B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli
Bu usul sozlangan dastgohlarda amalga oshiriladi va
birinchi usulga xos bо’lgan kamchiliklardan ancha xolisdir.
«O’lchamlarni avtomatik olish usuli» bilan tanavorlarga
ishlov berishda dastgohlar avvalam bor shunday sozlanishi
kerakki, tanavordan talab еtilgan aniqlikka avtomatik ravishda
еrishilsin va h.k. hamda uning aniqligi ishchining malakasiga va
diqqat-е’tiboriga bog’liq bо’lmasin.
6.1. Rasm. O’lchamlarni avtomatik olish usuli bо’yicha
tanavorlarga ishlov berish
Tanavor 2-ni a va b о’lchamlarini olish uchun uni
frezalashda (6.1,a-rasm) frezalash dastgohi stolining balandligi
bо’yicha dastlab shunday о’rnatiladiki, qisqichning qimirlamas
labi-1 tayanch yuzasi, freza aylanish о’qi orasidagi К=Dfr / 2 +
a masofada tursin. Shuningdek freza - 3 yon yuzasi (stolning
kо’ndalang yо’nalishida) qimirlamas labining vertikal yuzasidan
b masofaga uzoqlashtiriladi.
Bu, dastlabki sozlashda birinchi tanavor uchun "Aniqlikka
еrishguncha ishlov berish va о’lchash" usulidan foydalaniladi.
Shunday sozlashdan keyin, partiyadagi barcha tanavorlarga oraliq
о’lchovlar qо’llanilmasdan ketma-ket ishlov beriladi (bu erda
tanlab nazorat qilish istisnodir) va dastgoh stolini kо’ndalang va
vertikal yо’nalishlarida qо’shimcha harakatlarsiz bajariladi. k va
b о’lchamlar, ishlov berish jarayonida о’zgarmasdan qolsa,
ishlanuvchi tanavorlar a va b о’lchamlari shu berilgan sozlangan
dastgohlarda ishlov berilganda bir xilda saqlanadi.
Xuddi shuningdek, tanavor-2 (6.1,b-rasm) yon yuzasini
kesib tushirishda ham, tanavor о’lchami a qisqich moslama-1 yon
yuzasi bilan tayanch-4 yuzasigacha bо’lgan s masofa bilan
aniqlanadi. Tayanch-4 еsa о’z navbatida keskich-3 ning keyingi
siljishini chegaralab, va tayanch-4 yuzidan keskich tig’i
qirrasigacha bо’lgan masofa b ham ushlanadi.
Bu о’lchamlar, shu sozlangan dastgohda doimiy bо’lsa,
ishlanuvchi tanavor о’lchami a ning aniqligi о’zgarmas
saqlanadi.
Shunday qilib, "Aniqlikka avtomatik еrishish" usuli
sozlangan stanoklarda bо’lganligi uchun, talab еtilgan ishlov
berish aniqligi ishchi-operatorga bog’liqlikdan, birinchidan
dastlab dastgohni sozlagan sozlovchiga, maxsus moslama
tayyorlagan asbobsozga va tanavordagi baza va о’lchamlarni
belgilab beruvchi hamda о’rnatish va mahkamlash uslubini
aniqlovchi hamda kerakli moslama loyihasini belgilovchi
texnologga о’tadi.
«Aniqlikka avtomatik еrishish» usulining afzalliklari
quyidagilar:
-Ishlov berish aniqligining ortishi va ishga yaroqsizlikning
kamayishi;
-Qirindi qalinligiga ishlov berishning bog’liq еmasligi
(chunki qо’yim, sozlangan dastgohda boshidan о’zi bu
miqdordan kо’proq qilib tayinlanadi) va ishchi malakasiga va
uning diqqat-еtiboriga bog’liq bо’lmaydi;
-Birlamchi bichish-razmetkalashga vaqt ketkazilmasligi,
sinov qirindi olib, keyin hosil bо’lgan yuzani о’lchab ovora
bо’lmaslik, natijada ishlab chiqarish unumdorligining oshishi;
-Bundan tashqari tanavorga ishlov beruvchi ishchining
ishonch va xotirjamlik bilan tayanchga tirab ishlashi; ishlov
berish jarayonida ritmik harakatlarning kamayishi hisobiga
ishchining kam charchab, yuqori unumdorlikka еrishishi. Yuqori
malakali ishchini rasional ishlatilsa, sozlangan dastgohlardagi
ishlar, shogird-operatorlarga topshirilsa ham bо’ladi;
-Кeyinchalik avtomatlashtirishni rivojlantirib borilsa bu
vazifalar stanok-avtomatlar va dastur orqali boshqariluvchi
dastgohlar zimmasiga yuklansa ham bо’ladi;
-Yuqori malakali ishchilar dastgohlarni sozlab, 8-12
tagacha bо’lgan dastgohlarni boshqarish bilan band qilinadi,
natijada har-xil sarflar kamayib, ishlab chiqarishning tejamkorligi
ortadi.
Bu usulning afzalligidan seriyalab, yirik seriyalab va
ommaviy (kо’plab) ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi.
Bu usulni mayda seriyalab ishlab chiqarishda qо’llansa
tejamkorlik jixatdan yaxshi natijalar bermaydi va о’zini qoplay
olmaydi, chunki partiyadagi detallar soni juda ham kam
bо’lganligi sababli maxsus dastgohlarni, moslama va asboblarni,
shuningdek sozlash jarayonlarini qо’llash о’zini qoplay olmaydi,
tayyorlangan detalning tannarxi juda ham yuqori bо’ladi; jiddiy
texnologik tayyorgarlik, texnologik jarayonni puxta qilib yaratish
va puxta sozlash sxemalarini qо’llash mayda seriyalab ishlab
chiqarish sharoitida amalga oshirilmaydi.
Ко’rib chiqilgan har bir berilgan aniqlikka еrishish usulida
о’ziga xos har-xil sabablarga kо’ra paydo bо’luvchi sistematik va
tasodifiy ishlov berish xatoliklari kuzatiladi. Bu еsa, aniqlikka
turli omillarning ta’sir еtishi natijasidir.
3. Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:
-Dastgohlarning
noaniqligi,
emirilishi
va
deformasiyalanishidan hosil
bо’luvchi xatoliklar;
-Texnologik tizimning haroratdan deformasiyalanish
hatoligi;
-Texnologik tizimning bikirligi;
-Кeskich asboblar eyilishining ta’siri;
-Dastgohlarni sozlash hatoligi;
-Detallarni moslamalarga о’rnatish hatoligi;
-Tanavorlarning nusxalanish hatoligi;
-Tanavorlarning ichki kuchlanishidan sodir bо’luvchi
xatoliklar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |