resurslarni sotish, ishlab chiqarish omillaridan nomuqobil foydalanish
yo’li bilan amalga oshirilgan. Oddiy qilib aytganda, resurslarni talon –
taroj qilishga, ulardan vahshiyona foydalanishga yo’l qo’yilgan.
Iqtisodiy fanda yangi liberal yo’nalishining atoqli vakili Lyudvig fon
Mizes qayd qilib o’tganidek ,,... bitta boshqaruvchi (ya’ni davlat – izoh
muallifniki) amal qiladigan sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarish
omillarining narxi ham yo’q, iqtisodiy hisob kitobi ham yo’q.
Kapitalistik jamiyatda tadbirkorni ishlab chiqarish omili o’z
narxi orqali
ogohlantiradi: “Menga tegma, men boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun
mo’ljallanganman”. Sotsializmda bu omillar saqov”. (Mizes L.
Byurokratiya. Zaplanirovanniy xaos. Antikapitalisticheskaya
mentalnost. M., 1993. s.30).
Xo’jalik hayotining barcha tomonlarini umumiy rejalashtirishga
asoslangan jamiyatda ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini
oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, tovarlar assortimentini
kengaytirishga,
xarajatlarni kamaytirishga, FTT yutuqlarini tadbiq
etishga, o’z malakasini oshirishga qiziqishi bo’lmaydi. Ayniqsa
resurslarning bir markazdan taqsimlanishi, qat’iy belgilangan ish haqi,
narxining davlat tomonidan o’rnatilishi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan
iqtisodiy taraqqiyotga to’siq bo’ldi.
Sobiq ittifoqda olib borilgan xato iqtisodiy siyosat, iqtisodiyot
tuzilmasiga bo’lgan noto’g’ri yondashuv O’rta
Osiyo respublikalari
aholisi turmush sharoitining yomonlashuviga, mazkur hududning hom
ashyo bazasiga aylanishiga olib keldi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov mamlakatda ushbu rejali tizim
keltirib chiqargan salbiy oqibatlarni o’z asarlarida tahlil qilib, ko’rsatib
berdi. Ular umumiy tarzda quyidagicha tafsivlanadi:
- markazga qaram bo’lgan bir yoqlama rivojlangan iqtisodiyotning
yuzaga kelishi;
- eng muhim iste’mol tovarlarning (masalan, un, shakar, go’sht, sut)
chetdan keltirilishi;
- xom
ashyolarni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarishning
juda past darajasi;
- iste’molchilarning tovarlarni tanlov huquqining yo’qligi;
- O’zbekistonda etishtirilgan paxta, qazib olingan oltin va boshqa
qimmatbaho metallarni jahon bozorida sotishdan tushgan foyda uning
xazinasiga kelib tushmasligi;
- moliya –
pul tizimining ishdan chiqishi;
101
- mineral qazilma boyliklarning asossiz ishlab chiqarilishi va ichkariga
tashib ketilishi;
- shahar va qishloq aholisi turmush darajasidagi farqning ortib borishi;
- ekologik muammoning keskinlashuvi;
- tashqi savdo tuzilmasida xom ashyo hissasining ustunligi.
Bir butun xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan olib qaraganda O’zbekiston
rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq ittifoqdan “batamom barbod
bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy va narx –
navo tizimini, o’ta izdan chiqqan
boshqaruv mexanizmini va iqtisodiy munosabatlarini meros qilib
oldilar”
2
.
Rejali tizim keltirib chiqargan salbiy holatlarni, O’zbekistonning
iqtisodiy salohiyatini har tomonlama, chuqur tahlil qilib, I.Karimov
xulosa qiladi: “O’zbekiston o’tmishning og’ir oqibatlarini bartaraf
etishga,
tanglikdan chiqib olishga, iqtisodiy mustaqillikka erishib,
rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilishiga imkon beradigan etarli
kuch qudratga ega”
3
. Prezident O’zbekiston bozor munosabatlarini
shakllantirish va rivojlantirish orqali bunday imkoniyatlarni ro’yobga
chiqarishi mumkin ekanligini ham ko’rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: