1 joriy nazorat. Fuqarolik jamiyati g'oyalari evolyutsiyasi



Download 327,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi327,53 Kb.
#74854
  1   2   3
Bog'liq
1-joriy nazorat strategiya 16011



 

 

1 – joriy nazorat. 



1. Fuqarolik jamiyati g'oyalari evolyutsiyasi. 

Fuqarolik jamiyati — haqiqiy 

fuqarolardan

, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan 

hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan 

huquqiy

 va 


siyosiy

 madaniyatga ega 

odamlardan iborat jamiyatdir. 

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va 

demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga 

uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash 

kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror 

topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-

xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei 

baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, 

ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat 

birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va 

nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. 

Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 

oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga 

yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini 

tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat 

mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, 

pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan 

aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli 

davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi. 

Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon 

etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining 

adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. 

Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida 

eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs 

asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va 

fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati 

tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — 

"fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan 

bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, 

Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, 

umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. 

Sha

rqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, 



madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, 

xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. 

Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik 

— Avestoda kishilarning 

uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga 

tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun 

ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi 

kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil 

odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, 

faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari 




 

 

mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi 



muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) 

aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", 

jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar z

aif, aholi axloqiymaʼnaviy 

jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga 

chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi 

gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va 

boshqa 


tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan. 

Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy 

tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va 

teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy 

xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, 

rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi 

hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvor

ligi taʼminlanishi 

muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana 

boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor 

tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga 

kelmokda. 

Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va 

siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik 

jamiyati shakllantirilmoqda. 

Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning 

aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib 

qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil 

etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga 

davlatning

 

kuchli taʼsiri talab 



etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki 

davlat 


— fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u 

fuqarolar, 

korxona

 va 


muassasalardan

 olinadigan 

soliqlar

 hisobiga mavjud 

boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, 

balki 


iqtisodiy

, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham 

fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi 

ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir. 

2.Fanning maqsadi va vazifalari.  

Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqildemokratik 

davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda 

mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik 

jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan. 

 

 



Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, 

bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining 

mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»1 deb ta’kidlagan edi. Fuqarolik jamiyati 

tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson 

huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va 

uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik 

jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi 



 

 

mumkin. Bular quydagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga 



asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor 

munosabatlari. Qaysikijamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan 

tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan 

tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi. ijtimoiy-siyosiy asos – 

mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z 

maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman 

markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va 

muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik 

jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon 

bo‘lishi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha 

vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning 

o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi”2. huquqiy asosi – 

inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik 

tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi. 

“Qonun hukumron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi” (A.Temur). “Adolat - qonun ustuvorligida” 

tamoyilining amal qilinishi. ...“Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy 

bog‘liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo‘lib,hech kim ularni sudning qarorisiz 

mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas.Ayni vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini 

amalga oshirishlari bshqa fuqarolarning,davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi 

lozim” ma’naviy asos – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura 

oladigan zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy 

normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, 

ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari,fuqarolik 

pozitsyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo‘lmasa,ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson 

to‘la ozod bo‘lolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi”4. 

O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda 

fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy 

va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. CHunki, fuqarolik jamiyatining 

buprogressiv jihatlari (tamoyillari va belgilarini) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan 

kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon beradiFuqarolik 

jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan 

iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi 

jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy 

ishlanmalari, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati 

qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish 

jarayonidan iboratdir. Fanni o‘qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir 

tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini 

shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari 

quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir 

konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; 

-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni 

o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga 

doir qarashlarini boyitish




 

 

-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda 



shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; 

-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va 

ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish; 

- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini 

shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish; 

- taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik 

asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish; 

- talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish 

mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish; 

- fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy 

asoslarini ochib berish; 

- fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va 

fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish; 

- talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash 

va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish; 

- “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini 

tushuntirish; 

- “Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish; 

- saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash; 

- fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish; 

- ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri 

to‘g‘risida bilimlar berish; 

- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish; 

- jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar 

berish; 


- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib 

berish; 


- nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish; 

- ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish; 

- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish; 



 

 

- jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini 



yoritish; 

- ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini 

shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish. 

3. O'zbekiston Respublikasini yanada 

rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi – 

milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi. 

 

Mamlakati



mizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy 

davlatchilik  va  suverenitetni  mustahkamlash,  xavfsizlik  va  huquq-tartibotni,  davlatimiz 

chegaralari  daxlsizligini,  jamiyatda  qonun  ustuvorligini,  inson  huquq  va  erkinliklarini, 

m

illatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglik  muhitini  ta’minlash  uchun  muhim  poydevor  bo‘ldi, 



xalqimizning  munosib  hayot  kechirishi,  fuqarolarimizning  bunyodkorlik  salohiyatini  ro‘yobga 

chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

 

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz 



kechilib,  bozor  islohotlari  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilgani  va  pul-kredit  siyosati  puxta 

o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, 

in

flatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes 



va  xususiy  tadbirkorlik,  fermerlik  harakatini  rivojlantirish  uchun  keng  imkoniyatlar  va  qulay 

sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. 

Ayni  vaqtda 

mamlakatimiz  bosib  o‘tgan  taraqqiyot  yo‘lining  chuqur  tahlili,  bugungi 

kunda  jahon  bozori  konyunkturasi  keskin  o‘zgarib,  globallashuv  sharoitida  raqobat  tobora 

kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun 

mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo 

etmoqda. 

Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va  jamiyatning  har 

tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya 

qilish  hamda  hayotning  barcha  sohalarini  liberallashtirish  bo‘yicha  ustuvor  yo‘nalishlarni 

amalga oshirish maqsadida: 

1.  Aholi  va  tadbirkorlarni  o‘ylantirayotgan  dolzarb  masalalarni  har  tomonlama 

o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, 

shuningdek  keng  jamoatchilik  muhokamasi  natijasida  ishlab  chiqilgan  hamda  quyidagilarni 

nazarda  tutadigan 2017 




Download 327,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish