M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/142
Sana06.07.2022
Hajmi3 Mb.
#743808
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142
Bog'liq
61a1f6a296c4f1.68790592

Taktik yechimlar: 
- Dasturlar, masalan, konsorsium elektron zaxiralarni va ularning 
sotilishini 
litsenziyalashni 
ta’minlash, zaxiralardan hamkorlikda 
foydalanish dasturlarini amalga oshirish, yig‘ma katalog, raqamli 
kutubxonalar loyihalari yoki fondlarini saqlash dasturlarini ishlab 
chiqishni qo‘llab-quvvatlash kabilarni bajara oladimi? 
- Xizmat ko‘rsatishlar, masalan, konsorsium o‘qitish, maslahat 
berish, texnik yordam ko‘rsatish, texnologik ko‘mak, kutubxonalarga 
adabiyotlar yetkazib berish (shu jumladan, elektron kitoblar) bo‘yicha 
xizmatlar yoki moliyaviy xizmatlar (markazlashgan sotib olish yoki 
mablag‘ bilan ta’minlash, hisobotlar tuzish) ko‘rsata oladimi?
- Texnologiya, masalan, konsorsium hamma uchun qulay texnologik 
muhit, birgalikda ishlatiladigan kutubxona sistemalari, portal boshqaruvi 
yoki boshqa sistemalarni yarata oladimi va ularni ta’minlay oladimi? 
Tezkor yechimlar: 
- Boshqarish, masalan, konsorsiumda a’zolar kengashi, boshqarma
ishchi yoki tashabbuskor guruhlar bo‘ladimi? «Ijrochi» qo‘mita 
bo‘ladimi va agarda bo‘lsa, u holda a’zolar qanday saylanadi? 
Konsorsium mustaqil rasmiy shaxs bo‘la oladimi yoki hukumat agentligi 
sifatida ushlab turiladimi? Umuman olganda, konsorsium rasmiy 
statusga ega bo‘ladimi yoki norasmiy birlashma sifatida ishlayveradimi? 
Hech qanday rasmiy saylangan boshqaruvga ega bo‘lmagan norasmiy 
konsorsium yechimlar qabul qilishda ancha tezkor bo‘lishi mumkin, 
lekin konsorsiumning tartibli va doimiy bo‘lmagan asosi sababli uning 
ayrim masalalari bajarilmasdan qolishligi bilan chegaralangan ham 
bo‘ladi. 
- Xodimlar tarkibini to‘ldirish, masalan, konsorsiumda shtat birliklari 
bo‘ladimi va agarda bo‘lsa shtatda nechta odam va ularning darajasi va 
saviyasi qanday bo‘ladi? Professional daraja bilan shtat bo‘ladimi? 
Ko‘ngillilarning roli qanday bo‘ladi? Ko‘ngilli tashkilotlar ancha arzon 
bo‘lsalar-da, ular to‘laydigan shtat tashkiliy barqarorlikni va ko‘ngillilar 
amalga oshira olmaydigan ishlarni bajarish uchun xodimlarni jalb qila 
olishi mumkin. Doimiy shtat konsorsiumning ancha samarali bo‘lishiga 
yordam berishi mumkin, lekin muvaffaqiyatni aniqlovchi omil bo‘la 
olmaydi. 
- To‘lov shakllari, masalan, konsorsium to‘liq tashqi mablag‘ bilan 
ta’minlash asosida faoliyat ko‘rsata olmaydimi (va hisobot tuzish talab 
qilinmaydimi)? 


125 
Konsorsiumning hisob raqami orqali moliyaviy operatsiyalar 
amalga oshiriladimi yoki resurslar bilan ta’minlovchi va xizmat 
ko‘rsatuvchi har bir kutubxona bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma 
imzolaydimi? Agarda konsorsium hukumat agentligi bo‘lmasa, odatda 
tashkilotning hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bir qancha 
moliyaviy badallarni talab qiladi. Konsorsiumning barcha dasturlarini 
umumiy qo‘llab turish uchun a’zolik badallari miqdorini qanday 
belgilashni konsorsium hal qilmog‘i kerak. 
Konsorsium javob berishi kerak bo‘lgan yuqorida sanab o‘tilgan 
savollarning murakkablik darajasi konsorsium ta’minlaydigan xizmat 
turlariga bog‘liqdir. Misol uchun, konsorsium faqatgina elektron 
resurslarni litsenziyalash bo‘yicha kelishuvlarni olib borish bilan 
chegaralansa, u holda bu amalning murakkablik darajasi ancha kam 
bo‘ladi. Agarda u yig‘ma katalog yaratish bo‘yicha amallar, 
kutubxonalararo almashish dasturi, ta’lim yoki maslahat xizmati, fondlar 
tahlili yoki raqamli kutubxonalar yoki fondlarni saqlash dasturlari, 
umumiy elektron ma’lumotlar bazasi yaratish, 3-ilovada har xil modellar 
misolida keltirilgan. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish