Bog'liq elliptik-tenglamalar-uchun-chegaraviy-masalalarni-yechishning-interfaol-usuli-haqida
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 350
mustaqil ta’lim soatlari, talabalarning o’z fikrlarini og’zaki ifoda etish qobiliyatlari
hisoblanadi.
Jumladan, «Matematik lotto» interfaol usuli ham talabalarni aniq mavzu yoki bob
bo’yicha bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash yoki nazorat qilishga va o’z fikrlarini
og’zaki ifoda etishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Matematik loto o’yini quyidagicha tashkil qilinishi mumkin. Buning uchun ayrim
o’yin jihozlari zarur bo’ladi.
O’yin jihozlari: 1 dan 30 gacha sonlar yozilgan 30 ta loto toshlari solingan
qopcha; guruhlarga beriladigan 6 ta son yozilgan, namunasi pastda keltirilgan 5 ta
varaq; 10 ta tanga; O’yin mavzusiga doir maxsus tuzilgan 30 ta savol.
O’yin qoidalari: o’yinda 5 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir guruhga 6 ta savol
raqamlari yozilgan varaqlar tarqatiladi.
Boshlovchi sifatida o’qituvchi loto o’yini toshlarini qopchadan birin- ketin oladi
va toshning raqamini aytadi. Qaysi guruh varag’ida e’lon qilingan tosh raqami bo’lsa,
o’sha guruh javob berish huquqini oladi.
Olingan raqamli savol o’qituvchi tomonidan o’qiladi. Agar guruh savolga to’g’ri
javob bersa, loto toshi unga beriladi. Tosh guruhning varag’idagi mos raqam ustiga
qo’yiladi. Agar guruh to’g’ri javob bera olmasa, loto toshi boshlovchida qoladi va
savolga javob berish huquqi boshqa guruhga o’tadi. To’g’ri javob bergan guruhga tanga
beriladi. Bu usulning qiziqarli va ahamiyatli tomoni shundaki, tangani o’yin davomida
guruh o’zi uchun kerakli boshlovchida qolgan loto toshiga almashtirib olishi ham
mumkin.
«Matematik loto» usulini 130000 - Matematika (ta’lim sohasi), 5130200 - Amaliy
matematika va informatika (ta’lim yonalishi) da matematik fizika tenglamalari fani
ishchi dasturidagi: «Doira uchun ichki va tashqi Dirixle va Neyman masalalari»
mavzusi bo’yicha o’tiladigan amaliy mashg’ulotda qo’llash bo’yicha ba’zi bir
tavsiyalarni keltiramiz.
Darsning tashkiliy qismidan so’ng o’qituvchi talabalar bilimini faollashtirish
bosqichini boshlaydi. Varaqalar (kartochka) taxminan shunday ko’rinadi (masalan, biz
uchta karta va lotoning geometrik xaritasini beramiz):
Varaqa №1
1.
tenglama qanday tenglama?
4. Doira uchun Drixli masalasini qarayotganimizda funksiya qanday chegaraviy
shartlarni qanoatlantiradi?
7. R radiusli doira uchun Drixli masalasi qanday ko’rinishga keladi?
10.
. Bu sistema Laplas tenglamasining qanday
koordinatasi?