Samarqand davlat universiteti axborot texnologiyalari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/151
Sana06.07.2022
Hajmi12,55 Mb.
#747473
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151
Bog'liq
BTU Axborot texnologiya majmua

Multimedia ilovalari 
quyidagilarga bo‘linadi:
Taqdimot/prezentasiyalar
(ing.presentation)–audiovizual 
vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish 
shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter 
animasiyasi, grafika, video, musiqa va tovushni o‘zida mujassam 
etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, 
ssenariy va strukturaga ega bo‘ladi.
Animasion roliklar

Animasiya – multimediali texnologiya; 
tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning 
ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 
ta kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo‘ladi.
O‘yinlar

O‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, 
organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma’lum malaka va 
ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan 
multimedia 
ilovalaridandir.
Videoilovalar 
– harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi 
va namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni 
boshqaruvchi dasturlar.
Videoilovalar 
– harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi 
va namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni 
boshqaruvchi dasturlar.
.
Audioilovalar

Tovushli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli 
tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush– bu elektrik signal 
amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar 
bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy 
qismlari (menyu, navigasiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, 
ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.
Zamonaviy ta’lim vositalari - interaktiv, audio-vizual, 
multimediali o‘quv jihozlari - shunchaki zamonaga mos rusumga 
aylanib borayotgan vositalar emas, balki o‘quvchi-talabalar shaxsini 
rivojlantirish uchun variativ imkoniyatdir. Zamonaviy ta’lim tizi-
mining vazifasi esa shunchaki bilim berishdangina emas, balki 
o‘quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam 


204 
berishdan iborat. Har qanday nazariy bilim amaliyot bilan 
mustahkamlanishi zarur.
Shu sababli o‘qituvchi bergan nazariy axborotlariga qo‘shimcha 
sifatida ta’lim jarayonida amaliy, laboratoriya, loyihali faoliyat talab 
etiladi. Bu mustaqil tadqiqot ishlariga malaka va ko‘nikmalarini 
shakllantirishga yordam beruvchi omil bo‘lib, butun ta’lim faoliyati 
davomida foydalanilishi zarur. O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol 
jalb etish, qiziqtirish juda muhim. O‘qitishni qiziqarlilashishi hamda 
unda barcha talabalarning to‘liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida 
ta’lim jarayoni juda samarali o‘tadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar ham 
muhim o‘rin tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va 
olingan natijalarni solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim 
jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida avvalo, ta’limning 
universal ta’siri, uning asosida esa — foydali malaka va ko‘nikmalar, 
nihoyat keng doiradagi salohiyatlari shakllanadi. 
O‘qituvchilarning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va 
amaliy ishlar o‘tkazilishi uchun ko‘p vaqt ajratiladi. Bu davr ruhiga 
mos mutaxassis-kadrlar tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. 
U nafaqat o‘quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, 
o‘quv materialini o‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan 
sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak beradi. Biroq 
bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi 
— ayrim laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda 
laboratoriya va o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan 
soz holda jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma’naviy 
eskirib borayotganligi va bugungi kun talablariga to‘liq javob bera 
olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi 
vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir 
o‘quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa 
qo‘shimcha sarf-xarajatlar ko‘zda tutilishi zarur. 
Yana bir muhim omil shundan iboratki, ba’zi laboratoriya 
tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt 
ichida ta’lim oluvchilar takror tahlil yoki tajriba-sinovlar o‘tkazishga 
qiynaladilar. Shuning uchun ma’lum bir sohada yetarlicha ish 
ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni qayta-
qayta takrorlash zarur bo‘ladi. Afsuski, an’anaviy ish olib borish 
sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-
tez buzilishi va shu sababli qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab qilinishi 
bois, doim ham samaraga erishib bo‘lmaydi. 


205 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash 
uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi 
samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘iladi.
Buning uchun laboratoriya stendlari va o‘quv ustaxonalaridagi 
mashg‘ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va 
oson bo‘lishiga erishish lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi, 
barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni 
jo‘shqin tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar o‘tkazish va 
o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman, butun ta’lim jarayoni 
samarasini oshirishi, talabalarda o‘z egallagan bilimlariga baho berish 
imkoniyatini ta’minlashi zarur. Aynan shu nuqtai nazardan, 
zamonaviy multimediali texnologiyalarning tatbiq etilishi yuqorida 
ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilishda va an’anaviy o‘qitish usulining bir 
qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak beradi. 
Hozirgi davrda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 
virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Virtual stendning 
o‘zi nima va ta’lim samarasini oshirishda qanday ahamiyatga molik? 
Virtual stend — bu o‘quv amaliy stend yoki o‘quv-malaka ustaxonasi 
bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, 
kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo‘nalishda 
zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beruvchi ta’limiy AKT 
vositasidir.
Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talabaga texnikaga oid o‘z 
kirish ko‘rsarkichlarini «o‘rgatishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga 
imkon beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazishda, uni zarur tartibda 
tushunish va boshqalar bilan bog‘liq vaqt yo‘qotish masalasi esa 
kompyuter samarasi hisobiga bartaraf etiladi. 
Bunda, ayniqsa, moliyaviy zaxiralarning tejab qolinishi muhimdir. 
Zamonaviy oddiy kompakt diskka o‘nlab, ba’zan esa yuzlab 
laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi bir dona shunday 
virtual laboratoriya stendi qanchalik arzonga tushishini hisoblab 
chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga, ta’lim 
muassasalarini yalpi ta’minlash mumkin. Internetga ulanish 
tarmog‘ining mavjudligi esa, undan ham yaxshi samara beradi. Ta’lim 
jarayoniga virtual stendlarning joriy qilinishi natijasida, an’anaviy 
ta’limga nisbatan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim 
jarayonining 
yanada 
yuqori 
sifati 
ta’minlanadi. 
Bunga 
avtomatlashtirilgan o‘qituvchi va test o‘tkazuvchi, tizimlar, test 
topshiriqlari va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollardan iborat 


206 
ixtisoslashgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish, o‘quv 
jarayonining uslubiy asosini tezkor yangilash hisobiga erishiladi.
Bugungi kundagi o‘qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy 
multimedia texnologiyalari hamda ta’lim uchun turli zarur 
imkoniyatga ega bo‘lmoqdamiz. Bu esa ma’lum darajada turli ta’lim 
muassasalari mutaxassislari diplomlarining qadri yuqori bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
Ta’lim jarayonida virtual stendlardan foydalanish ta’lim sifati va 
samarasini oshirib, sarf-xarajatlarni kamaytibgina qolmay, balki 
ekolo-gik toza, xavfsiz, muhit yaratilishi omili ham hisoblanadi. 
Virtual stendlar joriy etilishi bilan ta’lim mazmuniga boshqacha 
yondashuv talab etiladi. Multimediya stendlari vositasida o‘quvchilar 
har qanday axborotni nafaqat ko‘rib, balki eshitib ham xotiralarida 
saqlab qolishlari osonlashadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy 
multimedia texnologiya-larining joriy etilishi an’anaviy ta’limga 
nisbatan quyidagi samaralarga erishish imkonini beradi: 

jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan 
boyitish; 

interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish; 

darsning nazariy materialini boyitib borish; 

axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish; 

axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish; 

ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni 
kompleks o‘rganish; 

ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini, 
texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali 
takomillashtirib borishdan iborat. 
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini 
(EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga 
nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. 
EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv 
qo‘llanma, 
metodik 
ko‘rsatmalar, 
multimediyali 
vositalar, 
ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshi-
riqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini 
ta’min-lovchi, 
o‘rganishga 
qiziqish 
uyg‘otuvchi 
resurslar 
kiradi.Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik 
dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya 
stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin. 


207 
EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy 
ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi .Odatda, taqdimotni 
o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft 
PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday 
taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin 
(ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va 
o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida 
taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 
texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, 
PowerPoint 
dasturida 
tayyorlangan 
taqdimotdan 
flash-rolik 
shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot 
iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring 
Presenter kabi variantlarga ega.
Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur 
mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash 
sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. 
iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga 
turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro 
interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. 
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: 

tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertat-
siyalash imkoniyati; 

taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayl-
larni) kiritish imkoniyati; 

taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, 
taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan 
domenlardagina «aylantirilishi»; 

video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish; 

elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga 
yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini 
beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz 
tugmachasi); 

masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — 
mos keluvchi kurslarini yaratish; 

taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; 

videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; 


208 

YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish 
imkoniyati. 
 

Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish