85
Axborot-kommunikatsiyaning rivojlanishi ko‘p parametrli va ko‘p faktorli
jarayon hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini,
qurilma va
tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy hayot faoliyatining turli sohalarida qo‘llashga,
axborot jamiyati va infrastrukturasini shakllantirishga asoslangan. Jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bevosita ishlab chiqarish mahsulotlari va
xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Davlat va xususiy korxonalar ishlab chiqarish mahsulot turlarining kun sayin talabga
qarab o‘zgarib borishi raqobatni yuzaga keltirmoqda. Bu mahsulot xaridorligini
ta’minlash uchun sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga olib keladi.
Axborot-telekommunikatsiya
tizimining jadal sur’atlarda
rivojlanishi
xaridorning Internet tarmog‘i orqali o‘ziga zarur bo‘lgan mahsulot yoki xizmatni
tanlash imkonini yaratmoqda. Bu xaridorning uyi yoki ish joyidan mahsulot uchun
buyurtma berishi, bitimlar tuzishi, elektron tarzda muloqot qilishi,
hujjat
almashinishi, to‘lovlarni elektron usulda amalga oshirishini ta’minlaydi. Natijada
xaridor qimmatli vaqtini tejaydi, keng qamrovli tanlovga erishadi, past narxda sifatli
mahsulot xarid qiladi. SHuningdek, ishlab chiqarish korxonasi ichki va tashqi
bozorlarda mahsulotga bo‘layotgan talabni kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi,
raqobatchilarning faoliyatidan xabardor bo‘ladi va o‘z
ish faoliyatiga tegishli
o‘zgartirishlar kiritadi, bozor talabiga tezda moslashadi. Ishlab chiqarish korxonalari
o‘rtasidagi raqobatning yuzaga kelishi sifat ko‘rsatkichlarining oshishiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, Respublikamiz mustaqillikgacha asosan xom ashyo maskani bo‘lib
kelgan. Xom ashyo, qazilma boyliklar, paxta, qishloq xo‘jalik mahsulotlari xorijiy
mamlakatlarga arzon bahoda sotilar, tayyor iste’mol holatida esa bir necha barobar
qimmat bahoda keltirilar edi. Bu, o‘z navbatida, valyuta jamg‘armasini chet elga
foizsiz oqimini yuzaga keltirgan. Mustaqillik sharofati bilan xom ashyo etkazib
beruvchi manbadan tayyor mahsulot etkazib beruvchi manbaga aylandik.
Mamlakatimizda bir necha yuzlab qo‘shma korxonalar tashkil etildi, yoshlarni yangi
zamonaviy texnologiyalarda ishlash amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida
o‘quv kurslari tashkil etildi, ayrim mutaxassislar xorijiy mamlakatlarda o‘z
malakalarini oshirib keldi. Hamkorlik korxonalarida
chet elga xom ashyo emas,
balki tayyor sifatli mahsulot chiqarish yo‘lga qo‘yildi, bu tizim bugungi kunda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Jahon bo‘lab mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali
tashviqot qilinishi mahsulot uchun xaridorlar soniining kengayishiga olib keldi.
Xaridorlar tarkibining oshib borishi sifatga bo‘lgan talabni keskin oshirdi, raqobat
yuzaga keldi. Mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridor manziliga etkazib berila boshlandi.
Savdo shaxobchalari o‘rnini elektron do‘konlar egalladi.
Mahsulot saqlovchi
omborxonalar barham topdi. Buyurtmachi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish
keng yo‘lga qo‘yildi. Nafaqat mamlakatimiz aholisidan, balki chet el fuqaro va
tashkilotlaridan ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlariga
uzluksiz buyurtmalar
kelmoqda. Bu borada axborot-kommunikatsiya tizimining ahamiyati beqiyos katta.
Bank tizimining global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz elektron
usulda amalga oshirilishi qo‘l keldi. Bu, o‘z navbatida, pul almashinuvi harakatini