80
ossillogrammalari). Axborot uzlukli (diskret) tarzda olinishi kerak, bu holat amaldagi
diagnostik o‗lchov asboblari qo‗llanishini ma‘lum darajada chegaralaydi.
Istiqboldagi diagnostik datchiklar quyidagilar hisoblanishi mumkin:
-
Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar
-
Kontaktsiz (agregatni bo‗laklarga bo‗lmasdan yorug‗lik nuri, magnit
yoki issiqlik maydoni yordamida amalga oshiriladi)
-
Diagnostik datchiklar.
-
Stroboskoplar
-
Transport vositasiga o‗rnatilgan diagnostik datchiklar.
Ular agregat va mexanizmlarga o‗rnatilib, tashxis jarayonlarini tezlashtiradi va
ATTning elementlari bo‗lib xizmat qiladi.
O‗rnatilgan datchiklar harorat, bosim, kuchlanish
hamda tormoz suyuqligi,
yonilg‗i va moy sathidan tashqari ayrim uzellarning eyilish darajasi haqida (masalan,
podshipniklar halqalariga yopishtirilgan tenzodatchiklar yordamida ularning
eyilishlari aniqlanadi) axborot beradi. ATT larda electron hisoblash mashinasi
qo‗llanadi.
Chet el tajribasi.
a.
Tashxis jixozlari ishlab chiqaradigan chet el firmalari
mutaxassislarining
fikricha, texnik xizmat ko‘rsatish sohasi texnikalar ishlab chiqarish sohasidan orqada
qolmoqda. SHuning uchun tashxisni ikki sohaning rivojlanish darajalarini bir-biriga
yaqinlashtirish va yuqori malakali mutaxassislarga bo‗lgan talabni kamaytirish
vositasi deb qaraydilar.
b.
Chet ellarda avtomatlashtiriligan diagnostik
tizimlarni ishlab chiqarish
rivojlangan.
Nazorat - tashxis qo‘yish.
Nazorat jarayonida tadqiq etilayotgan tizim bir butun
tarzda ko‗riladi. Tashxis qo‗yish jarayonida bir butun tizim va uning elementlari
ko‗rib chiqiladi. Chunki, tizimning holati uning elementlari holatining funksiyasidir.
Tashxis qo‗yishning vazifasi tizimning u yoki bu holati sababini uning elementlari
holatiga bog‗lab aniqlashdir. Tashxis qo‗yishni nazorat operatsiyalarini
bajarmasdan
turib amalga oshirish mukin emas.
81
Avtomatik nazorat nazariyasi butun ob‘ekt va uning holatini aniqlash uchun
usul va vositalarni ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi. Tashxis qo‗yish uchun muhim
bo‗lgan omillar nazorat uchun zarur bo‗lmasligi mumkin va aksincha, nazorat uchun
muhim omil texnik tashxis uchun ham muhim bo‗lishi mumkin. SHuning uchun
nazorat ob‘ektlari modellari tashxis ob‘ektlari
modellaridan mavhumroq va
umumiyroq bo‗ladi.
Tashxis ob’ektlari modellari.
Tashxis qo‗yish jarayonida bevosita ob‘ekt
tadqiq etilmasdan, balki uning ideallashtirilgan modeli tadqiq etiladi. Real texnik
tizim birorta model bilan almashtiriladi. Tashxis jarayonlari va ob‘ektlarning
matematik modellarini qurish quyidagi asosiy vazifalarning
tahlili bilan birga olib
boriladi:
-
buzilgan elementlarni topishda diagnostik testlar qurish usullarini ishlab
chiqish;
-
tashxisning eng maqbul dasturini ishlab chiqish.
Tashxis ob‘ektlari modellarining quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: