, бу ерда
Rux – umumiy sig‘im;
Rur – umumiy g‘ovaklik;
Pr – gigroskopik namlik, %.
Tuproqning havo singdirish qobiliyati uning mexanik tarkibi va strukturasiga
bog‘liq. Tuproq tarkibidagi havo miqdori Rx namlik, g‘ovaklik va boshqa fizik
xossalarga bog‘liq bo‘lib, qo‘yidagi formula bilan hisoblab topiladi:
w
ym
x
P
P
P
P
w
–
tuproqning hajmiy namligi, %.
Tuproqning havo o‘tkazish qobiliyati mexanik tarkib, g‘ovaklik va donadorlik
bilan bog‘liq bo‘lib, kapillyar bo‘lmagan g‘ovaklik yordamida aniqlanadi.
6.Tuproq havo almashinish qobiliyati, birinchidan, atmosfera sharoiti, harorat,
bosim, girdobli (turbulent) harakat va yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchidan, u tuproqning fizik xossalari, mexanik tarkibi, donadorligi, zichligi,
g‘ovakligi, harorat va boshqa hususiyatlarga. Uchinchidan, gazlarning fizik xossalari -
diffuzion tezligi, kesma va yuza qatlamdagi gaz konsentratsiyasi, yerning tortish kuchi
hamda gazlarning o‘tishi, qattiq fazada sorbsiya va desorbsiya jarayonlari, tuproq
eritmasida erish va degazatsiyaga bog‘liq. To‘rtinchidan, tuproqdagi kation va anionlar
almashinishi, gaz va suyuq faza bilan modda almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish
jarayonlariga bog‘liq.
Tuproq havosi tarkibidagi gazlar
O
2
, CO
2
, N, NO
2
, CO, H
2
, H
2
S, NH
3
etilen,
atsetilen, metan, merkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va anorganik kislotalar
bug‘laridan iborat, ular turli miqdorda tarqalgan va tuproqdagi biologik va fizik-
kimyoviy jarayonlarni belgilab beradi. V.I.Vernadskiy ta’biri bilan aytganda, “hozirgi
atmosfera havosi biogen jaryonda hosil bo‘lgan, ularning shakllanishida tuproq qoplami
va atmosferaning qo‘yi qismidagi havo almashinuvi katta ahamiyatga egadir”.
Atmosferadagi havo asosan azot, kislorod va karbonat angidriddan iborat bo‘lib,
qolgan qismini boshqa gazlar tashkil qiladi. SO2 miqdori tuproqda atmosferadagi
miqdoriga nisbatan o‘nlab, yuzlab va undan ham oshib ketishi mumkin. Tuproq
havosining tarkibi mikroorganizmlarning yashash jarayonida, o‘simlikning ildizlari
orqali nafas olishi, tirik jonivorlarning nafas olishi va organik moddalarning oksidlanishi
161
natijasida o‘zgaradi. Tuproq havosining o‘zgarishi energetik potensial va biologik faol
rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Tuproq havosi tarkibidagi asosiy gazlar tuproq va biosferadagi biokimyoviy
jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |