О ‘tkir Hoshimov
„dazmollangan,,! Iloji boricha cho‘ntagiga qo‘l tiqmasmish.
Qo‘l tiqsa, cho‘ntak kir boiadi. Kir bo‘lgandan keyin yuvish
kerak. Yuvish uchun sovun ketadi.
Bir kuni uyiga mahallaning obro‘li odami - kimsan,
domkom mehmon bo‘lib borganida xasis uning oldiga likop-
chada tutmayiz qo‘yibdi. Mehmon to‘rttagina mayizni og‘zi-
ga solgan ekan, xasis uf tortibdi.
- Bir yuz qirq yettita qoldi, taqsir, - debdi.
Mehmon hayron bo‘pti.
- Nima deyapsiz, Hotam aka? - desa, xasis ma’yus qi-
yofada boshini egibdi.
- Mayiz bir yuz ellik bitta edi.
0 ‘sha paytlarda Amerikada atom bomba chiqibdi, yana
urush boshlamoqchi bo‘lganlar paydo bo‘pqopti, degan
gaplar chiqqan edi. Mahalla choyxonasida bir o‘qituvchi
amerikalik urushqoqlardan ijirg‘anib gapiribdi. Bitta bomba
million turadi. Shuncha pulni tinchlik yo‘lida ishlatsa o‘ladi-
mi desa, Hotam xasis xo‘rsinib qo‘yibdi. „Qaniydi o‘shana-
qa bombadan bittaginasi tomorqamga tushsa, ancha pulli
bo‘pqolardim“, debdi.
Aytishlaricha, qirq yettinchi yili pul o‘zgarganida Hotam
xasis bir qop pulini Qonqusga oqizganmish. Shuning alami-
ga yana bir qop pul yig‘magunimcha qo‘ymayman, deb qa-
sam ichgan emish.
0 ‘sha gapdan keyin Hotam xasisning qo‘shnisi Abdusa-
mad prokuror uning payiga tushibdi. Choyxonada: „Bunaqa
shaxsiy mulkchini qamoqqa tiqmaguncha qo‘ymayman!“ -
debdi. Mahallada Abdusamad prokurordan qo‘rqmaydigan
odam yo‘q edi. Xohlagan kishini, joyrastoni„ga tiqib qo‘yish
qo‘lidan kelardi. Rostdan ham shunaqa bo‘ldi. Hotam xasis
uch oycha yo‘q bo‘lib ketdi-da, yana paydo bo‘lib qoldi. Bir
kuni, aniq esimda bor, erta yoz pallasi edi, qo‘shnimiz Adol
xolanikiga beshik kelgandi. Darvoza tomonda tanish ovoz
eshitildi.
Uzun kechalar
19
,,Jiring-jiring“. Bolalar bilan yugurib chiqsak, velosipedi-
ga suyanib xasis turibdi. Qiziq, Adol xolanikida beshik to‘yi
bo‘layotganini qayoqdan bilibdi!
Hotam xasisning rangi ketgan, ammo tiyrak edi. Ichkaridan
kattalar chiqavermagach, u bir qo‘lida velosipedining rulidan
tutib, bir qo‘liga ,,uch oyog‘i„ni olganicha ichkariga kirdi.
- Assalomu alaykum, quda xolalar, - dedi nochor ovozi-
ga tantanali tus berib. - Qani, to‘ybolaning suratini olmay-
mizmi?
Tavanxonadan dasturxonchi xotin otilib chiqdi. Ko‘yla-
gining etagini lippasiga qistirib olgan, qo‘lida barkash.
- Yana keldingmi, go‘rso‘xta? - dedi baqirib. - Shu bar
kash bilan boshingni yoraymi? Daf bo‘l ko‘zimdan, ariston!
Hotam xasis xuddi barkash boshini yoradigandek siyrak
kipriklarini pirpiratdi. Qaynatilgan olmadek yuzi yanayam bu-
rishib ketdi. Shosha-pisha ,,uch oyog‘ini“ yelkasiga oldi.
Dasturxonchi kampir o‘zining shaddodligidan faxrlangan-
dek qaddini g‘oz tutib, tavanxonaga kirib ketdi. Hotam xasis
besh-olti qadam yurib to‘xtadi.
- Tushasanmi? - dedi to‘satdan. Qarasam, menga gapir-
yapti.
- Nima? - dedim angrayib.
- Suratga tushasanmi! - U siyrak kipriklarini pirpiratib,
tavanxona tomonga qarab qo‘ydi.
U yoq-bu yoqqa alangladim: onam ko‘rinmaydi.
- Mayli, - dedim iljayib.
- Anavi olmaning oldiga borib tur, - u yelkasidan ,,uch
oyog‘i„ni olib yerga tiradi.
...Payshanba kuni eshigimiz tagida velosiped jiringla-
shini kutib, ko‘z-quloq bo‘lib turdim. Qiziq, xasis kelmadi.
Payshanba kuni ham, yakshanba kuni ham... Keyin eshit-
sak, u suratkashlikni tashlabdi... Yanayam qizig‘i shuki, Ho
tam xasisni ,joyrastoniga“ tiqmoqchi bo‘lgan prokuroming
o‘zi qamalib ketdi. Aytishlaricha, qirq yettinchi yili Qon-
20
Do'stlaringiz bilan baham: |