Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/241
Sana05.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#741365
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   241
Bog'liq
2 5238232098061424691

 
 
 
14-mavzu: Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi 
Reja: 
1
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga haq to‘lash hisobini tashkil etish hamda 
uning vazifalari.
2
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobi. 
3
 Stipendiya to‘lovlari, pensiya va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar hisobi.
4
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha 
soliq va majburiy ajratmalarning yuzaga kelishi va to‘lanishi hisobi.
5
Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi.
6
Mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘lanishida plastik kartochkalardan 
foydalanish hisobi. 
Mehnatga haq to’lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini 
hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, 
bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga ko’ra hisoblanadi. Mehnat haqini 
hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar 
jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi.
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan tarif koeffitsentlari 
ko’rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif koeffitsenti birga teng bo’lib, razryad 
ortgan sari tarif koeffitsenti ham ortib boradi. 
Tarif stavkasi-ishchining razryadka muvofiq unga ma’lum vaqt birligi (soat, kun) 
uchun to’lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun 
belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar 
tarif koeffitsentiga yo’naltirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo’yicha tarif koeffitsentini eng kam 
ish haqi miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Byudjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to’lanadi. Bunda xar qaysi 
byudjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib shtat birliklarini shakllantiradi va 
belgilangan tartibda razryadlarini qo’yib oylik ish haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar 
jadvalini shakllantiradi. Xozirda byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi 


90 
lavozimlar bo’yicha qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. Byudjet 
tashkilotlarida “Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi 
to’g’risida yo’riqnoma” (O’z.R AV. tomonidan 1995 yil 20 sentyabrda № 177-son bilan 
ro’yxatdan o’tgan) asosan oylik ish haqiga nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy 
rag’batlantirish maxsus jamg’armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari bo’yicha 
mukofot, moddiy rag’batlantirish ko’rinishida sarflanadi.
Byudjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida tasdiqlangan ish vaqtini 
hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan 
oylik ish haqini xaqiqatda ishlagan ish kunlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Byudjet 
tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqiga qo’shimcha to’lovlar (moddiy rag’batlantirish 
va boshqalar) xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi hisobidan yoki 
qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga (manbaasi 
mavjud bo’lganda) to’lanadi. 
Mehnat qonunchiligiga asosan byudjet tashkilotlari xodimlari xar yili mehnat ta’tiliga 
chiqish xuquqiga ega. Bunda mehnat ta’tiliga chiqishi bo’yicha buyruq rasmiylashtirilgandan 
so’ng buxgalteriya tomonidan o’rnatilgan tartibda mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanadi. 
Mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblashda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
1997 yil 11 martdagi 133 son qarori bilan tasdiqlangan “O’rtacha oylik ish haqini hisoblab 
chiqarish tartibi”ga ko’ra o’rtacha oylik ish haqi hisoblab topiladi. Unga ko’ra 
hisoblanayotgan vaqtdagi shtatlar jadvali bo’yicha belgilangan oylik ish haqiga bir yil 
davomida oylik ish haqidan tashqari qo’shimcha olgan mukofotlar, boshqa to’lovlarni 12/1 
qo’shilib chiqqan natija 25.4 koeffitsentga bo’lish yo’li bilan bir kunlik mehnat ta’tili uchun 
ish haqi topiladi. Bir kunlik mehnat ta’tili uchun ish haqini ta’til kunlariga ko’paytirish yo’li 
bilan mehnat ta’tili uchun ish haqi topiladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish 
haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to’lanadi: 
- ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; 
- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 
- qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq 
bolalari bo’lgan xodimlarga; 
- Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; 
- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan 
evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o’tkir leykoz), 
qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan 
xodimlarga; 
- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, 
yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar, SPID, 
moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan 
davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga 
bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi 
miqdorida; 
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi 
miqdorida; 
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida. 
Yuqorida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21 yoshga etmagan 
chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida. 


91 
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: 
tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo’shatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali 
va ish xaqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga ko’chirish haqidagi buyruqlari, 421-son 
shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa 
hujjatlar.Oyning oxirida tabel bo’yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, 
ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To’ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan 
tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga 
topshiriladi. Oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan 
tartibda ushlab qolinishi kerak bo’lgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga 
ko’ra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish xaqi, avans 
berish uchun to’lov qaydnomasi bo’yicha beriladi.Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va 
oyning ikkinchi yarmi uchun to’lash odatda, T–49-son shakldagi hisob-kitob to’lov 
qaydnomasi bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob to’lov qaydnomasiga 
xodimlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi, 
berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi. Hisob-kitob-to’lov 
qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va tekshirgan xodimlar tomonidan imzolanadi. 
Ish haqi to’lash uchun ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi. 
Buxgalteriya hisobida xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar 17 “Xodimlar va 
stipendiatlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarda yuritiladi: 
170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar”; 
171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar”; 
172 “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar”; 
173 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar”; 
174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”; 
175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar”; 
176 “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo’yicha hisob-kitoblar”; 
177 “Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar”; 
179
“Hodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar”. 

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish