Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya,
qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa
hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi
jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu
tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida
mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga
muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining
barcha jab-
halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida
taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning
konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy
munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga
solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot
muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish,
shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda
belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini
bajarishida namoyon boʻladi.
Mamlakatda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipining real joriy etilganligi Oʻzbekistonda
konstitutsiya va qonunlar ustunligini taʼminlashning muhim kafolatidir. Unga koʻra,
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati boʻgʻinlari oʻzlarining konsti-
tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular
oʻrtasidagi munosabatlarni uygʻunlashtirishda eng oliy hakam qonundir.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya
etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-
yuridik ahamiyatga ega. U oʻz farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy
tamoyillarning , qonu
nlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga toʻla joriy etilishi
uchun yoʻl ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi
Preziden-
tining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish
toʻgʻrisida" farmoyish qabul qilganligi (2001 yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning
mavqei va nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi. Garchand,
farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy
madaniyatni oshirishdan iborat
boʻlsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning
eʼzozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va
idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi
qarorida (1997 yil 9 okt.) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning
Ko
nstitutsiya va qonunlarga mosligini taʼminlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib,
ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda roʻyxatdan
oʻtmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi, ularni hayotga
joriy
etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlashda
prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari
muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat
birlashmalari, korxonal
ar, muassasa va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, qonun
buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-
sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf
etish chora-
tadbirlarini koʻradilar. Qonunni qoʻpol buzish hollari aniqlanganda
maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlash uchun tashkiliy-
huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning
samaradorligini oshirib borish lozim.
5. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini
ta’minlash , sud hokimiyatining nufuzini
oshirish , sud tizimini yanada
demokratlashtirish va takomillashtirish.
Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil
demokratlashtirish, sud hokimiyati
ning mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga
qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi.
O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish,
uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda
ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha
salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada
takom
illashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka
komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga
oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.
Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi
–O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va
Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona
sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.
Harbiy sud sudyalarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi,
adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va
moliyaviy ta’minlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti.
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash
imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish
va maqbullashtirishni talab etadi.
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining
ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha
konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati
ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va
nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va
tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Sudyalar hamja
miyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud
hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga
ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda –
Kengash) tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya
etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shayotgan ijro apparati
shtat birligi Kengashga o‘tkazilsin.
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli
mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga
ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish;
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi
faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati
samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus
ko‘rsatish;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga
qo‘yish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish
darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka
tortishga xulosa berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais o‘rinbosarlari,
sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi;
harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman
(shahar), tumanlararo sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan
holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini
demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha
tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan so
ni 21 nafar bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqot markazi sifatida o‘zgartirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
6. Kengash tarkibini shakllantirishning quyidagi tartibi belgi
lansin, unga ko‘ra:
Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tayinlanadi;
o‘n bir nafar a’zo Kengash raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezid
enti tomonidan Kengash a’zosi lavozimidagi davrida sudyalik maqomi saqlangan
holda sudyalar orasidan tasdiqlanadi;
to‘qqiz nafar a’zo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali
mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.
7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash a’zolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar,
mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-
iyundan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy,
ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi –
O
‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish;
ommaviy-
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman
(shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat
birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi,
okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi
harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan
huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib
o‘zgartirish;
ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman
(shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish;
amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida
sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga
tegishli ravishda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning 10–12 va 8
razryadlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar
Oliy sud va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy
sudlarining sudyalari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar.
9. Yangidan t
ashkil etilayotgan sudlarni to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qo‘shimcha 560 ta shtat
birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin.
Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar – 67 ta birlik;
fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
sudlari uchun 313 ta birlik, shundan sudyalar
– 108 ta birlik, fuqarolik ishlari bo‘yicha
tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 654 ta birlik, shundan sudyalar
– 252 ta birlik;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari uchun 128 ta
birlik, shundan sudyalar
– 58 ta birlik, tuman (shahar) ma’muriy sudlari uchun 408 ta birlik,
shundan sudyalar
– 204 ta birlik;
jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari
uchun 326 ta birlik, shundan sudyalar
– 115 ta birlik, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar)
sudlari uchun 898 ta birlik, shundan sudyalar
– 321 ta birlik;
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 28 ta birlik, shundan
sudyalar
– 10 ta birlik;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari uchun 117 ta
birlik, shundan sudyalar
– 59 ta birlik, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun
433 ta birlik, shundan sudyalar
– 181 ta birlik.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti
(keyingi o‘rinlarda – Oliy sud huzuridagi Departament):
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar
faoliyatini moddiy-
texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sudlar faoliyatini
moddiy-
texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘linmalarining 51 ta boshqaruv xodimi
shtat birligini o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari sudyalari harbiy xizmatchi maqomini yo‘qotganligi
munosabati bilan
davlat byudjeti mablag‘lari tejalishi hisobiga 17 ta boshqaruv xodimi shtat
birligini kiritish yo‘li bilan tashkil etilsin.
Oliy sud huzuridagi Departamentning cheklangan soni 68 ta birlik, shu jumladan markaziy
apparatda
– 12 ta birlik, hududiy bo‘limlarda – 56 ta birlik miqdorida belgilansin.
11. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sudlar faoliyatini moddiy-
texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishni tashkil etish,
shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini
ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni
ko‘rish;
sudyalar va sud appara
ti xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini
yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
12. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari va ijro apparati xodimlarining
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lash razryadlari 1–3-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti
markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5–6-
ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimining tashkiliy-shtat tuzilmasi, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudining tuzilmasi 7
–8-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek
tuman (shahar) ma’muriy sudlarining namunaviy tuzilmalari 9–10-ilovalarga muvofiq;
fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
sudlari, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining
namunaviy tuzilmalari 11
–12-ilovalarga muvofiq;
jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari,
shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining namunaviy tuzilmalari 13–14-
ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari, tumanlararo,
tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining namunaviy tuzilmalari, tumanlararo, tuman (shahar)
iqtisodiy sudlarining yurisdiksiya hududlari 15
–17-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining
belgilangan umumiy soni doirasida tegishli sudlarning tuzilmalariga Kengash bilan
kelishilgan holda o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda:
harbiy sudlar tuzilmalari qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining barcha shaxsiy tarkibini haqiqiy harbiy
xizmatdan bo‘shatish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi,
okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan binolar, xizmat turar joylari,
transport vositalari, mebellar, komputer texnikalari va boshqa mulklarni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
14. O
‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi
Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqot markazi haqidagi nizom, uning tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqidagi qarorlari loyihalari ishlab chiqilishi va kiritilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy
tajribani chuqur o‘rganish asosida sud va boshqa yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta
tayyorlash, malakasini oshirishning
yagona tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritilishini;
Kengash bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini, yangidan tashkil etilayotgan
sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, mazkur Farmonga muvofiq lavozimi
qisqartirilayot
gan sudyalar va sud xodimlari hisobidan to‘ldirilishini;
yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning
hududiy bo‘limlari joylashtirilishini, mebel, komputer texnikasi va aloqa vositalari bilan
jihozlanishini;
Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga
mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan ma’muriy
sudlar tashkil etilishi munosabati bilan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, yangidan
tashkil etilayotgan iqtisodiy sudlar vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek sudlarning
apellatsiya va kassatsiya instansiyalari quyi turuvchi sudning qarorini o‘zgartirgan yoki bekor
qilgan taqdirda ishni yangidan ko‘rib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish
bo‘yicha vakolatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini va kiritilishini
ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloya
tlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan
birgalikda bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini
ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda
tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi va ro‘yxatdan
o‘tkazilishini, shuningdek harbiy sudlarni ta’minlash uchun ajratiladigan pul mablag‘larining
qisqarishi
ni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xarajatlar
smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin;
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining kuzatuv kengashi bilan birgalikda
yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning
hududiy bo‘limlari joylashtirilishi, mebel, komputer texnikasi va aloqa vositalari bilan
jihozlanishi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy
mablag‘larning Jamg‘arma hisobidan ajratilishini ta’minlasin;
ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar 2017-yilda ajratilsin, 2018-yildan
boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida moliyalashtirish uchun
zaru
r bo‘lgan byudjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini
ushbu Farmon va
zifalari va talablariga mos keladigan ma’muriy binoga joylashtirish bo‘yicha
takliflar kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda sudlar faoliyatida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish holatini tanqidiy o‘rgansin hamda sud tizimi faoliyati
samaradorligini va aholining odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan axborot
tizimlari va resurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar Dasturini
tasdiqlash haqidagi tegishli hukumat qarori loyihasini kiritsin.
19. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-
tadbirlarning samarali, sifatli va o‘z vaqtida
bajarilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–
4947-
sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq
tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya
zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |