oborotning bir-biri bilan bog’lanib ketishi iqtisodiy tizimda daromadlar va
mahsulotlarning aylanishini yuzaga keltiradi.
Tovar bozori va resurslar bozorining yuzaga kelishi, mahsulot va milliy
daromadning yuza kelishiga olib keladi. Milliy daromadning bir qismi aholi
tomonidan jamg’arilib moliyaviy bozorlar orqali investitsiya shaklida korxona,
tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadi, bir qismi esa davlat zayomlari orqali byudjet
defitsitini qoplashga yo’nashtiriladi. Natijada pul oqimi o’zining asosiy kanallari
orqali korxona, tashkilot-aholi, tovarlar bozori va resurslar bozoridan o’tib moliya
bozori va davlatgacha etib keladi, ya’ni, aholiga kelib tushadigan daromadning bir
qismi soliqlar sifatida davlat ixtiyoriga kelib tushadi. Shuning uchun ham pul
oborotining salmoqli qismini milliy daromadni yaratish, taqsimlash va qayta
taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar tashkil qiladi. Milliy daromadni
yaratishda pul oboroti jamiyat a’zolari bilan korxonalar o’rtasidagi to’lovda namayon
31
bo’ladi. Umumlashtirilgan holda jamiyatimizda yuzaga keluvchi pul xarakatini
qo’yidagi sxemada ko’rsatish mumkin.
2-sxema
2-sxema. Rivojlangan iqtisodiy tizimda pul va tovar oboroti.
Yuqoridagi keltirilgan sxema bo’yicha pul oborotining quyidagi guruhlarini
ifodalab berish mumkin.
- ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan to’lovlar (ishlab chiqarish
vositalarini sotib olish, ish haqi to’lash va boshqalar):
- xarajatlarni qoplash uchun kelib tushadigan tushumlar va jamg’armalarni
tashkil qilish;
- turli xil moliyaviy majburiyat va daromadlaridan to’lovlarni amalga oshirish
va boshqa to’lovlar. Korxonalar oladigan daromadlardan byudjetga to’lovlar, ya’ni
soliqlar va boshqa to’lovlarning amalga oshirilishi ham pul oborotining bir qismini
tashkil qiladi.
milliy mahsulot
davlat buyurtmasi
milliy mahsulot
xarajatlar
Davlat
Moliya bozori
Aholi
Resurslar
bozori
Korxona,
firmalar
Resurslar bozori
investitsiya b-n bog’liq
xarajatlar
milliy daromad
milliy daromad
jami resurslar
jamg’armalar
investitsiyalar
soliqlar
xarajatlar
jami resurslar
32
Pul oboroti moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonini ham o’z ichiga oladi.
Kapital mablag’lardan foydalanish va ba’zi sohalarda xarajatlarni moliyalashtirish,
banklar tomonidan kreditlash jarayonlarining amalga oshirilishi ham pul oborotining
yuzaga kelishi uchun zarur sharoitdir. Kreditlash uchun zarur bo’lgan kredit resurslari
pulning uzluksiz aylanishi natijasida vujudga keladi. Korxona, tashkilotlar tomonidan
moddiy qiymatliklar, materiallar, yoqilgi va boshqalarni sotib olish uchun
muljallangan pul mablag’lari oldindan avanslashtiriladi. Qiymat pul shaklidan tovar
shakliga o’tadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sotiladi va mol etkazib beruvchining
hisob varag’ig’a pul mablag’lari kelib tushadi. Shu tariqa korxonalarning puli
uzluksiz aylanib turadi. Tovarlar uchun to’lovlar naqd pulsiz amalga oshirilgani
uchun korxona hisob varag’ig’a kelib tushgan pul, uni ishlatishga zarurat
tug’ulguncha banklarda saqlanadi.
Korxona, tashkilotlarning vaqtincha bo’sh turgan pullari ularning roziligiga
asosan bank tomonidan kredit resurs sifatida ishlatilish mumkin. Korxona
tashkilotlarning bo’sh pul mablag’laridan tashqari, banklar jamoat tashkilotlarning,
byudjet, sug’urta, tashkilotlarning, aholining banklardagi pul mablag’laridan o’z
resurslari sifatida foydalanib, xalq xo’jaligi tarmoqlariga kreditlar berishi mumkin.
Shunday qilib, banklar tomonidan pul mablag’larining yig’ilish jarayoni pul
oborotida namoyon bo’ladi.
Korxona tashkilotlarni kreditlashda pul mablag’lari vaqtincha foydalanishga
beriladi. Kedit berish va kredit hisobidan tovar moddiy boyliklarni sotib olish va uni
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari uchun sarflash va keyinchalik kreditni to’lash
ssuda schyotiga mablag’ o’tkazish jarayoni pul oborotining elementlaridan biri
hisoblanadi.
Pul oboroti investitsiya bilan bog’liq xarajatlarni, sug’urta jarayonlarini amalga
oshirilishini, mulkni, hayotni, transport vositalarini, ekin bog’larni, boshqa
buyumlarni sug’urta qilish va uni to’lashni o’z ichiga oladi.
Pul oboroti aholi tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, gaz, elektr
energiyasi, aloqa xizmatlar uchun to’lovlar, madaniy maishiy xizmat ko’rsatish
korxonalariga to’lovlar, transport uchun va boshqa to’lovlarni, a’zolik badallarni va
33
paylarni to’lashni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, pulning ayrim kanallarida
harakatini ko’rib chiqa turib, pul oborotining mohiyatini qo’yidagicha ta’riflash
mumkin. Pul oboroti - bu naqd pullik va pul o’tkazish yo’li bilan olib boriladigan
hisob-kitoblarning yig’indisidir. Pul oborotini ikki asosiy belgiga qarab - birinchidan,
jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish, va ikkinchidan, pulning funktsiyalariga qarab
tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin. Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish
jarayoni bilan bog’liq holda pul oboroti: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital
qurilish bilan bog’liq oborotga, hamda tovar va ularning harakati bilan bog’liq
bo’lmagan oborotga bo’linadi.
Pul oborotining birinchi turiga 2 sxemada keltirilganidek, ishlab chiqarish
jarayoni uchun zarur jami resurslar - mehnat qurollari, mehnat vositalari, ish kuchi
sotib olish va aksincha aholi tomonidan davlat, koopertiv-savdo tashkilotlardan,
kolxoz bozorlaridan, fuqarolardan ist’emol uchun zarur tovarlarni sotib olish, va
aholi tomonidan yuqoridagi sub’ektlarga tovarlar sotish, kapital qurilish va
ta’minlash sohasidagi hisob-kitoblar va boshqalar kiradi.
Pul oborotining ikkinchi turiga ishchi, xizmatchilarga ish haqi to’lash, milliy
daromadni taksimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liq to’lovlar, kreditlash jarayoni
bilan bog’liq to’lovlar va boshqa tovar harakati bilan bog’liq bo’lmagan to’lovlar
kiradi.
Pul funktsiyalariga va to’lov turiga qarab pul oboroti naqd pullik va naqd
pulsiz oborotga bo’linadi.
Pul oborotining asosiy qismini naqd pulsiz oborot, ya’ni korxona, tashkilotlar
o’rtasidagi, ularning davlat byudjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir
schyotidan ikkinchi schyotga mablag’ o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan
oborot tashkil qiladi.
Pul oboroti tarkibida naqd pulsiz oborot salmog’ining yuqori bo’lishining
sababi, avvalam bor korxona, tashkilotlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni yuksaltirish zarurligi, ba’zi
bir tarmoqlarning ixtisoslashuvi, kredit sistemasining takomillashuvi va boshqalardir.
34
Tovarlarni sotish jarayonidagi hisoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan
bog’liq bo’lib, ular asosan korxona, tashkilotlar o’rtasida olib boriladi.
Notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta
taksimlash bilan bog’liq bo’lgan to’lovlar, daromaddan to’lovlar, har xil badallari
soliqlar, kreditlarni to’lash, uy-joy, har xil xizmatlar uchun to’lovlar va boshqalar
kiradi.
Tovarlar
harakati
bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitoblarning naqd pulsiz
o’tkazilishi, moddiy boyliklarni etkazish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov
muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi. Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar
uchun to’lovlarning o’z vaqtida o’tkazilmasligi korxonalar mablag’larining xo’jalik
oborotidan chiqib ketishga, ko’zlangan rejalarni bajarishga mablag’larning
etishmasligiga olib keladi. To’lovning tovarlarni olishdan oldin amalga oshirilishi
mol sotib oluvchi korxona mablag’larining xo’jalik oborotidan chiqib ketishiga olib
keladi. Shuning uchun tovarlar harakati va to’lovlar bir-biriga mos kelishi katta
ahamiyatga ega.
Pul oborotini ko’rib chiqishda biz to’lov oboroti bilan naqd pulsiz oborotlar
o’rtasida farq mavjudligini ta’qidlamoqchimiz. To’lov oboroti deb pulning to’lov
vositasi sifatida harakati tufayli vujudga kelgan pul oborotiga aytiladi. To’lov
oborotining tarkibiy qismi bo’lib to’liq naqd pulsiz oborot va naqd pul oborotining
pulning to’lov vositasi funktsiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi.
35
3 - sxema.
Pul oborotining tarkibiy qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |