Ko’rsatkich
Hisobot ma’lumotlari
Optimal
ahamiyat
Og’is
hi, %
Keyingi davr
uchun taklif
qilingan
ahamiyat
Avvalgi
davr
Hisobot
davri
Qarz vositalari
600
500
750
66
900
Yuqorida ko’rib chiqilgan ikkala modul ham o’z faoliyati jarayonida operativ
ma’lumotlardan tashqari, soliq stavkalari, moliyaviy va boshqa koeffitsientlarning
chegaraviy ahamiyatlari, kredit uchun o’rtacha stavka va shu kabi ma’lumotlarni o’z
ichiga olgan fayllardan foydalanadi.
518
17- MAVZU. KOMPYUTER TIZIMI MUHITIDA AUDIT O’TKAZISH
519
REJA:
17.1
Kompyuter tizimi muhitida audit o’tkazish va auditning kompyuterli metodi.
17.2. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilish sharotida audit.
17.3. Kompyuter tizimini audit aspektlariga ta’siri (rejalashtirish, ichki nazorat
tizimini o’rganish, xo’jalik muammolari).
17.1
Kompyuter tizimi muhitida audit o’tkazish va auditning kompyuterli
metodi.
Hozirgi kunda ko’pchilik iqtisodiy sub’ektlar buxgalteriya va TMB hisobini
yuritishda turli xildagi kompyuter tizimini qo’llashmoqda. Buxgalteriya hisobida
kompyuterlarning qo’llanilishi, o’z navbatida:
a) hisob-kitoblarning vaqtida o’tkazilishini ta’minlaydi;
b) operativ boshqaruv ma’lumotlarini olishni tezlashtiradi;
v) moliyaviy tahlil imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tashqi mustaqil va ichki audit ma’lumotlarini kompyuterni qo’llash orqali
tahlil qilganda o’zining maqsadi va vazifalarini o’zgartirishsiz saqlaydi.
Oddiy hamda kompyuterlashtirilgan buxgalteriyani tekshirish metodikasi
o’rtasidagi farqni aniqlash, korxonalardagi kompyuter tizimidagi hisobini audit qilish
metodi va aniq usulini topish, rejalashtirish metodikasini ishlab chiqish zarur.
Ushbu mavzuning dolzarbligi, kompyuter tizimlari auditining ishlab
chiqilmaganligidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobi uchun yaratilayotgan
dasturlarning shiddat bilan rivojlanishiga qaramay, oxirgi paytda chop etilgan
adabiyotlarda yuqoridagi mavzu umuman ko’tarilmagan.
Bu bo’limda biz kompyuter tizimida ishlashning ichki tekshirishini tashkil
qilish bo’yicha nazariy ko’rsatmalar berishga harakat qilamiz.
Kompyuter tizimini audit qilish metodikasi, uning kompyuter tizimi ishlarining
samaradorligini baholash uchun qo’llanilishi, ichki nazoratni takomillashtirish uchun
aniq ko’rsatmalar ishlab chiqish tadqiqot predmeti uchun asos qilib olindi.
Olingan natijalarni davlat va nodavlat korxonalardagi kompyuterlashtirilgan
hisobni audit qilishni rejalashtirishda qo’llash mumkin.
Bugungi kunga kelib auditorlik standartlari bo’yicha xalqaro qo’mita
tomonidan 33 ta standart ishlab chiqilgan. Bu standartlarni auditorlar faoliyatini
nazorat qilishning milliy andozalari uchun qo’llash taklif qilinadi. Ulardan 3 tasi
aynan kompyuter tizimida tekshirish o’tkazishga tegishli:
2.12. Auditning kompyuterli metodi.
2.11. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilish sharoitida audit o’tkazish.
2.16. Ma’lumotlarni elektron tahlil qilishning hisob tizimini baholash va ichki
nazoratga ta’siri.
Asosan yirik korxonalarda majburiy auditorlik tekshirishi o’tkaziladi. Ish
yuritishning hozirgi sharoitida buxgalteriya hisobining kompyuter tizimini qo’llamay
olib borishning iloji yo’q. Turli firma va xo’jalik sub’ektlarida hisob yuritish tizimida
avtomatlashtirishni qo’llash o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan,
kompyuterni oddiy kalkulyator sifatida qo’llashdan, to hisobni butunlay
avtomatlashtirish uchun yuqori darajadagi kompyuter tizimini yaratishgacha.
520
Bugungi kunga kelib bir-biridan farq qiluvchi juda ko’plab buxgalteriya dasturlari
paketlari mavjud.
Kompyuterlar qo’llanilgan buxgalteriya hisobi «qo’lda» yuritilgan buxgalteriya
hisobidan farq qilgani kabi, kompyuter tizimi muhitidagi audit ham «qog’ozli»
buxgalteriyadan farq qiladi.
Korxonalarda hisobning kompyuter tizimi mavjudligi audit qilish usuliga o’z
ta’sirini o’tkazadi. Auditorlik andozalarning 2.5. «Auditorlik isbotlari» loyihasiga
ko’ra, auditorlar tekshirish o’tkazish jarayonida oddiy buxgalteriya hisobi yuritishda
bo’lgani kabi kompyuterli buxgalteriya hisobi yuritishda ham bir xil bo’lgan quyidagi
muolajalarini qo’llashlari lozim:
- mijozning turli aktivlarini inventarizatsiya qilishda ishtirok etish yoki
kuzatish;
- uchinchi tomondan mijoz hisob raqamlaridagi qoldiqlarining, hisobotning
ma’lum bir bo’limlari buyicha haqqoniyligini va xo’jalik operatsiyalarining
to’g’riligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni yozma ravishda olish;
- mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlarini tekshirish.
Tekshirish o’tkazish uslubida asosiy farqlar quyidagi muolajalarda kuzatiladi:
- korxona rahbari va ishchilarni og’zaki so’rovdan o’tkazish. So’rov
natijalariga tayanib, auditorlik tekshirishi rejalashtiriladi.
- mijozning arifmetik hisoblarini tekshirish.
- ba’zi-bir xo’jalik va buxgalterlik operatsiyalarining bajarilishini kuzatish.
Kompyuter tizimi auditning asosiy maqsadi - bu kompyuter tizimini
buxgalteriya hisobining bir bo’g’ini sifatida qarab, shu asosida ma’lumotlar yig’ish
va ularga ob’ektiv baho berishdir.
Hozirgi zamon auditorlariga asosan kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi
bilan ish yuritishga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarni tahlil qilishning xarajat talab qilishi,
kompyuter xizmatlari ko’rsatish markazlarining rivojlanishi, va nihoyat, qimmat
bo’lmagan mikrokompyuterlarning paydo bo’lishi, hatto kichik ish yurituvchilar
tomonidan ham ma’lumotlarni olib keladi.
Kompyuter tizimining keng tarqalishi auditda «Kompyuter muhitida audit»
hamda «Kompyuterli audit» degan sohalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Quyida
biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorati uslubiyotini ishlab chiqish ustida
to’xtalamiz. Bu mavzu audit sohasida AQShda taniqli bo’lgan, Texas shtatidagi Ostin
universiteti professori Dj.Robertsonning «Audit» nomli monografiyasida to’la
yoritilgan.
Dj.Robertsonning tasdiqlashicha, kompyuter tizimi auditning 3 ta aspektiga o’z
ta’sirini ko’rsatadi:
- Rejalashtirish;
- Ichki nazorat tizimini o’rganish;
- Nazorat tizimi, xo’jalik operatsiyalarining bo’laklari, hisob schetlaridagi
qoldiqlar to’g’risidagi haqqoniy ma’lumotlarni yig’ish.
Mana shu tartibda biz auditorlik tekshirish o’tkazishning xususiyatlarini ko’rib
chiqamiz.
521
Uslubiyotni ishlab chiqish jarayonida biz quyidagi savollarni aniqlab olishimiz
zarur:
- buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan tizimida
yuritish orqali;
- kompyuterlashtirilgan muhitda audit tekshirish o’tkazishni rejalashtirishda
hisobga olinadigan qo’shimcha omillarning mavjudligi;
- nazoratning umumiy va ustama uslublari o’rtasidagi farq;
- nazoratning nosamaradorligini baholash fazasida ma’lumotlarni elektron
tahlil qilishning ta’siri;
- funktsional majburiyatlarni taqsimlash, dasturli faylar va ma’lumotli fayllarga
kirishni nazorat qilish, apparat mablag’larini nazorat qilish tizimlarni tushuntirish va
aynan o’xshatish.
- nazoratning ustama uslublarining ro’yxati va ularning izohlanishi.
- minikompyuterlarga asoslangan tizimlar nazoratining o’ziga xosligini
muhokama qilish.
Kompyuter tizimi muhitida auditorlik tekshirish o’tkazishning asosiy maqsadi -
shu muhitda tayyorlangan ma’lumot tavakkalchiligini eng kam darajaga
yaqinlashtirishdan iborat.
Dj.Robertson kompyuter tizimi muhitida auditorlik tekshirishi o’tkazishning
quyidagi uslubiyotini taklif qiladi.
Auditorlik tekshirishini rejalashtirish. Maqsad - ma’lumotlarni avtomatik
ravishda tahlil qilishning moliyaviy hisobot auditga ta’sirini baholashdir:
- Avtomatlashtirish darajasini baholash;
- Avtomatik operatsiyalar darajasini baholash;
- Ma’lumotlarni kompyuterlarda tahlil qilishning tashkil qilinganligini
baholash;
- Ma’lumotlarning hammabopligini baholash;
- Auditning avtomatlashgan uslublarini qo’llash imkoniyatini baholash;
- Maxsus tayyorgarlik zarurligini baholash.
Kompyuter tizimini o’rganish.
Birinchi bosqichning maqsadi - audit tekshirishi muolajalarining mazmunini va
chuqurligini rejalashtirishga asos sifatida ichki nazorat bo’g’inlaridan foydalanish
imkoniyatlarini topish uchun nazorat muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat
muolajalari to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni yig’ishdan iborat:
Nazorat muhiti: Tashkiliy tuzilma;
Nazorat muhiti: majburiyat va vakolatlarni topshirish tizimi;
Nazorat muhiti: tizimni nazorat qilish uchun ma’muriyat tomonidan
qo’llaniladigan uslublar;
Buxgalteriya hisobi tizimini o’rganish.
Nazoratning nosamaradorlik tavakkalchiligini baholash.
Maqsad - audit tekshirishning umumiy va ustama muolajalaridan foydalanish
zarurligini aniqlash uchun ichki nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini
baholashdan iborat.
Kompyuter tizimi: nazorat yondoshish va uning tavsifi.
522
Nazoratning umumiy muolajalari tavsifi.
Nazoratning ustama muolajalari.
Oddiy kompyuterlashgan tizimda nazorat nosamaradorlik tavakkalchiligini
baholash.
Ma’lumotlar umumiy tahlil qilinadigan oddiy tizimlarda kompyuterli nazorat
muolajalarini testdan o’tkazish.
Maqsad - kompyuter tizimi muhiti haqida aniq ma’lumotlarni yig’ish.
Nazorat muolajalarini testdan o’tkazish uchun qo’llaniladigan kompyuter
texnikalariga umumiy yondoshish.
Nazorat ma’lumotlarining uslubi.
Parallel modellashtirish uslubi.
Aniq ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan nazorat uslubi.
Operatsiyalarni belgilash.
Auditorlik fayllari.
Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat.
Tizim ish yuritishining doimiy nazorati.
Kengaytirilgan yozuvlar.
Korxonalarning soliq idoralariga hisobot topshiruvchi va ma’lumotlarni tahlil
qilish uchun javob beruvchi bo’g’inlari nazoratning ob’ekti hisoblanadi.
Kompyuter tizimining mohiyatini to’g’ri tushunish uchun tashkil etuvchi
barcha bo’g’inlarni ko’rib chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |