Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


- VI sinf – materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

 
- VI sinf – materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi;
 
- VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiy geografiyasi; 
- VIII sinf – O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi; 
- IX sinf – Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi; 
- X sinf – Amaliy geografiya. 
Tabiatshunoslik kursi – 
tabiiy xodisalar, moddalar, yer haqida oddiy 
ma’lumotlarni beradi. Bu kurs quydagi bo’limlardan iborat: 
1. Vatanimiz tabiati: joy tomonlarini aniqlash (ufq va ufq chizig’i, kompas 
bilan joy tomonlarini aniqlash: plan va masshtab: sinf, maktab, shahar plani, joy 
planini o’qish: plan va geografik harita) vatanimiz xaritasi oldida 


49 
2. O’zbekiston tabiatining xilma – xilligi: cho’llar (tabiati, qumli barxan, 
cho’l tabiatini inson tomonidan o’zlashtirish, o’simlik va xayvonlar, cho’lda 
kechasi, cho’l aholisining yumushlari, Qizilqumda kumushsimon o’rmon, cho’l 
mo’jizasi): tog’ tabiati 
3. O’zbekiston tabiatini qo’riqlash:tabiat va insonni o’zaro ta’siri, tuproq, suv 
va havoni qo’riqlash, Qizil kitob, qo’riqxonalar, O’zbekiston tabiati yodgorliklari. 
Tabiiy geografiya kurslari
o’quvchilarga geografik qobiqda sodir bo’ladigan 
voqea va hodisalar, ularni kelib chiqish sabablari va rivojlanish oqibatlari, Yer 
qobiqlari orasidagi aloqalar haqida har bir materik, okeanning tabiati, O’rta Osiyo 
va O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va 
jahon iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari haqida bilimlar beradi.
Amaliy geografiya
– umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi hamda
akademik litsey va kasb – xunar kollejlarining I-kursida o’tiladi. Mazukr kurs 
geografiya fanining amaliy tomonlarini ochib beradi.
Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi. 
Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi quydagi qismlardan 
iboart:
- VI sinf – tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs);
-VII sinf – materiklar va okeanlar geografiyasi; 
- VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi; 
Yordamchi maktablardagi geografiya kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri 
ularning soddalashtirilganidadir. 
O’zbekiston mustaqillik erishgach Davlat ta’lim standarti ta’lim tizimimg 
barcha bo’g’inlari uchun ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etildi.
“Standart” so’z inglizcha bo’lib, “
nusxa
”, “
o’lcham
”, “
me’yor
” degan 
ma’nolarni anglatadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida 
yuqorida qayd etilgan ta’lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi 
Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi. Unda “Davlat ta’lim standartlarini bajarish 
O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb 
belgilab qo’yilgan. 
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi 
tamoyillar asos qilib olingan: 
-
DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; 
-
o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-
ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi; 
-
umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari 
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
-
umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; 
-
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi; 
-
umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga tayanish; 


50 
-
o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar 
bilan «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan 
zamonaviy talablarning uzviyligi; 
Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, 
saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. 
DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini 
baholash tartibini belgilaydi. 
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizomlar 
va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan DTS o’quv fani 
bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma 
va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi 
me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya ta’limi 
mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning 
geografik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat 
bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi. 
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida geografiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni 
ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichlar umumiy o’rta 
ta’lim maktablari uchun geografiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda 
hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi. 
Geografiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga 
qo’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart 
bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, 
amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini 
ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich 
va talablar geografiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib 
xizmat qiladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan davlat ta’lim 
standartida keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab geografiya ta’limi 
mazmunini to’liq qamrab oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyadan tuzilgan DTSda qayd 
etilgan maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida 
o’quv fani bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchilarning yoshlik va 
psixologik xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik va izchillik asosida 
mantiqiy bir tizimga keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan 
boblar ularni o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar 
tarkibiga kiradigan mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Geografiyadan 
tuzilgan o’quv dasturi mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va 
bajarilishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi 
2.Geografiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari. 
Geografiya ta’lim standarti geografiya ta’limining maqsad va vazifalarini 
yoritishdan boshlanadi. Geografiya ta’limining bosh maqsadi o’quvchi shaxsini 
tarbiyalashdan iborat. Geografiya ta’lim standartida geografiya ta’limining asosiy 
vazifalari atroflicha yoritib berilgan. 


51 
Tabiiyot va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim 
standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
-
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; 
-
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; 
-
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; 
-
baholash tizimi. 
Tayanch o’quv rejaga muvofiq Tabiiyot va geografiya fanidan o’quv 
sostlari quyidagicha ajratilgan (3-jadval). 
3-jadval 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish