4.5. Transport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik
vositalari
Tayanch iboralar: Vibroakustika; gaz analizator; yonilg‗i tejamkorligi;
ishlatilgan gazlorning zahorliligi; kinematik qovushqoqlik; motorning samarali
quvvati; spektral tahlili; tezlanish; tezlab ketish yo‗li; tezlab ketish vaqti; tortish
kuchi; tortish stendlari; tortish-tezlik xususiyati; tutun o‗lchagich; harakat tezligi;
qorshilik kuchi; erkin yo‗l; shovqin miqdori.
Tortish sifatlarini diagnostikalash usullari
Bajarilayotgan operatsiyalar hajmi va maqsadlari bo‗yicha tortish sifatlarini
diagnostikalash kompleks va elementar ravishda stendlarda hamda transport vositasi
harakatlanayotgonda amalga oshiriladi (37-rasm).
Kompleksdiagnostikalashningmaqsadi
-
transportvositasiningekspluatatsionsamaradorligivahoroaatxavfsizliginibelgilaydigan
asosiy ishchi parametrlarni o‗lchash.
Elementar diagnostikalashning maqsadi - transport vositasi agregat, mexanizm
va tizimlarining texnik holatini baholash. 37-rasmda tortish stendining prinsipial
sxemasi keltirilgan. Transport vositasi g‗ildiraklari yuritish (2) va tutib turuvchi (3)
roliklarga o‗rnatiladi, roliklar rama (9)ga o‗rnatilgan. Transport vositasini roliklar
122
ustiga o‗rnatish va undan tushirishni ko‗targichlar (6) ta‘minlaydi. Ko‗torgich yuqori
holatga keltiriladi, keyin ularning ustiga transport vositasi yurib chiqadi, so‗ng
ko‗targichlar tushiriladi va transport vositasi g‗ildiraklari stend barabanlari ustida
turib qoladi.Diagnostikalash jarayonida avtomobil motori transmissiya yordamida
g‗ildiraklarni aylantiradi, g‗ildiraklar esa stend roliklarini (2.3) aylantiradi.
Transport vositasi hosil qiladigan tortish kuchiga stendning aylanadigan
qismlori inersiyasi (1,2,3) va elektr dinamik tormoz (4) yaratadigan tormoz momenti
aks ta‘sir ko‗rsatadi. Stend barabanlari elektr dinamik tormozning yakori (4a) bilon
bog‗liq. Kompyuter yordamida elektr dinamik tormoz (4)dagi tok kuchini sozlash,
avtomobilning real ekspluatatsiyasida unga ta‘sir etadigan qarshilik kuchlarini
modellashtirish imkonini beradi.
G‗ildiraklordagi tortish kuchi rolikli sinov stendining aylanadigan qismloriga
burash momentini beradi. Tezlanayotgan aylanishni sekinlatish uchun elektr dinamik
tormoz (4) yordamida roliklarga (2,3) qarshi tormoz momenti qo‗yiladi. Tormoz
momentiga mutanosib, oks ta‘sir momenti paydo bo‗ladi, uni tebranma tayanchga
muvozanatli o‗rnatilgan tormoz korpusi (indicator 4b) qabul qiladi.
Induktor elektr dinamik tormoz statoridan pishang orqali uzatiladigan kuchni
dinamometrik datchik (5) yordamida o‗lchaydi. Barabanlarning (2 va 3) aylanish
tezligi datchik (7) bilan o‗lchanadi, bu esa barabanning ma‘lum radiusida
avtomobilning chiziqli tezligini hisoblash imkonini beradi.
Tortish stendining umumiy ko‗rinishi 37-rasmda keltirilgan. Motor quvvatini
aniqlashning eng sodda, stendsiz (tormozsiz) usullaridan biri silindrlarni navbatma-
navbat o‗chirish (uzib qo‗yish) usulidir. Uzib qo‗yilgan silindrlar motor uchun
yuklama moment hosil qiladi va uning samarali quvvatini kamaytiradi, bu esa motor
tirsakli vali aylonish chastotasining pasayishiga olib keladi.
Uzib qo‗yilgan silindrlarning quvvati qancha yuqori va uzilmaganlariniki
qancha past bo‗lsa, tirsakli valning aylanish chastotasi shunchalik pasayadi.
Silindrlar soni ko‗p bo‗lsa, bu usulning aniqligi pasayadi.Motorning samarali quvvati
(Ne)ni, shuningdek, tirsakli valning burchak tezligi va tezlanishini yuklamasiz,
shig‗ov tartibotidagi tahlil bo‗yicha ham aniqlash mumkin (ilashma uzilgan holatida)
123
Buning uchun quyidagi formuladan foydalansa bo‗ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |