Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
188
javob beradigan ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirildi. Bu ichki shahriston
ichida joylashgan 8-obyekt bo‘lib, bu yerda turar joy, ishlab chiqarish, yerosti suv
yo‘li – vodoprovod va 1,5 ming yillik madaniy qatlamlar o‘z ifodasini topgan.
Axsikent yodgorligida arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish, u yerda
yaratilgan ochiq osmon ostidagi muzeyni kengaytirish ishlari davom etmoqda.
Qadimiy markazda barpo etilayotgan ochiq osmon osti muzeyi va uning
yaqinida katta majmua qurilishi ko‘zda tutilgan, xususan, bu majmua tarkibida
tarixiy – arxeologik muzey, hunarmandlar markazi, tarixiy festival uchun amfiteatr
barpo etiladi.
Axsikentda va uning yonida barpo etilishi ko‘zda tutilgan yirik majmuada
har ikki yilda tarixni o‘ziga xos tarzda jonlantiruvchi, kishilarni o‘tmishni
o‘rganishga chorlovchi va butun jahonga boy tariximizni targ’ib qiluvchi xalqaro
festival o‘tkazilishi ham belgilangan.
VII – IX asrning boshlaridagi arab yilnomalarida Axsikent «Fraganik» deb
beriladi. IX – X asrlar shaharning eng rivojlangan davri bo‘lgan. Bu davrlarda
Axsikentda zarb qilingan mis tangalarning butun Somoniylar davlati hududiga
tarqalgan. IX asr o‘rtalaridan Axsikent shahristonining devorlari mudofaa holatini
yo‘qota boshlaydi, chunki markazlashgan davlat sharoitida devorga ehtiyoj
bo‘lmagan[4,104.b]. XIII asrning 20 – yillarida Axsikent mug’ullar tomonidan
vayron etilib, shahar xarobaga aylantirilgan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinti, tarixni yoritishda va o‘rganishda
arxeolog tadqiqotlarning ahamiyati juda katta bo‘lib, jumladan moddiy – manbalarni
tadqiq qilish asnosida qadimgi davr siyosiy – iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
jarayonlar to‘g’risida aniq ma’lumotlar beradi.
Arxeologik yodgorliklar va moddiy topilmalarni mamlakat xususan, xalqaro
hamjamiyatga muntazam tanishtirib borishining eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
Shuning uchun ham “Virtual muzeylar” faoliyatini kuchaytirish, “Ochiq osmon
ostida muzeylar” sonini ko‘paytirish yurtimiz tarixini, middiy - madaniyatini
yoritishda va arxeologiya faninig yuksalishiga zamin yaratib beradi.
Xulosamiz so‘ngida shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, yurtimizdagi
barcha muzeylarini virtual saytlari yaratish jumladan eng asosiysi arxeologik
yodgorliklarga boy O‘zbekistonning barcha hududlarida ochiq osmon ostida
muzeylarini tashkil etish o‘rinli deb bilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: